Устройства автоматики и телемеханики на вновь вводимых в эксплуатацию железнодорожных линиях


LOKAL TARMOQLAR (2-QISM). MBT ISHONCHLILIGI



Yüklə 168,34 Kb.
səhifə5/5
tarix22.04.2022
ölçüsü168,34 Kb.
#115450
1   2   3   4   5
3-MA’RUZA

 

LOKAL TARMOQLAR (2-QISM). MBT ISHONCHLILIGI.

 

LHT dasturiy ta'minoti.

LHT dasturiy ta'minoti 7 ta mustaqil darajadan iborat bo’lgan murakkab tuzilmaga ega. Bir abonentdan boshqasiga ma'lumot uzatish zarurati paydo bo’lganda, ma'lumotning axborot blokini yaratish jarayoni tashkil etiladi (3.1-jadval, 3.1 – rasm).



LHT dasturiy ta'minoti darajalari jadvali.

3.1 – jadval



№ п./п

Dastur nomi

Daraja

1.

Fizik kanalni boshqarish

1

2.

Axborot kanalini boshqarish

2

3.

Tarmoqni boshqarish

3

4.

Uzatishlarni boshqarish

4

5.

Seansni boshqarish

5

6.

Taqdimotni boshqarish

6

7.

Foydalanuvchi dasturi

7

Chiquvchi abonent dasturiy ta'minotining yettinchi darajasi kanaldan uzatish kerak bo’lgan ma'lumotni beradi. Berilgan ma'lumotni qabul qilayotgan abonent bu ma'lumotlar qayerda ekanligini farqlashi uchun ularni adres bilan ta'minlashi kerak. Bu adres ma'lumot kodini sarlavxasini ko’rsatiladi va dasturiy ta'minotning oltinchi darajasi yordamida tiklanadi. Berilganlarda xatolarni topish uchun ularni uzatgandan keyin ma'lumot paketlarining oxiriga qo’shiladigan maxsus simvollar ketma ketligidan foydalaniladi. Oxirgi dasturiy ta'minot (DT) beshinchi darajasi yordamida shakllanadi. LHT da bir abonentdan ikkinchisiga turli apparatli tashkil etilgan va biri biri bilan quyidagi zanjir bularga o’zaro ta'sirlashadigan ma'lumot uzatiladi:

Abonent1 → adapter1 → umumiy kanal → adapter2 → abonent 2

Shuning uchun axborotlar paketiga ma'lumotlar turi, portlar adresi xaqidagi axborotdan tashkil topgan jarayon sarlavhasi qo’shimcha qilinadi. Sarlavha DT ning 4 chi darajasi yordamida shakllanadi. Ushbu kanal ishini 2 daraja boshqaradi.

LHT DT ning 1- darajasi fizik kanal ishini boshqaradi.

3.1- rasm. Ma'lumotlar paketi tuzilmasi.

UMUMIY KANAL ABONENTLARINING FOYDALANISHIDAGI MUAMMOLARI.

LHT ning xususiyati umumiy aloqa kanalining mavjudligi xisoblanadi, binobarin, axborotni faqat abonentlar miqdoridan biri uzatishi mumkin. Shuning uchun abonentlar orasida kanal resurslarini taqsimlash muammosi paydo bo’ldi. Nazariyada muammo yechishning 2 ta sinxron va asinxron usuli mavjud. Axborot sinxron usulda uzatilganda LHT ning ish sikli N alohida bosqichlarga bo'linadi. Bu yerda N – ob’yektlar soni bo'lib, har bir abonent uchun alohida vaqt oralig'i ajratiladi. Bu usulning kamchiliklari quyidagilar:

1. N juda katta bo'lganda sikllar soni ham oshadi, demak aloqani bunday tashkil etish usuli samarasiz bo'ladi;

2. Abonent yangi axborot bo'lmaganda kanalni band qilishga majbur.

Axborotni asinxron uzatishda abonent kanalni tasodifiy tanlash usulidan foydalanadi.

Bu usulning kamchiliklari quyidagilar:

1. Arbitr bo'lishi zarurligi;

2. Prioritet o'rnatilishi.



TARMOQLARDA MA’LUMOTLARNI UZATISHNING ISHONCHLILIGINI (XATOSIZLIGI) BAHOLOVCHI KO’RSATKICHLAR 

Tarmoqning ishonchligi foydalanuvchilar orasida ma'lumotlarni aniq (xatosiz) uzatishga bog'liq. Ishonchlilik o'z ichiga xatolikdan so'ng tiklanish yoki tarmoqda ma'lumotlar yo'qotilishi, hamda kanallarning buzilishlarni oladi. Ishonchlilik tizimiga texnik xizmat ko'rsatishda, ya'ni kundalikda testdan o'tkazish, profilaktik xizmat ko'rsatish, masalan, buzilgan yoki xato qilgan komponentni almashtirish hamda ularni tashxis qilish kabilarga bog'liq. Qandaydir komponentdan nosozliklar vujudga kelganda tarmoqning tashxislovchi tizimi xato berayotgan komponentni tez va yengillik bilan aniqlaydi va uni bartaraf etadi, hamda talab etilsa, uni tarmoqdan uzib qo'yadi. Uzatilgan ma'lumotlarni ishonchliligi qabul qilingan ma'lumotga moslik darajasini aks ettiradi. MKKT tavsiyasiga ko’ra 100000 ta uzatilgan simvolga 3 ta xatolik ruxsat etiladi.



Axborotni uzatishda xatoliklarning vujudga kelishi kanallarda doimo mavjud begona signallar bo’lishi yoki tashqi manba vujudga keltirgan halaqitlar va atmosferaviy xodisalar yoki boshqa sabablar bilan tushuntiriladi. Telefon aloqasida - xatolik, qabul qiluvchi apparatda tokning shakli o’zgarishi xisoblanadi; telegraf aloqada esa, uzatilgan tokning qabul qilishdagi davriyligi bilan taqqoslanadi. Agar uzatilgan kodli kombinatsiyasining bir yoki bir necha elementi, uning nominal uzunligiga nisbatan qisqa yoki uzunroq bo’lib qolsa, telegraf aloqada vujudga keladigan xatoliklar chetki deb ataladi. Bundan tashqari, xatolikning maydalanish (bo’linish) turi bo’lib, bu usulda ma'noga ega elementdagi ichki o’zgarishlar vujudga keladi. Agar chetki va bo’linish xatoliklar katta qiymatga ega bo’lsa, telegraf apparatining qabul qiluvchi uzatilgan element to’g’ri aniqlay olmaydi, bu esa xatolik borligiga ishora beradi. Halaqitlar – bu elektr to’lqinlanish bo’lib, apparatning o’zida yoki tashqaridan uzatiladi. Keng tarqalgan halaqitlardan biri fluktuatsion, ya'ni tasodifiy xatoliklar (masalan, qurilmada vujudga keluvchi issiqlik shovqinlari) xisoblanadi. Ular o’zida tasodifiy amplitudaga ega signallar ketma-ketligini aks etadi.

E’tiboringiz uchun raxmat!
Yüklə 168,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin