Umumiy psixologiya



Yüklə 41,6 Kb.
səhifə2/5
tarix08.03.2023
ölçüsü41,6 Kb.
#123887
1   2   3   4   5
2 Umumiy psixologiya mustaqil ta'lim sirtqi.

Shaxs

Shaxs bu menligini anglagan,jamiatda biron bir orini egalagan,ijtimoiy,manaviy,ruhiy,axloqi va estetik tushunchaga ega insonga aytiladi

Ongliy mehnat bilan o’z ehtiyojlarini qondiradigan insondir

Adaptatsiya

Sеzgi chеgarasining absolyut mе'yori bilan bеlgilanadigan analizatorlarning sеzgirligi barqaror bo`lmasdan qator fiziologik va psixologik shart–sharoitlar ta'siri ostida o`zgarib turadi.

Ushbu shart-sharoitlar orasida adaptatsiya (moslashish) xodisasi alohida rol o`ynaydi.

Determinizm

Bu tamoyilga asosan, barcha mavjudliklar ma’lum sabab, qonuniyatga ko‘ra paydo bo‘ladi, o‘zgaradi va nobud bo‘ladi. Psixologik tadqiqotda psixika hayot tarzidan kelib chiqib, mavjudlikning turli tashqi sharoitlari ta’sirida o‘zgarishini bildiradi.
Hayvonlar psixikasi haqida so‘z yuritilganda, uning rivojlanishi biologik qonun sifatidagi tabiiy tanlanish bilan belgilanishini ta’kidlash lozim. Odam psixikasini oladigan bo‘lsak, inson ongi kelib chiqishining shakllari va rivojlanishi oxir-oqibat hayot uchun zarur moddiy vositalarni ishlab chiqish usulining rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi. Determinizm tamoyilidan kelib chiquvchi xulosa sifatida inson ongining ijtimoiy-tarixiy xususiyatini tushunish xizmat qiladi.



 Inson psixikasining taraqqiyotiga esa ishlab chiqarish usullari, ijtimoiy tarixiy omillar ta`sir qiladi.


2-chi reja
T-chizma grafik organayzeri

Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlariga doir muammoli masalalarni yechimini topishga yordam beradi va “T-chizma” usuli orqali muammo hal qilinadi.

1)

Kuzatish metodining afzalligi

Kuzatish metodining kamchiliklari

1 Psixologiyadagi metodlari orasida eng asosiy metodlardan biri sanaladi.Kuzatish orqali shaxsni diqqati, his-tuyg’ulari o’rganiladi.
2 Kuzatish orqali nerv sis-temasiningtashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-isho-ralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati o’rganiladi.
Tashqi kuzatishda ba`zan tafakkur bo`yicha ham ma`lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan obyektga yo`naltirilga-nini, tashqi qo`zg`atuvchilarta`siriga berilmaslikni, chehradagi tash-vish va iztirobni, ko`zdagi g`ayritabiiylikni, shuningdek, sinchkov-lik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib, tafakkur-ning kechishidagi o`zgarishlarni aniqpash mumkin. Bulardan tashqa-ri, qo`lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyot-ning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o`zgarishlar bo`yicha ma`-lumot beradi.
Psixologiya fanida o`zini o`zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. Ko`pincha tajribali psixolog yoki malakali mohir o`qituvchi, salohiyatli rahbar o`zini o`zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o`z tafakkurini kuzatib o`zidagi emotsional o`zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vu-judga kelishi va kechishi to`g`risida ma`lumot oladi. Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati va qay tarzda, qanday tezlik-da, qay shaklda ro`y berishini kuzatadi.


1Inson turli vaziyatlarda o’zini bir hil boshqara olmaydi shuning uchun bu metodning ilmiy ahamiyati unchalik katta emas.
2  o`ta murakkab ichki psixo-logik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetishmaydi. Ma-salan, go`dak bolani kuzatishda uning harakatlari, o`yinchoqlarga mu-nosabati, his-tuyg`usi, talpinishi, mayli, xohishi aniqlanadi. O`quv-chining darsdagi holatini kuzatishda esa diqqatining xususiyati, tashqi qo`zg`atuvchi bilan ta`sirlanishi, temperamenti, xatti-haraka-tining sur`ati, emotsional kechinmasining o`zgarishi to`g`risida ma`-lumotlar to`plashga imkoniyati tug`iladi. O`spirin yoshlarning sport faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuy-g`usiningo`zgarish xususiyatlari, g`alabaga intilishi, o`ziningharaka-tini idora qila olishi yuzasidan materiallar yig`ish mumkin. Ish-chining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish natijasida uning o`z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o`zini tutishi, imo-ishora-lari, tashqi qo`zg`atuvchidan ta`sirlanish darajasi haqida keng ma`-lumotlar yig`iladi. Keksalarning muloqot jarayonini kuzatish ularning xarakteri, nutq faoliyati, his-tuyg`usi, ekstravertivligi yoki intravertivligi, qiziquvchanligi va ruhiyatining boshqa xususiyat-larini aniqlash demakdir.

2)

Eksperiment metodining afzalliklari

Eksperiment metodining kamchiliklari

Odatda eksperimental-tajriba ishlari ta`lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o`tkaziladi. Bunda ham ilmiy farazlarning didaktik yoki amaliy ahamiyatiga e`tibor beriladi. O`tkaziladigan tajriba ishlari ta`lim va tarbiya o`rtasidagi qonuniy aloqalarni aniqlash, natijalarni hisobga olish asosida yangi metodlarni tadbiq etishga, ta`lim-tarbiya samaraligini oshirishga qaratiladi. Shuningdek, ta`lim-tarbiya jarayonining borishini, tuzilishi va natijalarini oldindan ko`ra bilish imkoniyatini beradi.



1. Operatsion bo'lmagan jihatlar
Ya'ni uzunlik, balandlik, harorat va boshqalar kabi o'zgaruvchilardan farqli o'laroq, masalan, hissiyotlarni aniq o'lchash mumkin emas.
2. Sun'iy vaziyatlar
Laboratoriyada vaziyatlar o'rganilayotgan maqsadga muvofiq yaratiladi. Ushbu sun'iylik tufayli, tabiatda doimo birgalikda yuzaga keladigan o'zgaruvchilar chiqarib tashlanishi mumkin.
3. Inson xatosi
Odamlar nomukammal va garchi tajriba qat'iy bo'lsa ham, Garchi inson xatosi o'ta jiddiy hodisa bo'lishi shart emas bo'lsa-da, eng jiddiy holatlarda bu barcha natijalarni bekor qilishni anglatishi mumkin va tadqiqotni takrorlash zarur.
4. Atrof-muhit ishtirokchilarga ta'sir qiladi
Agar laboratoriya yoki tadqiqot o'tkaziladigan boshqa biron bir joy mavjud bo'lsa chalg'ituvchi omil yoki bu ishtirokchining kayfiyatini o'zgartirishi mumkin bo'lsa, ularning javoblariga ta'sir qiladi.
5. O'zgaruvchilar bilan manipulyatsiya ob'ektiv bo'lmasligi mumkin
Ehtimol, tergovchining tarafkashligi yoki qasddan tadqiqotda tekshirish uchun.
6. Bu uzoq vaqt talab qilishi mumkin

Yüklə 41,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin