STATISTIK TAHLIL METODI
Ushbu metod lisoniy birliklarning nutq faoliyatidagi, asosan matndagi
qo‘llanish miqdorini tadqiq qiladi. Mazkur metod til sathlarining barchasiga
nisbatan qo‘llanishi mumkin. Biroq uning eng ko‘p ishlatiladigan sohasi
leksikologiya va leksikografiya hisoblanadi. Statistik tahlil asosida qo‘lga kiritilgan
ma’lumotlar yordamida eng faol va eng passiv so‘zlar, so‘zlarning me’yoriy va
me’yoriy bo‘lmagan qo‘llanishi belgilanmoqda, tarqalish chegarasi, ko‘lami
aniqlanmoqda. Bu metod nazariy va amaliy tilshunoslik uchun qimmatli
ma’lumotlar beradigan chastotali lug‘atlar tuzish, lug‘at minimumlari yaratishda
qo‘llanadi.
Shuningdek, so‘z shakllari, fonema, morfemalarning qanday taqsimlanishi,
o‘zaro birikuvda qanday faollikka egaligini ham aniqlashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |