Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə58/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

«Dunyoqarash» tushunchasi oʻzlikni anglash, vatanparvarlik va milliy g‘urur, tarixiy xotira, ma’naviy barkamollik kabi tuyg‘ular bilan uzviylikda shakllana boradi. Shunga koʻra oʻqituvchilar fan asoslarini oʻrgatar ekan, doimiy ravishda bilimlarning uzviyligiga rioya etishi kerak.
Jamiyat taraqqiyotida, xususan, barkamol shaxs tarbiyasida madaniyat katta ahamiyat kasb etadi. Chunki madaniyat insonnning iqtidori, salohiyati, qobiliyati va oʻzligini namoyon etib, uning bilimlari, koʻnikma va tajribalarini, ma’naviy salohiyatini amaliy faoliyati orqali kamol toptirishda asosiy rol oʻynaydi.
Shunga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov: «Milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namoyandalarini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish yosh avlodni, hozirgi yoshlarimizni ma’naviy tarbiyalashning asosi boʻlmog‘i kerak», – deb ta’kidlagan edilar.33
Haqiqatan ham, madaniyat shaxs tarbiyasida muhim oʻrinni egallashi dunyo sivilizatsiyasi tajribasida oʻzini isbotlagan.
Uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarning umummadaniy dunyoqarash tarkib topishi va bu jarayon jamiyatning faqat ilg‘or qatlami emas, balki butun xalqning madaniy kamoloti – ekologik, iqtisodiy, axborot va ijtimoiy muammolarni hal etishga bog‘liqligi hammaga ayon. Axolining umummadaniy saviyasi ishlab chiqarishning ham yuqori sifatiga kafolot beradi. Ayniqsa oliy ta’limning yuqori darajasi ham boʻlajak mutaxassislarni tayyorlash sifatiga ta’sir etadi. Oʻqitishda yoshlarning bilim olishga ishtiyoqini uyg‘otish, tashabbuskorlik, tadbirkorlik, muammolarni hal etish qobiliyatiga ega boʻlish, ijodiy fikr yuritish, axborot texnologiyalarini qoʻllash yoʻllarini egallash, ekologik onglilik, jamiyatdagi oʻzgarishlarga tayyor turish, global tafakkur va kishilar bilan tolerantlik munosabatida boʻlish kabilar hozirgi texnologiyalashgan ijtimoiy muhitda oliy ta’lim muassasi talabalari egallashi lozim boʻlgan talablardir.
Zero, hozirgi mutaxassis oʻz faoliyati jarayonida ixtisosligini bir necha marta oʻzgartirishga va oʻzgarayotgan jamiyatga moslashishiga toʻg‘ri kelmoqda. Buning barchasi ishlab chiqarishning yangilanib turishi, axborotlarning oʻzgarib borishi, mutaxassis tayyorlashda ularni mehnat madaniyati bilan tanishtirib borish, axborot texnologiyalari bilan ishlashga oʻrgatish, ijodiy, ekologik va estetik rivojlanishini takomillashtirishi zarur. Bu borada har bir oliy ta’lim muassasida ijtimoiy-gumanitar, tabiiy-matematikaga oid yoki badiiy-estetik yoʻnalishdagi, umuman, barcha oʻquv fanlarini oʻqitish orqali talabalarni ijodiy, madaniy muhitga kiritish, ularning intellektual qobiliyati va umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishga yoʻnaltirish orqali fuqaro, va yetuk mutaxassis sifatida shakllanishiga ta’sir koʻrsatadi.
Shunday ekan, madaniyatning oʻzi nima? Uning mazmun-mohiyati nimalarda namoyon boʻladi?
Moddiy madaniyat moddiy ne’matlar ishlab chiqarish usuli bilan bog‘liq boʻlib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi darajasi va ishlab chiqarish munosabatlarining xarakteri bilan belgilanishi moddiy boyliklarning barchasini qamrab olishi, jamiyat moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur va foydali boʻlgan mahsulotlar, ularning taqsimlanishi, tarqalishi va hayotda qoʻllay bilish muammolari kiradi, deb tushuniladi.
“Ma’naviy madaniyat esa, siyosat, huquqiy va mafkuraviy, axloqiy, badiiy va diniy qarashlar bilan, ikkinchidan, ijtimoiy jarayonlarga rahbarlik qilish va boshqarishning shakl va usullarini ishlab chiqa bilish, rivojlantirish, ilmiy bilimlarni amaliy faoliyatda qoʻllay bilishni ifodalaydi va moddiy madaniyatning ham asosida ma’naviy madaniyatning yotishi, ularning bir-biri bilan uzviy aloqasiga alohida urg‘u beradi”.34
Shaxsda umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish jarayoni ham madaniyatga doir axborotlarni qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlab talabalarga yetkazishda ta’lim-tarbiya texnologiyalarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Talabalarda umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishda pedagogik texnologiyalarning tarkibiy qismlariga asoslangan holda dastavval ta’lim-tarbiya jarayonining umumiy loyihasi tuziladi, ta’lim-tarbiyani tashkil etishga boʻlgan ehtiyoj va maqsad, ta’lim mazmuni, shakl, metod, usullari va vositalari, bu borada oʻqituvchi va oʻquvchi faoliyati belgilanadi hamda ta’lim natijasi aniqlanadi.
Umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish texnologiyalari ham pedagogik texnologiyalarning oʻziga xos xususiyatlarini namoyon etadi:
1. Umummadaniy dunyoqarashni takomillashtirish, optimallashtirishga boʻlgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi.
2. Uning didaktik hamda tarbiyaviy xarakteri, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tarzda tashkil etishda nazariy va amaliy bilimlarni oʻzlashtirishga xizmat qiladi.
3. Umummadaniy dunyoqarash uning mohiyatini aks ettiruvchi yaxlit jarayon sifatida namoyon boʻladi.
4. Pedagogik texnologiyalar umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiladi.
5.Umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish texnologiyasiga va yagona, qat’iy, me’yoriy talablar qoʻyilmaydi.
6. Pedagogik texnologiyalar umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishda shaxsga yoʻnaltirilgan ta’limni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Umummadaniy dunyoqarash ham ilmiy dunyoqarash kabi bilimlarning e’tiqodga aylanishida tarkib topadi. Bu esa bilishga oid, axloqiy, estetik voqea-hodisalarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga rag‘bat uyg‘otish bilan paydo boʻladi. Shu bilan birga talabalar ijtimoiy-madaniy faoliyatga kirishishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi zarurdir. Bu borada «Madaniyatshunoslik» oʻquv fani atrof-olam, uning hodisalari, ular oʻrtasidagi oʻzaro aloqa va munosabatlari haqida bilim berishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuning uchun ham «Madaniyatshunoslik asoslari» oʻquv kursi oʻrganilganda umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish sohalari: ta’lim va tarbiya, fan, din, rasm-rusumlar, odatlar, an’analar, madaniy-ma’rifiy muassasalar, Yoshlar ittifoqi faoliyati, ommaviy axborot vositalaridan foydalaniladi.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin