Ushbu mavzuda karst hodisasining hosil bo‘lishidagi geologik va geografik omillar ta’siri, karstningochiq va yopiq tiplari, ularning morfologiyasi, yer yuzida tarqalishi, karst jarayonlarini o‘rganishning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritilgan
Ushbu mavzuda karst hodisasining hosil bo‘lishidagi geologik va geografik omillar ta’siri, karstningochiq va yopiq tiplari, ularning morfologiyasi, yer yuzida tarqalishi, karst jarayonlarini o‘rganishning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritilgan.
MA’RUZA №10 KARST JARAYONLARI VA RELYEF SHAKLLARI Reja: 1. Karst hodisasining hosil bo‘lishidagi geologik va geografik omillar
2. Karst tiplari: ochiq va yopiq karstlar, ularning morfologiyasi, geografiyasi
3. Karst jarayonlari va ularni o‘rganishning ilmiy-amaliy ahamiyati
1-REJA: Karst hodisasining hosil bo‘lishidagi geologik va geografik omillar Ohaktosh, dolomit, gips, angidrid, osh tuzi va shu kabi kimyoviy cho`kindilar suvda eruvchanligi jihatidan boshqa tog` jinslaridan farq qiladi. Erigan jinslarning olib ketilishi natijasida relyefda bo’shliqlar paydo bo`ladi. Relyef bilan birga gidrografik tarmoqlar ham o`zgaradi: daryolar ko`pincha yer ostiga tushib ketadi, bir qancha vaqt yer ostida oqgach yana yer betiga chiqadi. Kimyoviy cho`kindilarning bu xossalari karst hosil bo`lishiga olib keladi. Karst deganda yer yuzasining turli joylaridagi yer usti va yer osti suvlarining faoliyati natijasida yemirilgan va eritib olib ketilgan tog` jinslari tushuniladi. Karst so`zi Shimoli-g`arbiy Yugoslaviyadagi karst platosi nomidan olingan, chunki u yerda o`pirilish hodisalari ko`p uchraydi. Bu plato Yuliy Alpining janubida joylashgan. O`pirilishlar natijasida hosil bo`lgan chuqurliklar karst deb yuritiladi. XIX asrning o`rtalarida xorvat geograflari karst atamasini fanga kiritganlar. Karst so`zi janubiy slavyancha “karst”-“qoyatosh” degan ma’noni anglatadi. Rus olimi G.A.Maksimovichning hisoblashicha karbonatli va sulfatli karst relyefini hosil qiluvchi jinslar butun quruqlik maydonining 50 mln km2 yoki 34%ini egallagan. M.Abdujabborov, O.Yu.Poslavskaya, M.M.Mamatqulov va A.Mamatov kabi olimlar O`zbekistondagi karst relyef shakllarini paydo bo`lishi va geografik tarqalishini o`rganganlar. Karst hodisasini spelologiya fani, tadqiq etuvchi mutaxassislarni spelologlar deydilar.
N.V.Rodionov karstlarni hosil bo`lish sharoiti va joylarining tuzilishiga qarab quyidagi turlarga bo`lgan: