Xarakter haqida tushuncha, xarakterning nerv-fiziologik asoslari. Xarakter yunoncha so`z bo`lib «zarb qilish», «belgi kuyish» degan ma’noni bildiradi. Xaqiqatdan ham xarakter kishining jamiyatda yashab egallaydigan aloxida belgilaridir. SHaxsning individualligi temperament singari xarakterda ham namoyon bo`ladi. Xarakter – bu shaxsning faoliyat va Muloqoti jarayonida tarkib topadigan va namoyon bo`ladigan individual xususiyatlari bo`lib, individ uchun u tipik xulk-atvor xislatlari bo`lib xisoblanadi.
Kishining shaxsi u nima qilayotgani bilan emas, balki uni qanday bajarayotgani bilan xarakterlanadi.
Xarakter kishi shaxsining yo`nalishini belgilaydigan ijtimoiy munosabatlarga bog`liq bo`ladi. Masalan, kishining jamiyatdagi yuqori mavqei, amali unda takabburlik, kekkayganlik, riyokorlik, ta’magirlik, munofiqlik kabi salbiy xislatlarni shakllanishiga olib kelishi mumkin. Aksincha, oddiy mexnatkash kishida jamiyatdagi mavkeiga qarab fidokorlik, maqsadga intilganlik, jasurlik, kamtarlik, mexnatsevarlik kabi ijobiy xislatlarning shakllanishiga olib keladi.
Xarakterning nerv-fiziologik asoslari .Inson shaxsining xarakteri hamisha ko`pqirralidir. Unda aloxida xususiyatlar yoki tomonlar ajratilib ko`rsatilishi mumkin, lekin ular bir-birlaridan ajratilgan, aloxida xolda bo`lmaydi, balki ma’lum darajada xarakterning barqaror tuzilishini tashkil etgan xolda o`zaro bog`liq bo`ladi.
Xarakterning strukturasi uning ayrim xususiyatlari o`rtasidagi qonuniy bog`liqlikda namoyon bo`ladi. Agar kishi kurkok bo`lsa, u tashabbuskorlik, kat’iylik va mustaqillik, fidokorlik va oliyximmatlilik fazilatlariga ega bo`lmaydi, deb aytish uchun asoslar bor. SHu bilan birga xarakteri bo`yicha qo`rqoq kishidan itoatkorlik va xushomadgo`ylikni, kuchli kishiga nisbatan konformlilikni, qizg`onchilikni, sotqinlikni, ishonchsizlik va extiyotkorlikni kutish mumkin.
Xarakter tipologiyasi, xarakter aktsentuatsiyasi. Xarakterning xususiyatlari orasida ayrimlari asosiy, etakchi bo`lib, uning namoyon bo`lishining butun kompleksini rivojlantirishning umumiy yo`nalishini belgilab beradi. Ular bilan bir qatorda ikkinchi darajali xususiyatlar ham borki, ayrim xollarda ular asosiy deb belgilanishi, boshqalarida esa ular bilan uyg`unlashmasligi ham mumkin.
Xarakter sub’ektning birgalikdagi faoliyatga qay tarzda faol jalb qilinishiga qarab xatti-xarakatlarda va ishlarda namoyon bo`lar ekan, ham faoliyat mazmuniga, ham qiyinchilikning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz bartaraf etilishiga, ham asosiy xayotiy maqsadlarga erishishda uzoq va yaqin istiqbollarga bog`liq bo`lib qoladi.
SHunday qilib xarakterning tarkib topishida kishining tevarak-atrofidagi muxitga va o`z-o`ziga, boshqa kishiga qanday munosabatda bo`lishi muxim xisoblanadi. SHu bilan birga bu munosabatlar xarakterning eng muxim xususiyatlarini tasniflash uchun asos bo`ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib xarakterning turtta sistemasini farqlash mumkin:
Jamoaga va ayrim odamlarga bo`lgan munosabatlarni ifodalovchi xarakter xususiyatlari: yaxshilik, mexribonlik, talabchanlik, takaburlik va boshqalar.
Mexnatga bo`lgan munosabatni ifodalovchi xarakter xislatlari: mexnatsevarlik, vijdonlilik, inga mas’uliyat bilan qarash, boshlagan ishni oxiriga etkazish, yalqovlik, mas’uliyatsizlik kabilar.
