VIII. MUSTAQIL TA’LIM
Mustaqil ta’lim oʻquvchiga ma’ruza va seminar mashgʻulotiga tayyorgarlik koʻrish, xususan, tavsiya etilgan adabiyotlarni oʻqish, kazuslarning yechimiga tayyorgarlik koʻrish, ma’ruza va seminar mashgʻulotida ulgurilmay qolingan qismni mustaqil oʻzlashtirish va imtihonlarga tayyorgarlik koʻrish doirasida kechadi.
Talabalarga mustaqil ta'limni tayyorlashda maxsus pedagogik fanlaming xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- darslik va o‘quv qo‘llanmalar boyicha mavzularini o‘rganish;
- nazariy material bo‘yicha ta'lim texnologiyalarini tayyorlash;
- tavsiya etilgan qo‘shimcha adabiyotlar asosida dars jarayonini tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish;
- maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
tahlil natijalari asosida xulosa va takliflar berish.
Talabalarga mustaqil ta'limning mavzulari beriladi, bu mavzular bo‘yicha egallanishi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko‘rsatilgan muddatda nazariy material konspekti, test yoki savol-javob o‘tkaziladi. Amaliy xarakterdagi topshiriqlar yechimi ko‘rsatiladi.
Mustaqil ishni tashkil etishda unga mo‘ljallangan har bir bo‘lim bo‘yicha adabiyotlar talaba tomonidan o‘rganilishi, mustaqil ish uchun mo‘jallangan nazariy va amaliy bilim mavzularini o‘zlashtirish, har bir mavzu bo‘yicha berilgan topshiriqlarning mos varianti talaba tomonidan bajarilishi, Powerpoint, Maple dasturlaridan foydalanib, ularni prezentatsiya ko‘rinishida tayyorlab topshirishi talab qilinadi. Jarayon o‘qituvchi tomonidan uzluksiz nazorat qilinadi.
Professor-oʻqituvchilar har bir guruhning umumiy oʻzlashtirish darajasi, guruhning umumiy yoki oʻquvchilarning modulni oʻzlashtirish bilan bogʻliq ehtiyoji va talabidan kelib chiqib mustaqil ta’lim uchun individual va alohida topshiriq berishi mumkin.
VIII. Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari
Dostları ilə paylaş: |