Ushbu mavzuda karst hodisasining hosil bo‘lishidagi geologik va geografik omillar ta’siri, karstningochiq va yopiq tiplari, ularning morfologiyasi, yer yuzida tarqalishi, karst jarayonlarini o‘rganishning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritilgan


-REJA: Karst jarayonlari va ularni o‘rganishning ilmiy-amaliy ahamiyati



Yüklə 33,06 Kb.
səhifə3/3
tarix28.12.2022
ölçüsü33,06 Kb.
#121863
1   2   3
10-ma`ruza. Karst jarayonlari va relyef shakllari

3-REJA: Karst jarayonlari va ularni o‘rganishning ilmiy-amaliy ahamiyati
Karst jarayonini tekshirish xalq xo’jaligida juda katta ahamiyatga ega. Chunki ular yordamida Yer qatlamlari orasidagi suvlarning tarkibi, holati, chuqurligi, miqdori, eruvchanligi va boshqalar haqida kerakli ma’lumotlar olish mumkin. Bu esa o’z navbatida gidrotexnika qo’rilishlarida – to’g`on, suv omborlari va kanallar qazishda hamda ularni loyihalashda katta rol o’ynaydi. Karstlar bor rayonlarda oqar suvlar yerga shimilib yo’qoladi va yer ostida bir qancha kilometr yo’l bosib yana yer betiga chiqadi. Karst hodisasi taraqqiy etgan hududlarda yer osti suvini hosil qiladi, bu suv qatlamlar orasidagi bo’shliqlardan o’tib, yer yuziga chiqib, yana daryoni hosil qiladi. Masalan, Qrim daryolarining shunday xususiyatga ega ekanligini A.A.Kruber yaxshi tekshirgan. Dunyo daryosining yuqori oqimida va Sankt-Peterburg, Sverdovsk rayonidagi daryo va ko’llarda bunday hodisalar ko’plab uchraydi. Bunday hodisani O’rta Osiyo tog`larida ham ko’rish mumkin. Masalan, Piskom va Chotqol daryolari va ularning irmoqlari (Mozorsoy) ba’zan 4-5km masofada yer tagiga kirib ketibyana yer yuziga chiqadi.
Karst landshaftining paydo bo`lishi sharoitiga qarab ularni quyidagi shakllarga ajratish mumkin:
1. Tog` jinslarini yuvilish jarayonidagi shakllar.
2. Yer yuzasi jinslarining o`pirilishi va cho`kishi natijasida yuzaga keladigan shakllar.
3. Eroziya jarayonidan yuzaga keladigan qiyofalar.
Karst yer yuzasiga yaqin bo`lsa asta - sekinlik bilan o`z taraqqiyoti natijasida biror joyidan chiqib qoladi. Yer osti bo`shliqlari gidrotexnik qurilishlarda katta qiyinchilik tug`diradi. Karstlarni tadqiq qilish yo`llarining barcha xil qurilishlar uchun shu jumladan binolar qurishda katta ahamiyati bor. O`zbekiston hududini tekislik qismi cho`l zonasiga kiradi, bu yerda yog`in miqdori kamligi sababli karst hodisasi sust boradi.
Karst tarqalgan joylarda gidrotexnik inshoot, ko’p qavatli imorat, temiryo’l qurish noqulay. Gidrotexnik inshoot (Norak, Chorvoq va b. GES)
lar, binolar, yo’llar qurishdan oldin karst hodisasi sinchiklab o’rganiladi. Karst turli qazilma boyliklarni qazib olishda ham ancha qiyinchiliklar (shaxtalar qazishda tog` jinslari mustahkamligini bo’shashtiradi, shaxtalarni suv bosib ketadi) tug`diradi.


3-TEST: Qrim daryolarining yer tagiga tushib oqishi va yana yer yuziga chiqishi hodisasini kim tekshirgan?
A.A.Kruber
G.A.Maksimovich
O.Yu.Poslavskaya
M.M.Mamatqulov
Yüklə 33,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin