Fanning predmeti va uning vazifalari.
|
2
|
2.
|
Bojxona munosabatlarining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi
|
2
|
3.
|
O’zbekiston respublikasida bojxona ishini tashkil etish.
|
4
|
4.
|
O’zbekiston respublikasida bojxona siyosati va uni belgilovchi asosiy omillar.
|
4
|
5.
|
Bojxona nazoratini tashkil etish
|
2
|
6.
|
Tovarlar va transport vositalarini bojxona nazoratidan o’tkazish
|
4
|
7.
|
Bojxona rejimlari
|
4
|
8.
|
Tovarlar va transport vositalarning ayrim turlarini bojxona chegarasidan olib o’tish rejimlari
|
4
|
9.
|
Bojxona tulovlari ularning moxiyati va xuquqiy asoslari
|
4
|
10.
|
Tashqi iqtisodiy faoliyat. tovar nomenklaturasi va uning qoidalari
|
4
|
11.
|
Bojxona xaqidagi qonun xujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
|
2
|
J A M I:
|
36
|
Kirish
O’zbekiston mustaqillikni qulga kiritib, siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar islox qilina boshlashi, bozor iqtisodiyotiga o’tish davomida respublikaning milliy manfaatlarini ximoya qilishga da‘vat etilgan mustaqil davlat bojxona siyosati ishlab chiqila boshlandi va uni amalga oshirishga kirishildi. Ushbu siyosat xalqaro amaliyotda tuplangan bojxona ishi tajribasiga tayanadi va iqtisodiyot va jamiyatning o’tish davridagi uziga xos vazifalarini xal etishi kerak.
Bojxona ishi O’zbekistonning tashqi va ichki siyosati tizimida ustuvor urinlardan birida turadi. Bir tomondan, tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi tashqi bozorga mustaqil chiqish xuquqiga ega bulgan korxonalar, tashkilotlar va tadbirkorlar doirasini jiddiy ravishda kengaytirdi. Davlat bojxona siyosati vositalari - tarifli va notarif boshqarish vositalari orqali ularning tovarlar, ishlar va xizmatlar eksporti va importi buyicha faoliyatiga ta‘sir kursatadi.
Ikkinchi tomondan, ichki iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish, milliy bozorni shakllantirish, Respublikabyudjetining daromad qismini tuldirish vositasi sifatida bojxona ishining axamiyati ortdi. Bu, uz navbatida, bojxona ishining xuquqiy asosini yaratuvchi qonun xujjatlari va normativ xujjatlar tizimini ishlab chiqishni takozo etdi. O’zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, «Davlat bojxona xizmati tugrisida» va «Boj tarifi tugrisida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari bojxona xaqidagi qonun xujjatlari tizimi asosini tashkil etadi. Aytib utilgan qonun xujjatlari va ularni rivojlantirish uchun chiqarilgan normativ xujjatlar O’zbekiston Respublikasining milliy manfaatlari ximoya qilinishining ishonchli mexanizmini yaratadi, iqtisodiy va siyosiy ustuvorliklarni xisobga olgan xolda yagona bojxona siyosati utkazilishini ta‘minlaydi.
Bojxona siyosatini amalga oshirishning ma‘muriy, iqtisodiy va xuquqiy vositalari jami sifatida bojxona ishi yangiligi va murakkabligi bilan ajralib turadi. U nafakat bojxona organlari xizmatlarini, balki maxsus bilimlarga extiyoj sezuvchi bojxona vositachilarini, tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarini xam kasbiy jixatdan kiziktiradi.
Ushbu ma‘ruza matnida bojxona ishi asoslarini - uning paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixidan boshlab bojxona siyosatini amalga oshirishning iqtisodiy, ma‘muriy va xuquqiy mexanizmlarigacha qarab chiqishga xarakat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |