Ta'lim va tarbiya jarayonida umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishning ilmiy – nazariy asoslari
Bilim, ma'rifat yaxshi axloq bilan bezanmog‘i lozim.
Abu Nasr Farobiy
Ma’lumot bilimlar bilan emas, balki bilganingni mahorat bilan amalda qo‘llash bilan belgilanadi.
A.Disterveg
Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari bevosita uzluksiz ta’lim tizimi bilan bog‘liq. Hozirgi paytda yuqori malakali va madaniyatli, mustaqil fikrlaydigan mutaxassislar tayyorlash boʻyicha oʻta muhim, ahamiyatga molik ishlar amalga oshirilmoqda.
Hayotda har narsa va hodisaning yahshi jihatini, go'zal tarafini ko'ra bilgan odam doimo yaxshi narsalarni fikrlaydi, ezgu narsalarni o o'ylaydi va hayotidan zavq olib yashaydi.
AkademikSiddiq Rajabov
Zamonaviy ta’lim sharoitida boʻlajak mutaxassislarda kasbiy bilim, koʻnikma va malakalar bilan bir qatorda bilimlarni mustaqil egallash va muammoni mustaqil ravishda hal etishda ijodiy yondashish qobiliyatlari ham shakllanishi kerak. Boʻlajak mutaxassislarda ushbu xususiyatlarni shakllantirishda ta’lim oluvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va oʻquv – bilish faoliyatini faollashtirish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’lim oluvchilarining oʻquv – bilish faoliyatlarini ta’minlovchi va rivojlantiruvchi faol ta’lim metodlarini oʻquv jarayoniga joriy etish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ta’lim oluvchilarni mustaqil va ijodiy yondashgan holda muammolarni yechimini izlash, topish va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan faol ta’lim metodlaridan foydalanish muhim hisoblanadi.
DUNYOQARASH Inson oʻzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, unga baho berishi, hulosa chiqarishi boʻlib, dunyoni inson ongidagi oʻziga hos in’ikosidir. Insonning oʻziga va uni qurshab turgan borliqqa boʻlgan munosabatlarini ifodalaydigan koʻnikmalari, malaklari, bilimlari hamda dunyoni amaliy va nazariy oʻzlashtirish hamdir