leksikografiya, balki leksikologiya, grammatika, morfologiya va sintaksis
masalalari bo‘yicha ham fikr yuritiladi. Muallif o‘zbek tilidagi 5 ta kelishik
shaklini ko‘rsatib o‘tadi, kishilik olmoshlarini mustaqil olmoshlar deb, ko‘rsatish
olmoshlarini ishora olmoshlari deb ataydi. Asarning lug‘at qismida, asosan
Navoiy, shuningdek, Lutfiy, Bobur she’riyatidagi tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar
ma’nosi izohlangan va fors tilidagi tarjimasi berilgan.
«Maboni ul-lug‘at» “Sangloh”ga ilova qilingan bo‘lib, 2ta: muqaddima va
tarsif (grammatika) qismlaridan iborat. “Muqaddima”da kitobning yozilish
sabablari bayon etilgan, arab va o‘zbek tillari qiyoslangan, o‘zbek shevalari haqida
ma’lumotlar berilgan. Tarsif qismi esa 6 bo‘limdan iborat bo‘lib, o‘zbek tilida
fe’lning turli nisbat va zamon shakllari, fe’llarning vazifaviy shakllari, fe’l
mayllari, fe’llarning yasalishi, ko‘makchi fe’llar, so‘zlarning imlosi, fe’l yasovchi
qo‘shimchalar, olmoshlar, ularning turlari, o‘zbek tilidagi 5ta kelishik shakli (bosh
kelishikdan tashqari ) haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Muallif o‘z asarini
o‘zbek tilining 1-ilmiy gammatikasi deb ataydi. Bu davrda bir qator lug‘atlar ham
yaratilgan:
“Abushqa” nomi bilan mashhur bo‘lgan muallifi noma’lum “Chig‘atoy
Dostları ilə paylaş: