Учебно-методический комплекс по курсу «Литература джадида» предназначен для студентов, обучающихся по направлению- 5220100- филология



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə83/150
tarix24.10.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#118541
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   150
portal.guldu.uz-“O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI” fanidan o’quv-uslubiy majmua

Asosiy masalalar:
1.Tavallud. Vatandagi zafar va mag’lubiyatlar.
2.Kobul – navbatdagi takyagox. Bobur – Xind poshoxi.
3.Bobur armonlari.


Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Andijon, Axsi, Fargona,Toshkent, Samarkand, Sulton Axmad Tanbal, Shayboniyxon, Xonzodabegim, Umarshayx, Kutlug Nigor xonim, Sulton Maxmudxon, Kobul, Agra, Rono Sango, Sulton Ibroxim Ludiy, zaxarlanish, farzandga fido ota.


Birinchi asorsiy masala: Tavallud. Vatandagi zafar va mag’lubiyatlar.


O’qituvchining maqsadi: Bobur hayotining vatanida kechgan davri haqida ma’lumot berish orqali talabalarni xarakatchan va irodali qilib tarbiyalash.
Identiv o’quv maqsadlar:
1.Talaba Bobur ismi sharifi lug’atini biladi.
2.Boburning shoxona tarbiya ko’rganini: jisman va aqlan barkamolligi guvoxi bo’ladi.
3.Saltanat dag’dag’asi va dastlabki omadlar.
4.Mag’lubiyat. Boislari. Kobul safari.
5.Xindistonga besh xarbiy safar va zafar.
6.Buborshox farzand fidosi.
1- asosiy masalaning bayoni:
Tuz ox Zaxiri dini Muxammad Bobur,
Yuz ox, Zaxriri dini Muxammad Bobur.
Sarrishtai ayshdin kungulni zinxor
Uz, ox Zaxiri dini Muxammad Bobur.
Gapni Zaxiriddin Muxammadning ismi sharifidan boshlaymiz. 10 – sinf uchun yangi yozilgan «O’zbek adabiyoti» darsligida «Zaxir – sergul daraxt» degan izox berilgan. Aslida esa «Zaxir » - tayanch, suyanch, xomiy ma’nolarida keladi. Zaxiriddin Muxammad - Muxammad dinining tayanchi ma’nosiga molikdir. Bobur so’zi «Babr» - yo’lbars, so’zidan yasalgan bo’lib «yo’lbarssimon» ma’nosiga molik.
Zaxiriddin Muxammad Bobur 1483-yilda Andijonda xukmron Umarshayx Mirzo xonadonida (onasi Kutlug’ Nigorxonim) dunyoga keladi. Umarshayx Mirzo to’ng’ich o’gil farzandiga har tomonlama mukammal bilim va tarbiya berdiki, 12 yoshidan taxtga o’tirgan Zaxiriddin Muxammad 18 yoshigacha talay shoxlar boshidan kechirmagan urish , talash va yarashlar xodisalari girdobida kezdi. Ikki marotoba Samarqandni oldi. 1500-yilda Shayboniydan Samarqandni tortib oldi. Biroq Shayboniy bilan oz lashkar bilan saf tortib urishish Boburga qimmatga tushdi: yengildi va Samarqandga kirib, qamal kunlarini emas, oylarini boshidan kechirdi.
Zahiriddin Muhammad tarbiyasi shu darajada kuchli bo’lgan ediki, u 12 yoshigacha fors va arab tillarini o’rgandi. Fors va turkiy adabiyot va adabiyotshunoslik namunalari bilan tanishdi. Aruzni o’rgandi: Navoiy bilan maktub olishdi. Samarqand xukmronligi va xarbiy tashvishlari orasida Navoiyga - Hirotga maktub yo’lladi va xat oldi. Unga maktubida quyidagi ruboisini bag’ishladi:
Ash oringkim, sher oti to bulg’ay,
Tab axli anga volau shaydo bo’lg’ay.
Xar lafzi duru baxri maoni anda,
Kim ko’rdi dureki, anda daryo bo’lg’ay.
Bobur - orzusi yuksak xukmdor edi. U ulug’ bobosining taxtiga ega bo’lmoqchi edi. Biroq lashkar ozligi, temuriylardan hech kimning ko’maklashmagani uni Shayboniy qarshisida yakkalab qo’ydi. Samarqandan chiqib kelayotganida Sulton Axmad Tanlab Boburning ukasi Jaxongirni shox ko’tarib, Andijonni egallagani xabarini Xo’jandga yetganda eshitdi. Ko’mak tilab tog’asinikiga - Toshkentga bordi. Biroq Sulton Maxmudxon ququq vadadan nariga o’tmadi. Bu iste’dodsiz kishi xarbiyda ham iste’dod soxibi emasdi…
Bobur Andijonni qayta olganida va yana xarbiy yurishga chiqqanida bir xatoga yo’l qo’ydi: Andijondagi Boburga tobe kishilar mol – mulki talangani chorasini ko’rmoqchi bo’lib, «Tanigan kishilar o’z narsalarini qaytarib olsin!» deb xukm chiqardi. Ana shu xukm kuchli tartibsizlikka, Boburning Andijonga qayta kirolmasligiga, Mo’g’ullarning undan yuz o’girishiga sababchi bo’ldi. Bobur alam bilan: «Xar bir ish zimnida ming andisha va ming muloxaza vojibligiga » iqror bo’ldi.
1501 yilda ikki yuz ellik chog’lik kishi bilan Xisor orqali Kobulga bordi. Mukim unga kal’ani topshirdi.



Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin