O ilaning oʻziga xos huquq va majburiyatlari mavjud boʻlib ularni bajarish har bir oilaning muqaddas burchi hisoblanadi.
Ilmiy manbalarda ular quyidagicha tasnif etiladi: tabiiy-biologik; reproduktiv; moddiy-iqtisodiy; huquqiy-qonuniy; axloqiy-ma’naviy; oʻzaro kommunikativlilik.
Oilaning hissiy – emotsionalfunksiyasi – bu uning o‘z a’zolari o‘rtasida muayyan iliq munosabatlarni saqlash, ular o‘rtasida mehr-oqibat, o‘zaro g‘amxo‘rlik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, sevish, sevilish kabi qobiliyatini namoyon etishidir. Bu oila uchun juda muhim bo‘lib, insonning ruhiy salomatligi aynan shu vazifani qanday bajarayotganligiga bog‘liqdir. Oilaning ma’naviy-psixologik muhiti sog‘lom deganda, aslida ana shu a’zolar o‘rtasidagi iliqlik, samimiyat, o‘zaro bag‘rikenglikning mavjudligi, mehr-oqibat kabi insoniy hissiyotlarning ijobiyligi tushuniladi.
V.Karimova
Oila mazkur vazifalar asosiga qurilgan ijtimoiy birlikdan iboratdir.
Oilaning tabiiy-biologik vazifasi – balog‘at yoshida yigit va qiz albatta turmush qurushi, oʻz naslini davom ettirishi tabiiy ehtiyoj hisoblanadi.
Fiziologik ehtiyoj natijasida farzand dunyoga keltirish, tarbiyalash va voyaga yetkazish ya’ni nasl qoldirish (farzand dunyoga keltirish va tarbiyalash)dan iboratdir. Oilaning moddiy-iqtisodiy vazifasi – uy-roʻzg‘orni moddiy tomondan ehtiyojlarini ta’minlash boshqarish, mulkiy munosabatlarni ta’minlashdan iboratdir.
Huquqiy-qonuniy – oila qonuniy nikoh asosida quriladi. Shunda uning huquq va manfaatlari davlat tomonidan himoya etilishi kafolatlanadi.
Axloqiy – ma’naviy munosabatda esa oilaning ma’naviy qadriyatlar asosida shakllanishi, rivojlanishi hamda mustahkamlanishi nazarda tutiladi. Ota-onaning bir-birlari, shuningdek, farzand oldidagi burch va mas’uliyatlari, farzandning Ota-ona hamda oila oldidagi huquq va majburiyatlari axloqiy – ma’naviy asosda amalga oshirilmog‘i zarur.