Universiteti


rasm. Pedagogik tajriba davomida 10 yoshli yengil atletikachilarning muloqotga



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə13/30
tarix17.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#122300
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
1665203129 lotincha

rasm. Pedagogik tajriba davomida 10 yoshli yengil atletikachilarning muloqotga kirisha olish qobiliyatining rivojlanish ko‘rsatkichlari %

Izoh 1: 1 – muloqotga kirisha olish bilan bog‘liq faoliyatni kuzatish (ball); 2 – «Bola tomonidan o‘z tengdoshini tushuna olish» testi (ball); 3 – «Bola tomonidan bajarilishi belgilangan faoliyatning topshiriqlarini tushuna olish» testi (ball); 4 – «Bolaning o‘z tengdoshiga munosabatlarining ifodalash to‘g‘risidagi tasavvurlari» testi (ball); 5 – «Bolaning kattalarga munosabatlarini ifodalash haqidagi tasavvurlari» testi (ball).

Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi 10 yoshli o‘g‘il bolalarning “Bola tomonidan o‘z tengdoshini tushuna olish” testi bo‘yicha nazorat guruhi ko‘rsatkichlari 8%, tajriba guruhi ko‘rsatkichlari 15%ga teng. TGda shug‘ullanuvchi o‘g‘il bolalarning o‘z tengdoshini tushuna olish darajasi yuqori bo‘lishiga sabab biz tomonimizdan tabaqalashtirilib, o‘quv mashg‘ulot- lari jarayoniga tatbiq etilgan harakatli o‘yinlar hisoblanadi. Mazkur holat yengil atlektika sport turi bilan shug‘ullanuvchilarning psixologik xususiyatlariga mos bo‘lgan harakatli o‘yinlar to‘g‘ri va maqsadli tabaqalashtirilganligini yana bir bor tasdiqlaydi.




X U L O S A L A R





    1. Mavjud ilmiy-uslubiy adabiyotlar ma’ulumotlarini va oldin mavjud bo‘lgan ilg‘or tajribalarni tahlil qilish asosida harakatli o‘yinlar 10-12 yoshli yengil atletikachilarni har tomonlama rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jismoniy tarbiya vositalari va uslublaridan

hisoblanishini aniqlandi. Harakatli o‘yinlar vositasida boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yosh yengil atletikachilarda harakatlar faolligiga bo‘lgan ehtiyojni qondirish bilan birgalikda, ularni jismoniy va psixologik jihatdan tarbiyalashda yuqori natijalarga erishish, shuningdek, yoshlik davrida shaxsga oid sifatlarning shakllanishi va rivojlanishini ta’minlash imkoni yuzaga keladi.
Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yosh yengil atletikachi- ning o‘yin bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyati hajmi uning sport ta’lim muassasasida o‘tkazgan umumiy vaqtining 8,8% qismini tashkil qiladi. Bunda ko‘pgina vaziyatlarda foydalaniluvchi harakatli o‘yinlarning samaradorligi past hisoblanadi va bu 10-12 yoshli yengil atletikachilarni jismonan tarbiyalashda harakatli o‘yinlardan foydalanishning maqsadga muvofiq talablariga mos kelmaydi. Bunda ushbu keltirib o‘tilgan nomuvofiqlikni bartaraf qilish uchun boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yosh yengil atletikachilarning mashg‘ulotlari jarayonida harakatli o‘yinlardan samarali foydalanish tavsiya qilinadi.

    1. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yosh yengil atletikachi- larning jismoniy tayyorgarlik darajasi o‘rganilganida 17% yosh yengil atletikachilarda – “yuqori” jismoniy tayyorgarlikning darajasi, 38% yosh yengil atletikachilarda “o‘rtacha” darajasi; 45% yosh yengil atletikachilarda esa – “past” daraja qayd qilindi.

Tajribalarda o‘rtacha va yuqori ko‘rsatkichlar sezilarli darajada tezlik, tezlik–kuch va koordinatsion qobiliyatlarning rivojlanishi bo‘yicha aniqlandi, shuningdek kuch va egiluvchnk sifatlari bo‘yicha past natijalar aniqlandi.
Jismoniy qobiliyatlarning alohida ko‘rsatkichlari tahlil qilinganda, egiluvchanlikning namoyon bo‘lishi bo‘yicha qizlarda o‘g‘il bolalarga nisbatan sezilarli darajadagi ustunlik aniqlandi (r<0,001), tezlik-kuch va kuch (r<0,001), baland turnikda tortilish jismoniy qobiliyatlarining rivojlanishi bo‘yicha esa o‘g‘il bolalarning sezilarli daraja ustunligi qayd qilindi (r<0,01).

