Universiteti


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə9/30
tarix17.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#122300
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
1665203129 lotincha

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari, jumladan, 2 ta xalqaro va 2 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha jami 11 ta ilmiy-uslubiy ish, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya qilingan ilmiy nashrlarda 3 ta maqola [2 ta respublikada chiqariladigan va 1 ta xorijiy ilmiy jurnallarda] chop etilgan. Dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi. Dissertatsiya ishi kirish, to‘rtta bobdan iborat bo‘lib 133 sahifalik matn, 13 ta rasm, 9 ta jadval, xulosa, amaliy tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan tashkil
topgan.


DISSERTATSIYaNING ASOSIY MAZMUNI


Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati, tadqiqotning respublikada fan va texnologiyalarni rivojlantirishning
ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi, muammoning o‘rganilganlik darajasi, tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy- tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi, tadqiqotning maqsad, vazifa- lari, ob’ekti va predmeti aniqlangan, tadqiqotning usullari, tadqiqotning ilmiy yangiligi, tadqiqotning amaliy natijalari, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, natija- larning joriy qilinishi, tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi, e’lon qilinganligi va dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi bo‘yicha ma’lumotlar bayon etilgan.
Dissertatsiyaning “O‘rganilayotgan muammoning nazariy va metodologik holati” deb nomlangan birinchi bobida boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida yosh sportchilar tayyorgarligini boshqarish tizimining asosiy qoidalari, ularning muloqotga kirishish qobiliyati rivojlanishining yoshga xos xususiyatlari, bolalar jismoniy sifatlarining rivojlanishi asoslari va yosh sportchilarni tayyorlashda harakatli o‘yinlarni qo‘llashning ahamiyati yuzasidan ma’lumotlar keltirilgan.
Tadqiqotlarimiz davomida olingan natijalarga ko‘ra boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yosh yengil atletikachilarning o‘quv- mashg‘ulotlari jarayonida o‘yin usulidagi mashg‘ulotlardan kam foydalani- layotganligi bolalarda o‘zaro muloqotga kirisha olish, o‘z tengdoshini tushuna olish, bajarilishi belgilangan faoliyatning topshiriqlarini anglash, o‘z tengdoshlariga munosabatlarini ifodalash haqidagi tasavvurlari, bolaning kattalarga munosabatlarini ifodalash to‘g‘risidagi tasavvurlari kabi qobiliyatlarining (kommunikativlikning) so‘nayotganligidan darak beradi. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi 10-12 yoshli sportchilarning kommunikativ qobiliyatlarini oshirishda zamon talablariga to‘liq javob beradigan vosita va usullarni shug‘ullanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda qo‘llash metodikasini ishlab chiqish hamda uning samaradorligini pedagogik tajriba yo‘li orqali asoslash zarurati yuzaga keladi.
Hozirgi kunda boshlang‘ich tayyoragarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yosh yengil atletikachilar o‘quv mashg‘ulotlarining maqsadi ularning jismoniy sifatlari va kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish hisoblanadi. Ushbu jarayon 10-12 yoshli sportchilarning organizmini rivojlantirish, sog‘ligini mustahkamlash, boshqa turdagi barcha tayyorgarlik turlari uchun mustahkam funksional poydevor yaratishga xizmat qiluvchi jarayon sifatida tushuniladi. Albatta, hozirgi vaqtda sport natijalarining jadallik bilan o‘sib borishi sportchilarning jismoniy tayyorgarligiga yuksak talablar qo‘yibgina qolmay, ulardan muloqotga kirisha olish qobiliyati rivojlani- shining yangi darajasiga erishishni ham talab etadi.
Harakatli o‘yinlar orqali yosh sportchilarning o‘quv mashg‘ulotlari jarayonini tashkil etish faqat ularning sport turiga nisbatan motivatsiyasini oshiribgina qolmay, balki jismoniy tayyorgarligi va o‘zaro muloqotga kirisha olish, ya’ni o‘z tengdoshini tushuna olish, bajarilishi belgilangan
faoliyatning vazifalarini anglash, o‘z tengdoshiga munosabatlarini ifodalash haqidagi tasavvurlari, kattalarga munosabatlarini ifodalash to‘g‘risidagi tasavvurlari kabi qobiliyatlariga (kommunikativligiga) to‘g‘ri va samarali ta’sir ko‘rsatishi bir qator soha olimlari tomonidan e’tirof etilgan.
Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi bolalarda o‘zaro muloqotga kirisha olish qobiliyatini shakllantirish imkonini beruvchi vositalar orasida, ayniqsa o‘yin faoliyati ustuvorlik qiladi. Bunda harakatli o‘yinlar ularda ishtirok etuvchi bolalarga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi, ularning salomatligini mustahkamlaydi, shaxs sifatida qaror topishiga yordam beradi va ushbu yoshdagi bolalarda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sifatlarning rivojlanishiga olib keladi. O‘yin davomida bolalarda o‘zaro bir–birini tushuna olish, umumiy jamoaviy manfaatlarga birgalikda erishishga intilish kabi jihatlar rivojlantiriladi, o‘yin davomida bolalar harakatlarni birgalikda amalga oshirishni rejalashtirish va tegishli rollarni taqsimlash, o‘zining kuchini baholay olish, vaqt va mavjud imkoniyatlarga to‘g‘ri baho berishni o‘rganishadi. Harakatli o‘yinlar yosh yengil atletikachilarning rivojlanish imkoniyatlarini hisobga olgan holatda tashkil qilinsagina, shug‘ullanuvchilar hayot faoliyatining maqsadga muvofiq tarkibiy qismiga aylanishi kuzatiladi.
Ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili natijasida aniqlandiki, yosh sportchilarning jismoniy sifatlari va muloqotga kirisha olish qobiliyatini rivojlantiruvchi vositalarni tanlash hamda amaliyotga tatbiq etish yuzasidan ko‘pgina ilmiy izlanishlar olib borilgan. Shuningdek, bir qator mualliflar o‘z ishlarida harakatli o‘yinlarni yosh sportchilarning mashg‘ulotlari uchun samarali vosita sifatida tavsiya etishgan. Lekin mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish uchun tavsiya etilgan harakatli o‘yinlarni tabaqa- lashtirish, ya’ni yakka, juftlikda, jamoaviy va estafeta shaklida o‘ynaladigan hamda mashg‘ulotlarning tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismida qo‘llaniladigan harakatli o‘yinlarni guruhlarga ajratish, shu asosda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish metodikasini ishlab chiqish borasida yetarlicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Dissertatsiyaning “Tadqiqot uslublari va uning tashkil etilishi” deb nomlangan ikkinchi bobida ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatuv, so‘rovnoma, pedagogik testlash, instrumental metod, psixologik test- lash, pedagogik tajriba va matematik statistika metodlaridan foydalanish yuzasidan ma’lumotlar keltirilgan.
Tadqiqotlar 2015–2019 yillar davomida 3 ta bosqichda amalga oshirildi. Har bir bosqichning maqsad va vazifalari tadqiqotning umumiy maqsadi-
dan kelib chiqib belgilandi.
Birinchi bosqich ya’ni, nazariy izlanishlar bosqichida (2015–2016 yillar) o‘rganilayotgan masala bo‘yicha mavjud ilmiy va amaliy holat tahlil qilindi. Shuningdek, tadqiqotning maqsadi va vazifalari belgilandi, tadqiqot gipotezasi ishlab chiqildi. Bir vaqtning o‘zida 10-12 yoshli yengil atletikachilarda muloqotga kirisha olish qobiliyatining o‘ziga xos
xususiyatlariga tashxis qo‘yish amalga oshirildi, shuningdek, ularning jismoniy tayyorgarlik darajasi aniqlandi. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yengil atletikachilarda jismoniy sifatlar va muloqotga kirisha olish qobiliyati ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar aniqlandi.
Tadqiqotlarning ikkinchi bosqichida (2017–2018 yillar) shakllantiruvchi tajribalar amalga oshirildi, ya’ni bunda harakatli o‘yinlar orqali 10-12 yoshli yengil atletikachilarning muloqotga kirisha olish qobiliyatiga yo‘naltirib ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha mualliflik metodi ishlab chiqildi va amalyotda sinovdan o‘tkazildi. Bunda tajribalar yili bo‘yicha belgilangan dasturlarni amalga oshirish 9 oyga taqsimlab rejalashtirildi (sentabr– may).
Tadqiqotlarning uchinchi bosqichida (2018-2019 yillar) 10-12 yoshli yengil atletikachilar bilanda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bo‘yicha ishlarning nazariy–uslubiy jihatlariga aniqlik kiritish, tajriba natijalarini matematik statistika metodlari asosida tahliliy umumlashtirish, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish yuzasidan belgilangan ishlar bajarildi. Ushbu bosqichning yakunlovchi qismida dissertatsiyada tajriba natijalari umumlashtirildi va matematik statistik metodlar asosida qiyosiy tahlil qilindi.
Dissertatsiyaning “Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yosh yengil atletikachilarning jismoniy va psixologik tayyorgarligi” deb nomlangan uchinchi bobida yosh yengil atletikachilarning jismoniy tayyorgarligi dinamikasi, 10-12 yoshli yengil atletikachilarning jismoniy va psixologik tayyorgarligi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va yosh yengil atletikachilar jismoniy hamda psixologik tayyorgarligiga harakatli o‘yinlarning yo‘nalti- rilgan ta’siri bo‘yicha tajriba uslublarining tarkibi yuzasidan ma’lumotlar bayon etilgan.
Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi 10-12 yoshli qiz bolalar- ning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan tajriba natijalari 1-jadvalda keltirilgan.
10-12 yoshda tezlik sifatining jadal rivojlanishi bolalar va o‘smirlar sporti nazariyasi va metodikasi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan ta’kidlab o‘tilgan [V.P.Volkov, 2002]. Mazkur yoshdagi boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi sportchilarning tezlik sifati rivojlanishining yoshga xos dinamikasini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan pedagogik testlash natijalari quyidagicha bo‘ldi. Unga ko‘ra 30 mga yugurish) 10 yoshlilarda o‘rtacha ko‘rsatkich mos ravishda 8,9±0,2 sni, 11 yoshlilarda 8,7±0,4 sni, 12 yoshlilarda esa mos ravishda o‘rtacha 8,4±0,6 sni tashkil etdi (r>0,05).
10-12 yoshli yengil atletikachi qizlarning chaqqonlik sifati rivojla- nishining yoshga xos dinamikasini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan pedagogik testlash natijalari quyidagicha bo‘ldi. Unga ko‘ra 10 yoshli yengil atletikachi- larning 3×10 metrga mokisimon yugurish bo‘yicha natijalari o‘rtacha 10,1±0,5 sni, 11 yoshlilarda o‘rtacha 9,8±0,4 sni, 12 yoshlilarda esa o‘rtacha 9,5±0,6 sni
tashkil etdi. Ko‘rsatkichlar orasidagi statistik farqlar ishonchliligi (r>0,05) ga teng.
Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yosh yengil atletikachi qizlar o‘rtasida 1 kgli to‘ldirma to‘pni irg‘itish bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik - testlash natijalari quyidagicha bo‘ldi. Unga ko‘ra 10, 11, 12 yoshlilarda o‘rtacha natija mos ravishda 4,2±0,5 m, 4,9±0,4 m va 5,4±0,7 mni tashkil etdi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin