«madaniyat» va «san’at» tushunchalari bilan birgalikda yashab keldi.
4.
Badiiy adabiyot har bir inson ma’naviy dunyosini bebaho insoniy fazilatlar,
o‘lmas milliy qadriyatlar bilan boyitadi.
5.
Ma’naviyati yuksak inson chinakam shaxs darajasiga ko‘tarilishi mumkin.
Odamning Vataniga sodiq fuqaro, ota-onasiga munosib farzand, yaqinlariga oqibatli
do‘st bo‘lishi ma’naviy kamolotining darajasidan darak beradi. Shunday komillik
yo‘lida badiiy adabiyot Siz azizlarga beqiyos xizmat qiladi.
6.
Adabiyot xazinasidagi tilla sandiq bebaho dur-u javohir – injular bilan to‘la;
unda bitmas-tuganmas milliy-ma’naviy qadriyatlar zaxirasi jamlangan. Bu ma’navi-
yat xazinasidan bahramandlik ulkan hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan siz kabi
oqil-u dono yosh avlodning tafakkuriga qanot bag‘ishlaydi, tasavvurini kengaytiradi.
7.
«Qone’ (qanoatli) darveshning quruq noni tome’ (ta’magir, birovning narsasiga
ko‘z tikuvchi) shohning xitoyi xoni (dasturxoni)din xo‘broqdur». «Nazm ul-
javohir»da shoir «Har kimsadaki bo‘lsa qanoat, g‘am yo‘q» Navoiy.
8.
Mahmudxo‘ja Behbudiyning hurlikka, inson haq-huquqini tanishga
undaydigan «Haq berilmas, olinur»
9.
Abdulla Qodiriyning so‘zlash va yozish odobiga doir «So‘z so‘zlashda va
ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak»
10.
Adabiyotda har bir xalqning ona Vatani, tuprog‘i, o‘ziga xos milliy xarakteri,
marosim va urf-odatlari tasvirlanib ulug‘lanadi; barcha uchun birdek ardoqli bo‘lgan
umuminsoniy his-tuyg‘ular tarannum etiladi. Shu ma’noda, turli millatlarni o‘zaro
birdamlikka chorlaydigan badiiy adabiyot geografik chegara bilmaydi. Bir millat
adabiyotidagi go‘zal asar boshqa bir xalqning ma’naviy mulkiga aylanishi mumkin.
11.
«Chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o‘z
milliy qadriyatlarini, milliy o‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashashi,
Umid Hamroyev
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun
fidoyilik bilan kurasha olishi mumkin»1, – deb ta’kidlagan edi. Respublikamizning
Birinchi Prezidenti: Islom Karimov.
12.
Badiiy adabiyot, xususan, qadimiy va boy og‘zaki ijod namunalari,
takrorlanmas sehr va jozibaga ega bo‘lgan adabiyotimiz tarixi, zamondoshlarimiz
obrazlarining o‘ziga xos olamini inkishof etishga yordam beradigan zamonaviy
adabiyotimiz, olam va odam munosabatlarining turfa qirralarini bir-birini
takrorlamagan holda tasvirlab beradigan jahon adabiyotining nodir namunalari bilan
yaqindan va jiddiy tanishmog‘imiz talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |