Umumiy tilshunoslik



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/90
tarix31.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#113317
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   90
umumiy tilshunoslik

 

QIYOSIY-TARIXIY METOD 

XIX  asrning  1-choragida  yuzaga  kelgan  mazkur  metod  lingvistik  metodlar 

ichida  eng  faoli  hisoblanib,  unda  o‘zaro  qarindoshlik  munosabatidagi  tillarning  

birliklari  (tovush,  qo‘shimcha  va  so‘zlar)  tarixiy  jihatdan  qiyoslanadi,  ular 

orasidagi  o‘xshashliklar  aniqlanib,  ularning  dastlabki  tarixiy  shakllarini  tiklashga 

harakat  qilinadi. Bu vazifalar quyidagi usullar vositasida amalga oshiriladi: 

   qiyoslash uchun material to‘plash; 

  qiyoslanadigan birliklarni belgilash; 

  birliklar tarkibidagi o‘zgarishlar xronologiyasini  aniqlash; 

  so‘z va morfemalarning qadimgi shakli va ma’nolarini tiklash. 

  tillarni  qiyosiy  o‘rganish  va  ularning  bir-biriga  qarindosh  va  qarindosh 

emasligini aniqlash;  

  qarindosh deb tanilgan tillarni bir-biri bilan qiyoslab, ularning bobo tilini 



tiklash.  

Ushbu metod XIX asrning boshlarida paydo bo‘lgan deyilishiga qaramay, bu 

yo‘nalish  bilan  olimlar  oldinroq  shug‘ullanishga  kirishganlar.  Unda  qiyoslash 

uchun  dalillar  faqat  qarindosh  tillardan  -  genetik  tenglikka  ega  bo‘lgan 

tillardangina  olinadi.  Masalan:  ruscha  svetok,  polyakcha  kwiatok    “gul”;  forscha 

now, ruscha nov(ыy), nemischa neu, inglizcha new “yangi”; grekcha pater, patras, 

lotincha  pater,  sanskritcha  pitar,  nemischa  vater,  forscha  padar,  ruscha  papa, 

hindcha “bobo”,”ota” demakdir.  




Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin