Savol va topshiriqlar? 1.Maktabgacha ta’limda innovatsion jarayonlar necha bosqichdan iborat?
2.Maktabgacha ta’limda innovatsion jarayonlar bosqichlari uzviyligini ta’minlash uchun tarbiyachi tomonidan qilinishi kerak bo`lgan ishlar nimalardan iborat?
2.O`zbekistonda ta’lim tizimiga kirib kelgan innovatsiyalarning ahamiyatini qanday izohlaysiz?
3. Maktabgacha ta’lim muassasalarida innovatsion jarayonlarning mazmuni qanday izohlaysiz?
7. Maktabgacha ta’lim muassasalarida innovatsion jarayonlarning qonuniyatlarining o‘ziga xos jihatlari nimadan iborat deb o`ylaysiz?
Adabiyotlar: 1. Belyaev, V. I. Sevimlilar. Shanba ilmiy ish [matn] / B. I. Belyaev. - M.: Sizning bosmaxonangiz, 2010. - 430 b.
2. Karascelova, T. M. Biz qarsak chayqalayapmiz / T. M. Karascelova // Praleska. - 1991. - № 5. - S. 3.
3. Hamyon, N. N. Ta'limdagi innovatsiyalardan barqaror rivojlanish manfaati uchun ta'limgacha. - 2009. №1. - S. 10-16.
4. Kudryavtsev, V. T. Innovatsion maktabgacha ta'lim: tajriba, muammolar va rivojlanish strategiyalari / V. T. Kudryavtsev // Maktabgacha ta'lim. - 1997. - № 7,10,12; 1998. - № 5,10, 11,12.
5. Mixayenko, N. Maktabgacha ta'lim: mazmunini yangilash bo'yicha ko'rsatmalar va talablar / N. Mixayenko, N. Korotkova // Maktabgacha ta'lim. - 1992.-№ 5-6. - S. 17-27.
4-mavzu.Ilg‘or pedogogik tajribani shakllantirish, o‘rganish, umumlashtirish bosqichlari va ulardan foydalanish. Reja: Ilg‘or tajribani umumlashtish bosqichlari
Ilg’or pedagogik tajribani o’rganishda materiallar to’plash
Ilg’or pedagogik texnalogiyalar
Tayanch so‘z va iboralar:Pedagogik tajriba,ijodiy yondashuv,pedagogik hodisa, o‘qitish shakllari, kreativlik, innovatsion loyihalar, axborot kommunikatsiya texnologiyalar
Pedagogik faoliyat o’z mehnatiga ko’ra ijodiy tavsifga ega. Pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati pedagogik faoliyatning maqsadi va xarakteri bilan aniqlanadi. Pedagogik ijodkorlik majmui – pedagogik tajribadir.
Ilg’or pedagogik tajriba deganda o’qituvchining o’z pedagogic vazifasiga ijodiy yondashishi, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning yangi shakl, metod va vositalarini izlab topishdir.
Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish, unga asoslanib yangi pedagogic hodisa va qonuniyatlarni ochish o’quv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli o’zgarishlar kiritadi, o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish, yangi turdagi o’quv jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab bo’ladi.
Pedagogik tajriba o’qituvchining o’quv ishlari jarayonida egallaydigan bilim, ko’nikma va malakalari yig’indisidir. Pedagogik tajribani to’plash pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, u pedagogic faoliyatni samarali tashkil etish omili hisoblanadi.
Pedagogik tajribani to’plash tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi:
Maqsadni belgilash.
Ma’lumotlarni to’plash.
Ma’lumotlarni tahlil etish, umumlashtirish, xulosa qilish.
Yutuqlarni aniqlash va amaliy faoliyatga tatbiq etish.