1.3. Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy uzviy ketma-ketligi
Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi fani umumkasbiy fan hisoblanib, 5 semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtilgan O‘zbekiston tarixi, arxivshunoslik, xronologiya va metrologiya fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
1.4 Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or usullaridan foydalanish, yangi information-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar, jadvallardan foydalaniladi.
1.5. Fanni o‘qitish semestrlari va uslubiy ko‘rsatmalari
Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi fanidan talabalar III semestr mobaynida 76 soatlik auditoriya ta’limini olishadi.
1.6. Umumiy va o‘quv ishlari turlari bo‘yicha hajmi
O‘quv jarayoni ma’ruzalarga, amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil darslar bosqichlariga bo‘lingan. Bularga jami 54 soat ajratilgan bo‘lib, shundan 26 soat ma’ruza, 28 soat seminar ajratilgan. Barcha o‘quv ishlari kafedra metodik komissiyasi tavsiyalari va tasdiqlangan kalendar ish rejalariga asoslangan holatda belgilangan. Semestr davomida talabalar oraliq (ON), joriy (JN) va yakuniy nazorat (YaN) topshiradilar.
Asosiy qism
Kirish.
Xalqaro hamkorlik va diplomatiya tarixi fanining maqsad va vazifalari. Hamkorlik. Diplomatiya.Diplomatiya tarixi. Xalqaro munosabatlar yo’nalishlari. Madaniy aloqalar. Iqtisodiy va savdo-sotiq munosabatlari. Elchilik munosabatlari.
Qadimgi SHarqdagi xalqaro aloqalar va diplomatiya
SHarq diplomatiyasi va xalqaro munosabatlariga oid hujjatlar, yangi podsholik davrida Misr diplomatiyasi, Misr –Xett diplomatiyasiga doir Al- Amarna shartnomasi, Misr- Old Osiyo mamlakatlari bilan olib borgan yozishmalari, Sargon I davri diplomatiyasi, Qadimgi Ossuriya diplomatiyasi, DoroI diplomatiyasi, Qadimgi Hindistondagi xalqaro munosabatlar va diplomatiya, Hindlarning diplomatik xujjatlar to’plami, Aleksandr Makedonskiyning Hindistonga yurishlari,Qadimgi Hind diplomatiyasida Chandraguptaning tutgan o’rni, Ashoka davri diplomatiyasi, Qadimgi Xitoyda xalqaro munosabatlar va diplomatiya, Chjou davri diplomatiyasi, Sin davri diplomatiyasi davri(eramizdan av 256-206 yillar), Xan davri diplomatiyasi.
Dostları ilə paylaş: |