    1. Yosh yengil atletikachilarda muloqotga kirisha olish qobliyatining alohida namoyon bo‘lish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish natijalaridan ma’lum bo‘lishicha:

  • yengil atletika bilan shug‘ullanuvchilarning 34,6 qismida o‘z tengdoshlarining emotsional holatini tushunish darajasi “past” ekanligi aniqlandi. Bunda tajovuzkorlik aks ettirilgan manzaralarni tanlovchilar, ya’ni salbiy tanlovni amalga oshiruvchilar miqdorining sezilarli qiymatga egaligi aniqlandi. Shuningdek, nisbatan ko‘pchilik yosh yengil atletikachi- larning o‘yin davomida o‘z tengdoshlaridagi yorqin ijobiy emotsiyalarni tanlashlari qayd qilindi;

  • 10-12 yoshli yengil atletikachilarning 22,1% qismida o‘z tengdoshlari bilan birgalikda jamoa tarkibida faoliyat olib borish, yagona jamoaviy me’yorlarga amal qilishga moyillik aniqlandi, shuningdek, 64,1% bolalarda,

garchi muloqotlarga kirishish bo‘yicha yetarli darajada me’yorlarga amal qilish bilimiga ega bo‘lishsa-da, biroq ularning har doim ham hayotda namuna ko‘rsatvermasliklari aniqlandi;

  • 10-12 yoshdagi yengil atletikachilar orasida, ularning mavqeini qiyosiy tahlil qilish natijalarining ko‘rsatishicha, qizlarning 9,4% qismi va o‘g‘il bolalarning 8,4% qismi boshqa tengdoshlari tomonidan kamsitilgan va yolg‘izlatib qo‘yilganligi qayd qilindi.

    1. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida o‘tkazilgan tadqiqotlar davomida yosh yengil atletikachilarda muloqotga kirisha olish qobiliyatining tashqi namoyon bo‘lish ko‘rsatkichlari va jismoniy tayyorgarlikning alohida ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi turli xil darajada ifodalanuvchi bog‘liqliklar (0,68–0,81) bolalarda harakat faolligi va muloqotga kirisha olish qobiliyatlari o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligini tan olish imkonini beradi.

    2. Harakatli o‘yinlarning 10-12 yoshli bolalarda muloqotga kirisha olish qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirib ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha ishlab chiqilgan metodika o‘z tarkibiga to‘rtta guruhga kiritiladigan o‘yinlarni qamrab oladi (yakka tartibdagi harakatli o‘yinlar, juftlikda o‘ynaladigan harakatli o‘yinlar, jamoaviy harakatli o‘yinlar va estafetali harakatli o‘yinlar).

Tajribalar davomida harakatli o‘yinlarning taqsimlanishi ishtirok- chilarning o‘yinlarda yakka tartibdagi faoliyat ko‘rsatishi tavsiflarga egaligidan asta–sekin musobaqa tavsifidagi harakatli o‘yinlarda, faoliyat- ning jamoa ishtirokchilarining birgalkida ishlashi asosidagi jamoa tavsi- figa o‘tkazilishiga asoslandi. Ishlab chiqilgan metodikani o‘quv mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etishda harakatli o‘yinlarning qaysi guruhga mansub ekanini nazarda tutish va ularning xususiyatlaridan kelib chiqish tavsiya qilinadi.

    1. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yosh yengil atletika- chilarning o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida qo‘llanilgan harakatli o‘yinlarning shug‘ullanuvchilar jismoniy tayyorgarligiga ta’siri quyidagicha qayd qilindi: 10 yoshlilarda kommunikativ qobiliyatning 15,36%ga, 11 yoshlilarda – 16-18%ga,

12 yoshlilarda–23,8-25,6%ga o‘sishiga erishilgan. 10 yoshlilarda emotsional xolat 14,16%ga, 11 yoshlilarda–15-17%ga, 12 yoshlilarda 24,2-26,4%ga yaxshilan- gan.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin