portal.guldu.uz-“O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI” fanidan o’quv-uslubiy majmua
Chun siflalar nasibi bo’lubdur Hiroti Tun chun, Kel xirka kiy Atoiy ravon bo’l Hirottin. Uning faqirona hayot tarzi shoirning talay baytlaridan yaqqol seziladi:
Ayb etma agar qilsa ko’ngil nolayu zori, Vasling havasinda chu mening zo’ru zarim yo’q. Atoiy g’azallarining asosiy qismi ikki ma’noda oshiqonadir. Dunyoviy adabiyotning ajoyib namunalari bo’lgan shoir she’riyatida haqiqiy oshiqona tarannumlar jaranglaydi. Muhabbat sheryurak yigitni ham ojizu notavon qiladi:
Buyun so’nsam g’amingga ayb emaskim, Zabun aylar muhabbat sheri narni. Sevgifurush maxbubalar Atoiy idealiga yot:
Oshiq emas ul maxvash, kim zar birla vasl tilar, Oshiq uldur, kim visoling naqdin istar zoridin. Muhabbat mol-davlat va mansab martabaga qaramaydi. Shunga ko’raoshiq shoir deydiki:
Gadomen vaslingga ne chora aylay, Ki sultonlar bu ish bechorasidur. Yor samoviy parilardan ham, jannat hurlaridan ham ko’rkliroqdir. Uning xulq-atvori undan ham go’zal. U tabiat va hayotning husniga husn qo’shadi.
Kel ey sanam, ki bo’ldi yana navbahoru iyd, Kim xush turur kishiga visolu nigori iyd. Bir lahza ol niqobyuzingdan quyosh bikin, Jam ayla anjumanda gulu lolazoru iyd. Muhabbatda asosiy narsa vafo va sadoqatdir:
Vafosiz dilrabodin tangri bezor, Agar xusn ichra jannat huri bo’lsa. Yo yor jafosi manga, yo g’ussai ag’yor. Yor rubobiy timsol talqinicha qadimiy hamdam, u hayot ekan, oshiq yordan ko’ngil uzolmaydi:
“Yor g’amin tark et, Atoiy!”-dersan, ey nosix, vale Tark etarmu odami hargiz qadimiy hamdamidin?! Tubi daraxti “jannat daraxti” orzu bobdir. Rubobiy timsol tilidan so’z borar ekan, u maxbubasiqomatini undanda yuqori qo’yadi :
Tubi yig’ochi eski yig’ochtur tuman illik O’xshatmam oni, kim senga navbar etilibsen. Navbar-navnihol, yosh niholdur.
Uchmoqda yuz qatla qiyomat bo’lur erdi, Tubida agar bo’lsa, bu qomat ila raftor.