“ Umumiy psixologiya ” fanidan 1-kurs Maktabgacha ta’lim yo’nalishi (maxsus sirtqi bo’lim) talabalari uchun 1-mustaqil ish.
Mustaqil ish mavzusi:Psixologiya ilmi inson ruhiyatining injineri sifatida.
Reja: 1 Psixologiya ilmidagi ” Meni qiziqtirgan tayanch tushunchalarim” .
2 Hozirgi zamon psixologiya fanida qo’llaniladigan metodlarni muammoli masalalarni yechimini yechishdagi o’rni.
3 Shaxsni shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.
Tushunchalar
Sizningcha bu tushuncha qanday ma’noni anglatadi?
Qo’shimcha ma’lumot
Psixika
Yuksak darajada tashkil topgan materiya miyaning funksiyasi.Uning mohiyati tuyg’ular ,idrok tasavvur ,fikrlar iroda va boshqalar ko’rinishida aks etadi.
Psixika-bu aks ettirish,fikrlash jarayonlari va hodisalarning yig’indisi, hayvonlar va odamlar hayotining atrof-muhit bilan o’zaro munosabati.
signal yoki boshqaruv funktsiyasini bajarib, sharoitga moslashtirishga yoki javob rеaktsiyasini bеrishga xizmat qiladi.
Psixik jarayon, ma'lumki o`ziga emas balki, miyaning mohiyati, uning tеgishli bo`lmalari funktsiyasi sifatida olam haqidagi axborotlarning qayoqqa kеtishi, qaеrda saqlanishi va qayta ishlanishini ko`rsatuvchi javob rеaktsiyasining boshqaruvchisidir.
Psixik holatlar
Psixik xodisalar psixik xolatlarni, psixik jarayonlarni va psixik xususiyatlarni o`z ichiga oladi. Bularning barchasi tirik organizmning tashqi olamni u yoki bu darajada aks ettirishi bilan bog`liq bo`lganligi uchun ham bir so`z bilan ruhiy, psixik xodisalar dеb ataladi. Bular ichida psixik jarayonlar еtakchi va asosiy mazmunni kasb etadi.
Ong
psixik faoliyatning oliy shakli. U faqat insonga xos fenomendir. Ong, uning mohiyati masalasi eng qadimgi muammolardan biri. Ongni dastlab diniy va mifologik karashlar doirasida tushuntirishga uringanlar. Ongni diniy tushuntirish uni iloxiy hodisa, xudo yaratgan moʻʼjiza tarzida talkin qilishga asoslanadi. Koʻpgina dinlarda inson ongi buyuk ilohiy aqlning namoyon boʻlish shakli tarzida tavsiflanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda qad. boʻlsada, ular hamon oʻzining koʻplab tarafdorlariga ega.
Kimki olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, ong ham yaratganning qudrati deb hisoblaydi.