Yangi tahrirdagi O\'z Res Konstitutsiyasi Ishchi o\'quv dastur — копия (1)
2
14
Mahalliy davlat hokimiyati organlari va saylov tizimi Mahalliy davlat organlari tizimi va uning davlat boshqaruvida tutgan o‘rni;Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalari va vakolatlari; Demokratik jamiyatda saylovning ahamiyati; O‘zbekistonda saylov huquqi va saylov tizimi; Saylov huquqining konstitutsiyaviy asoslari; O‘zbekistonda saylov o‘tkazish prinsiplari;
2
15
Prokuratura organlarining konstitutsiyaviy asoslari O‘zbekiston Respublikasida Prokuratura organlarining huquqiy maqomi;Prokuratura organlari tizimi, Prokuratura organlarining vazifa hamda vakolatlari; Prokuratura organlarining faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: nazorat faoliyati;
2
Jami:
24
VII. OʻQUV MASHGʻULOTLARINI OLIB BORISH
Modul mashgʻulotlari ma’ruza va seminar shaklida tashkil etiladi. Ma’ruza va seminar mashgʻulotlarida qoʻllanadigan metodlar modul va darsning maqsadi hamda kutilayotgan natijalaridan kelib chiqadi. Mashgʻulotlarni olib borishda professor-oʻqituvchilar fasilitator rolida boʻlib, o‘quvchilar tomonidan darsga tayyorgarlik koʻrib kelishda orttirgan bilimlarini yanada yuksaltirish va ularning soha bilan bogʻlik yuridik koʻnikmalari va qadryatlarini shakllantirishga koʻmaklashadilar.
Barcha darslar o‘quvchi diqqat markazda boʻlgan ta’lim (student-centred teaching) tamoyili asosida interaktiv metodlarni qoʻllagan holda olib boriladi.
Oʻquvchilar ma’ruza va seminar darslarga tayyorgarlik koʻrib kelishlari kerak.
Ma’ruza mashgʻulotlarini olib borishda professor-oʻqituvchilar tomonidan interaktiv ma’ruza va interaktiv savol-javob − Suqrot metodidan foydalaniladi. Bu o‘quvchilarning tahliliy va tanqidiy fikrlashini rivojlanishiga, qiyosiy tahlil etish orqali muammo va masalalarga yechim topishga undaydi. Bunda muammoli savollarning, keyslarning aniq yechimi boʻlmasligi mumkin.
Professor-oʻqituvchilar ma’ruza mashgʻulotining maqsadi va kutiladigan natijasidan kelib chiqib boshqa turli metodlarni qoʻllagan holda darslarni olib borishlari mumkin.
Seminar mashgʻulotlari asosan oʻquvchilarning ma’ruza mashgʻulotlarida olingan, seminarga tayyorgarlik koʻrish natijasida oʻzlashtirgan bilimlar yuzasidan tanqidiy-tahliliy fikr yuritish hamda sohaga doir amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratiladi. Bular keys-stadi, interkativ taqdimotlar, kichik guruhlardagi muhokama, loyiha ishi, boshqa shu kabi metodlarni qamrab oladi.
Modul mavzularining tarkibiy qismlari va mavzu doirasida tavsiya etiladigan adabiyotlar haqidagi batafsil maʻlumotlar ushbu sillabusning ilovasida keltirilgan. Mavzuning tarkibiy qismlari va tavsiya etilgan adabiyotlar professor-oʻqituvchilarga kafolatlangan akademik erkinlikdan kelib chiqib farqlanishi mumkin.