Narsalarga bo`lgan munosabatlarni ifodalovchi xarakter xislatlari: ozodalik yoki ifloslik, narsalarni ayab ishlatish yoki ayamaslik, ularga nisbatan extiyotkorlik yoki aksincha kabilar.
Odamning o`z-o`ziga bo`lgan munosabatlarini ifodalovchi xarakter xislatlari: izzat-nafslilik, o`z sha’nini extiyot qilish, kamtarlik, o`ziga ortiqcha baxo bermaslik yoki shuxratparastlik, mag`rurlik, dimog`dorlik, o`zini katta olish kabilar.
Xarakter xislatlari ichida eng ustun ko`zga tashlanadigan xususiyatlar majmui xarakter aktsentuatsiyasi deyiladi. (Surbetlik, molparastlik, vijdonsizlik rostgo`ylik, yolg`onchilik, saxiylik, ochko`zlik, dilkashlik va hokazolar).
Xarakter aktsentuatsiyasiga qarab odamlarni quyidagicha farqlash mumkin:
introvert tip - odamovi, ichimdagini top, boshqalar bilan til topishga qiynaladigan tip,
ekstrovert tip - his xayajonga berilganlik, ko`p gapiradigan, maqtanchoq, ko`p narsaga beqaror qiziqadigan tip.
Boshqarib bo`lmaydigan tip – oraliq tip, gayritabiiy, sun’iy qiliklar, e’tirozlarga murosasizlik, ba’zan o`rinsiz shubhalanish bilan qarash. o`z salbiy qiliqlarini bila turib davom ettirish - xudbinlikninng oliy shakli.
Kishining qaysi xarakter tipiga kirishini aniqlashda E.I.Rogov taklif qilgan so`rovnoma va unga olingan javoblar natijasidan foydalanish mumkin. Rogov xarakter tiplarini quyidagicha tasvirlaydi: Ekstravertlar («o`ngi ustidalar») bor-yo`g`i ko`zga tashlanib turadigan odam.Muloqotga kirishuvi oson, chaqqon, mahmadona, tajovuzkor, peshqadamlikka intilish, odamlar diqqatini tortishga intilish darajasi yuqori.
Boshqalar bilan osongina aloqaga kirisha oladi, tez ta’sirlanuvchan, tashqi ta’sirga beriluvchan, sezgir, ochiq ko`ngil odam. Odamlarga «tashqi ko`rinishi» ga qarab baho beradi, ichki olami ularni qiziqtirmaydi. Ekstravertlar ko`proq xolerik va sangvinik temp5erament tipida bo`lishi kuzatilgan.
Introvertlar («o`ngi ichidalar») tashqi olamga o`z kechinmalari bilan yo`naltirilgan odam, kamdan-kam aloqaga kirishadi, kamgap, kamsuqum, yangi tanishlar topishi qiyin, tavakkal qilishni yoqtirmaydi, avvalgi aloqalari uzilishidan iztirob chekadi, yutuq va yutqazish variantlari yo`q odam tipi. Hayajonlanish va vahimachilik darajasi yuqori, odatlangan harakat dasturini o`zgartirishi qiyin. Introvertlar ko`proq flegmatik, melanxolik temperament tipida bo`lganlarda uchraydi.
Oraliq tip yoki ambovertlar ta’sirlanish, qo`zg`olish darajasi beqaror,o`zgaruvchan, «Kimligini bilib bo`lmaydigan» tip. Bu tipga mansub odam vaziyatga qarab og`ib ketishi mumkin.
Xarakter shakllanishining psixofiziologik mexanizmi temperament, qobiliyatnikiga o`xshash bo`lsada, o`z-o`zini anglash, o`z-o`zini tarbiyalashga intilish asosiy yo`l hisoblanadi.
Shunday qilib, xarakter - shaxsning ijtimoiy munosabatlar tizimiga, hamkorlikdagi faoliyatiga va boshqa odamlar bilan muomalasiga jalb etiladigan hamda shu bilan o`z individualligiga ega bo`layotgan, tiriklik paytida erishgan narsasidir. Psixologiya tarixidan xarakterni bosh suyagining shakliga, yuz tuzilishiga, qaddi-qomatiga va hokazolarga bog`liq deb qarash ko`p bo`lgan.