107
Yer tuzishni avtomatlashtirish uchun boshlang‟ich nuqta butun yer tuzish
masalalarining o‟zaro aloqalari chizmasi va uning asosiy elementi sifatida
xo‟jalikda ichki loyihalash hisoblanadi (26-rasm). Shunday chizmaning borligi yer
tuzishni loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun ayrim bloklarga
guruhlashni yengillashtiradi, ishlarni bajarishning aniq texnologiyalariga mos,
masalani yechishning ketma – ketligi tartibini,
ularni kirish va chiqish
ma‟lumotlari darajasida kelishtirishni aniqlash imkonini beradi.
26-rasm. Yer tuzishni loyihalash amaliyotiga avtomatlashtirishni joriy etish
muammolarni
Chizmada ko‟rsatilgan yer tuzish muammolari, ularni yechishda yanada
detallashtirishni talab etadi. Yer tuzishning turli bir elementi murakkab tarkibga
ega va uni xo‟jalik hududida optimal joylashtirish uchun mavjud axborot
ta‟minotini hisobga olgan holda, dala va kameral ishlarning bajarilishi ketma –
ketligini aniq tasavvur etish kerak.
Yer tuzish hisoblashlarini avtomatlashtirish jarayonida quyidagi masalalarni
yechish kerak:
- o‟rganiladigan sohani taxlil qilish;
108
27-rasm. Loyihaviy yer tuzish ishlari tizimi
Yerdan foydalanishni va
muhofaza
qilishni TIA
va yer tuzish chizmalari
Respublika yer resurslaridan
foydalanish va uni muhofaza qilish
Bosh chizmasi
Ma‟muriy tumanlar yer tuzish chizmalari
Xojaliklararo yer tuzish loyihalari
Har xil maqsadlar uchun yer fondlarini
tashkil etish loyihalari
Тabiatni
muhofaza qilish, rekreatsiya va
qo‟riqxona hududlari chegaralarini
belgilash loyihalari
Ma‟muriy – hududiy bo‟linishlar
chegaralarini belgilash loyihalari
Aholi yashash joylari chegaralarini
belgilash va o‟zgartirish loyihalari
Yer
egaliklari va yerdan
foydalanishlarning yangilarini tashkil
etish va mavjudlarini tartibga solish
loyihalari
Noqishloq xo‟jalik maqsadlaridagi
yerdan foydalanishlarni tashkil etish
loyihalari
Ho‟jalikda ichki yer tuzish loyihalari
Qishloq xo‟jalik korxonalarining
kompleks loyihalari
Ayrim yer tuzish loyihalariga ishchi loyihalar
Rekultivatsiyalash
loyihalari
Тabiatni muhofaza
qilish va boshqa
loyihalari
Bog‟lar va
uzumzorlarni ekish
loyihalari
Irrigatsiya va
melioratsiya
loyihalari
Madaniy-
texnik tadbirlar
loyihalari
Sug‟orish tarmoqlarini
qayta qurish loyihalari
Madaniy yaylovlarni
yaratish loyihalari
Eroziyaga qarshi tadbirlar loyihalari
Yo‟l
qurilish
loyihalari
109
- muammoga aniqlik kiritish (masalani identifikatsiyalash,
vaqtinchalik
cheklashlar, mavjud resurslar, ishlarni baholash va sh.o‟.);
- loyihaviy yechimlarni asoslash usullarini taxlil etish;
- uni EHMda yechish uchun usul tanlash;
- yer tuzish hisoblashlarini avtomatlashtirishning asosiy tamoyillarini ishlab
chiqish;
- matematik va dasturiy algoritmlarning iqtisodiy – matematik modellarini
ishlab chiqish;
- yer tuzishning muammoli masalasini yechishning texnologik chizmasini
ishlab chiqish;
- dasturiy-texnik vositalarning shaklini, dasturiy modullari tarkibini, ular
ishlarini muvofiqlashtirish uchun interfeyslarni aniqlash;
- axborot ta‟minoti tarkibini aniqlash;
- kiruvchi yoki chiquvchi ma‟lumotlar oqimini bayonlash, uni tarkiblash va
unifikatsiyalash;
- kiruvchi va chiquvchi hujjatlar shakllarini ishlab chiqish;
- dasturiy vositalarni ishlab chiqish va sozlash;
- ishlangan dasturiy ta‟minotni sinab ko‟rish;
- olingan natijalarni tahlil qilish.
Dostları ilə paylaş: