Учебно-методический комплекс по курсу «Литература джадида» предназначен для студентов, обучающихся по направлению- 5220100- филология



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə84/150
tarix24.10.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#118541
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   150
portal.guldu.uz-“O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI” fanidan o’quv-uslubiy majmua

Nazorat topshiriqlari:
1.Bobur ismi sharifining lug’atini ayting.
2.Zaxiri dini Muxammad so’zi lug’atining Boburi xayoti va faoliyati bilan bog’lab asoslay olamizmi?
3.Boburning ilmiy adabiy va xarbiy tarbiyasi xaqida nimalarni bilasiz?
4.Bobur qachon taxtga chiqdi? Bunga qaysi xodisa sabab bo’ldi?
5.Samarqandni takror olishi va mag’lubiyat sababini ayting?
6.Bobur Navoiyga maktub yozganmi? Javob olganmi’?
7.Kobul safari zaruratini bilasizmi?
8.Boburning xatosi nima edi?

Ikkinchi asosiy masala: Kobul – navbatdagi takyagox. Bobur -Xind podshoxi.


O’qituvchning maqsadi: Boburning mag’lubiyat va zafari xususida xikoya qilib intilganga tole yorligini isbotlash.

Identiv o’quv maqsadi:


1.1504- yilda Kobulni Bobur borib olganini biladi.
2.Kobulni poytaxt qilib, yana Samarqandini olish rejasini tuzganining guvoxi bo’ladi.
3.Xindistonga besh marotaba xarbiy safar qilganidan voqif bo’ladi.


2- asosiy masalaning bayoni:
1504-yili Bobur Kobulni borib oldi va asta -sekin o’zining xarbiy qudratini kuchaytirish, xarbiy yangiliklarni joriy etishga xarakat qildi. Mag’lubiyatlardan achchiq tajriba xosil kilgan Bobur tobora irodasi toblanib, yangi – yangi katta rejalar tuza boshladi. Uning bu rejalarini Marv yonidagi shox Ismoil Safaviy zafari uchqunlantirib yubordi. Negaki, Murg’ob yonidagida jangda Shayboniy o’ldirildi. Shox Ismoil Safaviy maxsus maktub yo’llab: Boburni Samarqandni olishga ruxlantirdi va lozim bo’lsa katta lashkar bilan yordam berajagini qat’iy bildirdi.
Bobur bu marxamatdan 1511-yildayoq foydalandi: o’n ming ozar askarlari ko’magida Bobur borib Samarqandni uchinchi marotaba yana egalladi. Biroqbu zafar tantalari ham uzoq cho’zilmadi. Shayboniy vorislari bu davrda butun Movorounnaxr va Xuroson xo’jayini edilar. Ular katta lashkar bilan Smarqandga taxdid solishdi. Bobur ikki jangda yengilib Kobulga qochib ketishga majbur bo’ldi. Chunki:
Birinchidan, kuchlar teng emasdi;
Ikkinchidan, ozar askarlarining shiyalar ekanligi ularning Samarqandda turishini qiyinlashtirdi…
Samarqanddan umidi tamoman uzilgan Bobur endi Kobuldan turib Sharqni ko’zlaydi: Keng Xindiston yerlarini olish unga qulayroq tuyildi. U besh marotaba Xindiston sari lashkar tortdi va har bir safardan zafar bilan qaytdi. 1525-yilda Panipat yonidagi xal qiluvchi jang: yuz ming kishilik lashkari bo’lgan Sulton Ibroxim Lodiy ustidan o’n ming kishilik xarbiy kuch bilan Bobur ustun chiqdi. 3 kun jang bo’ldi.
Bundan sal ilgariroq unga Xindolning dunyoga kelganini xabar keltirgan edilar. Bobur Xind (istonni) olishini niyat qilib, bu farzandigan «Xindol» deb ism qo’ydi va ota o’z niyatiga etdi. Sulton Ibroxim Lodiyga tegishli yerlar Bobur qo’l ostiga o’tdi. Keyingi yillar saltanatni mustaxkamlash va yana harbiy xarakatlarni davom ettirish bilan kechdi. Chunki Rono Sango singari xali o’ziga baquvvat viloyat xokimlari Xindistonda oz emas edilar. Ular mustakillik uchun xarakat qiladilar.
1500-yilda she’r mashqini boshlagan Bobur keyingi yillarda mumtoz shoir va adabiyotshunos, fiqxshunos obid bo’lib yetishdi. Mislsiz lashkarboshilik san’atidan tashqari Boburni biz yuqoridagi fazilatlaridan tashkari («Boburnoma » ga suyanib) tilshunos, botanik, zoolog, astronom, tarixchi, adib, san’atshunos siymolarida ham tasavvur etamiz.
Uning fikx ilmiga qo’shgan uch ulug’ xissasi: «Kitob ul-xaj», «Kitobus salot» va «Kitobuz zakot» asari sheriy risolalar tarzida yozilgan mukammal risolalardir.
Boburning har bir qadami biz uchun ibratli: rostgo’ylik, imon – etiqodlilik, xar bir ishni sharan xukm qilish va shariatga xomiylik qilish – uning ismi jismiga muvofikligini ko’rsatadi.
Nazorat topshiriqlari:
1.Bobur Kobulni qachon oldi?
2.Bobur Samarqandni uchinchi marotaba qo’lga qachon kiritdi?
3.Zafar va mag’lubiyat sabablarini izoxlab bering.
4.Panipat jang tafsilotlarini bilasizmi?
5.Boburni ijodkor siymosida tavsiflang.



Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin