Umumiy pedagogika


Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə71/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari.
ta’lim qonuniyatlari
Oʻquv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy xarakter kasb etishiga koʻra ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga koʻra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga koʻra faqat alohida tarkibiy qismlariga tegishli boʻlgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq)deb ataladi.
I.P.Podlasiy oʻqitish jarayoning quyidagi umumiy qonuniyatlarini ajratib koʻrsatadi:
– Oʻqitish maqsadi qonuniyati. Oʻqitish maqsadlari quyidagilarga bog‘liq boʻladi: jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasiga; jamiyatning talablari va imkoniyatlariga; pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasiga.
– Oʻqitish mazmuni qonuniyati. Oʻqitish (ta’lim) mazmuni quyidagilarga bog‘liq boʻladi: oʻqitish ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlariga; ijtimoiy va ilmiy – texnik taraqqiyot sur’atiga; oʻquvchilar yoshi, imkoniyatlariga; oʻqitish nazariyasi va amaliyoti rivojlanish darajasiga; oʻquv yurti moddiy – texnik va iqtisodiy imkoniyatlariga.
Ta’lim qonuniyatlari quyidagilardan iborat:
1) ta’lim omillari, shart-sharoitlari va natijalari oʻrtasida oʻzaro aloqadorlikning mavjudligi;
2) ta’lim jarayonining ijtimoiy omillar va jamiyat ehtiyojlari bilan bog‘liqligi;
3) ta’lim, rivojlanish va tarbiyaning oʻzaro birligi;
4) har qanday ta’lim jarayonida oʻqituvchi, oʻquvchi va oʻrganilayotgan obyektlar oʻrtasidagi oʻzaro ta’sirning talab etilishi;
5) ta’lim jarayoni samaradorligining oʻquvchilar tomonidan koʻrsatiladigan oʻquv faolligi asosida ta’minlanishi;
6) malakalarning muayyan operatsiya va harakatlarning muntazam, koʻp bora takrorlanishi natijasida hosil boʻlishi;
7) oʻzlashtirishning puxtaligi takrorlashning izchilligiga bog‘liq ekanligi; 8) oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilgan murakkab faoliyat usullarining oʻqituvchi tomonidan ularga eng oddiy faoliyat usullarini muvaffaqiyatli oʻzlashtirilishi natijasi ekanligi.
Ta’lim qonuniyatlari asosida unga qoʻyiladigan talablar – ta’lim tamoyillari aniqlanadi. Pedagogik amaliyotlarda ba’zan “oʻqitish prinsiplari” atamasi ham ishlatiladi. Lekin ta’lim tamoyillari (prinsiplari) ta’lim jarayonining ikkala subyekti oʻqituvchi va oʻquvchi-talabaga ham daxldor. Shuning uchun taniqli didaktik olimlar O.Roziqov, A.Zunnunov, U.Mahkamov ularni ta’lim prinsiplari deb atashni ma’qul koʻradilar. Chunki ta’limni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishda oʻqituvchi va oʻquvchi-talaba faoliyatiga qoʻyiladigan talablar, qoidalar, ta’lim prinsiplari deb ataladi. Prinsiplar umumdidaktik kategoriya boʻlib, ular ta’limning barcha turlari, darajalari, subyektlari, oʻquv-tarbiya jarayonining hamma komponentlariga daxldor umumiy qoidalardir. Prinsiplar va ta’lim qonuniyatlari uzviylikda mavjuddir. Qonuniyatlar prinsiplarning ayrim tomonlarini yoritadi. Prinsip umummilliy xususiyatiga ega boʻlib, ta’limda barcha oʻquv fanlarini oʻqitish bosqichlarida qoʻllanadi40.

Ta’lim tamoyillari – o‘qitish asosida yotadigan, ta’lim va uni tashkil etish jarayonini tashkil etish mazmuni, shakl, metod va vositalarini tanlanishini belgilaydigan boshlang‘ich asoslardir.



Ta’lim jarayonida quyidagi tamoyillar ustuvor xarakter kasb etadi: ijtimoiy – g‘oyaviylik; onglilik va faollik; ilmiylik va tushunarlilik; koʻrgazmalilik; mustahkamlik; tarbiyalovchi xarakterga egalik; fundamentallik va amaliy yoʻnalganlik (ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi); tabiat bilan uyg‘unlik; madaniy taraqqiyot bilan uyg‘unlik; ta’limning oʻquvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi; insonparvarlik; oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi; pedagogik hamkorlik.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin