Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70
KAMILA VA DIMNA

SAYYOH VA ZARGAR BOBI
Roja brahmanga dedi: 
– Shohlarning boshqa xosiyatlariga nisbatan 
beozorligi, donoligining ustunligi va fazilati 
haqidagi hikoyani eshitdim. Endi menga bir qis-
sa aytib bersang, unda sultonlar xizmatchilarni 
qanday tanlashi va qandaylarini ustun qo‘yib, o‘z 
lutf-karami bilan sarafroz qilishi bayon qilinsin...
Brahman dedi: 
– Podshohlar qanday odamni, qay vaqt va 
qanday ishga tayin etishni bilishi kerak. Shoh 
xizmatchilarni tanlashda ularni mahak
1
toshiga 
surtib olishi, turli sinovlardan o‘tkazishi, ularning 
har birisining qo‘lidan nima kelishini, nimaga qo-
bil ekanligini, aql va idrokning darajasini, sadoqati 
va fidokorligini bilib olishi kerak... Chunki shoh 
xizmatida bo‘ladigan odamdan har narsadan oldin 
to‘g‘rilik va sadoqat talab etiladi. Xizmatchilar e’ti-
borli va vafoli bo‘lganlaridagina ularning iste’dodi 
foydali bo‘ladi. Bir odamning to‘g‘riligi va sadoqatli 
ekanligini aniq bilib olish uchun har narsadan 
oldin, uning ajdodi, ota-bobolari kim ekanligini 
bilish kerak. Ular to‘g‘ri, sadoqatli, qattiq kunda 
sabotli, og‘ir vaqtlarda chidamli bo‘lishlari kerak. 
Ota-bobolari mana shunday xislatlarga ega bo‘lib, 
ularning avlodlariga shu yaxshi xususiyatlar 
o‘tgan bo‘lsa, ularni shoh xizmatiga tayyorlash 
lozim. Agar bu masalada ishtiboh bo‘lsa, unday 
odamlarni aslo yaqinlashtirmaslik, shohga sir-
1
Mahak — oltin va kumushga surib, ularning aslligini 
aniqlaydigan tosh.


334
dosh qilmaslik kerak. Ulardan hech qanday xayrli 
ish kutib bo‘lmaydi.
Yaxshi xususiyatli odamlar tanlanib olingan-
dan keyin, ularni to‘g‘ri so‘zlash va sadoqatli 
bo‘lish ruhida tarbiya qilmoq lozim. Yolg‘onchilik 
katta gunohdir, shoh atrofida bo‘lgan odamlar 
o‘zlarini yolg‘on gapirishdan saqlashlari kerak. 
Yolg‘onchi deb nom chiqargan odamga hech 
kim ishonmaydi, uni hech kim hurmatlamaydi. 
Hech bir aqlli shoh odamning qanchalik sado-
qatli ekanligini sinovdan o‘tkazmasdan turib, 
unga muhim ish topshirmaydi. Pastkash va razil 
odamlar yaxshilikning qadrini bilmaydilar. Ular 
shamol qaysi tomonga essa, o‘sha tarafga qarab 
ketaveradilar. Oliyjanob odamlar, ulug‘ san’at-
korlar bunday xosiyatga ega bo‘lishdan o‘limni 
afzal ko‘radilar.
Eng to‘g‘ri yo‘l shuki, shohlar xizmatchi tan-
lashda, uning sha’n-shavkatiga, boyligi va davlati-
ga emas, iste’dod va qobiliyatiga, axloq va tarbi-
yasiga qarashlari kerak. Chunki shoh xizmatida 
bo‘lganlar uchun aql va kamol, sha’n-shavkat, 
ilm va iste’dod buyuk davlatdir... Ilmli va hikmatli 
odamlar nazarida boylikning qimmati bo‘lmaydi. 
Shoh xizmatiga loyiq topilgan odam ilmli, to‘g‘ri, 
nafsini tiya biluvchi bo‘lmog‘i kerak. Shohning 
vazifasi, o‘zi tarbiyat qilgan xizmatchilarga vazifa 
topshirib, o‘lkani idora etish ishida ularga ishonch 
bildirishdan iboratdir. Xizmatchi fidokorlik 
ko‘rsatganda shoh mukofot berib uni rag‘batlan-
tirsin, uning vazifasi qancha kichik bo‘lsa, shoh 
unga shuncha katta marhamat ko‘rsatsin. Ammo 


335
xizmatchining to‘g‘ri, sadoqatli, aqlli va yetuk 
ekanligi aniq ma’lum bo‘lgandan keyin uni mu-
kofotga sazovor etmoq kerak. Xullas, podshohlar 
o‘z xizmatchilarining kim ekanliklarini va nimaga 
yaray olishliklarini bilmoqlari lozim. Aks holda, 
agar ular o‘ylamasdan, tasodifiy odamlarga ish 
topshirib qo‘ysalar, keyin pushaymon bo‘ladilar. 
Bunga misol qilib, zargar haqidagi hikoyani kel-
tirish mumkin.
Roja so‘radi: 
– U qanday hikoya?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin