V bob. Xalq hokimiyatchiligining konstitutsiyaviy asoslari
l-§. Hokimiyat tizim id a d a v la t h okim iyati
H okimiyat ijtimoiy kategoriya (hodisa) bo‘lib, kishilik jamiya-
tin in g barcha davrida (hatto davlat bo 'lm ag an davrda ham ) mav
jud bo'lgan. Hokimiyat doimiy ravishda ijtimoiy m unosab atlarg a,
shaxsiy m unosabatlarga t a ’sir qilib kelgan.
Hokimiyat boshqalarga nisbatan u stu n tu rish , b u n in g uchun
kuchga ega bo'lish va boshqalarga nisbatan ta ’sir qila o lish d ir1.
Agar hokimiyatga tushunish oson bo'lgan e n g oddiy ta ’rif be-
radigan bo'lsak, u ijtimoiy hodisa; kishilik jam iyatining barcha bos-
qichlarida mavjud bo'lgan va jamiyat rivojlanishi bilan rivojlanib
borgan; hokimiyatning rivojlanishi
jamiyat rivojiga yoki aksincha,
jamiyat rivoji hokimiyatga ta ’sir etgan; hokimiyat munosabatida ikki
tomon: birinchisi - hokimiyat subyekti yoki hokimiyat egasi, ik-
kinchi tomon - shu subyektga bo'ysunuvchi tomon bo'ladi; hokimi
yat, albatta, kuchga ega bo'ladi. Umumlashtirib aytadigan bo'lsak,
hokimiyat boshqalarga nisbatan huquqqa ega bo'lish, kuchga ega
bo'lish va boshqalarga ta’sir qilishdir. Boshqalar deganda alohida
shaxs yoki shaxslar, jamoa, oila, jamiyatni tushunish mumkin.
S huning uchun hokimiyatning turlari, ko'rinishi turli-tuman.
Insonlar o'rtasidagi munosabatlarda hokimiyat ongga asosla-
nadi va u ongli hokimiyatdir. O ngga asoslanm agan,
instinktga asos-
langan hokimiyat ham bo'lishi mumkin: hayvonlar to'dasida kuchli
hayvon o'z ta’sirini boshqalarga o'tkazishi ham hokimiyatdir.
Hozirgi kunda davlat mavjud bo'lgan davrda ham davlat
hokimiyati bilan birga boshqa hokim iyatlar ham mavjud. Oilada
oila boshlig'i hokimiyati, jam o at birlashm alaridagi hokimiyat,
diniy tashkilotlaridagi hokimiyat va hokazolar.
Ta’sir doirasiga qarab siyosiy, iqtisodiy, m a ’naviy
hokimiyat
bo'lishi mum kin.
Bu yerda asosiy e’tiborni siyosiy hokim iyatga qaratamiz,
chunki siyosiy hokimiyat davlat tomonidan am alg a oshiriladi.
1 H okim iyat masalasi "Davlat va huquq nazariyasi” da kengroq o'rganiladi.
9 0
www.ziyouz.com kutubxonasi
Davlat h ok im iy atinin g ta sir doirasi eng keng va kuchli hokimiyat-
dir. U ning asosiy belgilaridan biri hokimiyatni am alga oshirishda
oshkora kuch ish latish n in g mavjudligi, majburlov uchun m axsus
organlardan foydalanish (militsiya, armiya, m axsus xizmatlar),
hokimiyat t a ’siri, m a m lak a tn in g barcha hududida o'z kuchiga
ega bo'lishi, u n in g ko'rsatmasini bajarish barcha uchun majburiy
ekanligi (davlat
organlari, jamoat birlashmalari, fuqarolar) hisob-
lanishidir. Davlat hokimiyati o'z ifodasini, erkini majburiy ravishda
qonun, farmon, qaror asosida hayotga tatbiq qiladi. Turli majburlov
vositalaridan foydalanadi. Davlat hokimiyati faqat qonun asosida
tashkil etilgan o rg an la r tomonidan, qonunga
asosan am alga oshi-
riladi. Davlat hokimiyati qonunchilik hokimiyati, ijro hokimiya
ti, sud hokimiyati orqali ijtimoiy hayotga tatbiq qilinadi. Davlat
hokimiyati yak k a boshchilik: monarxiya, diktatura shaklida yoki
kollegial (jamoa) asosda, yakka boshchilik asosda ish olib boru-
vchi, xalq tom onidan saylab qo'yilgan organlar tomonidan am alga
oshiriladi.
Davlat hokimiyati qo'llanish metodiga qarab hukmronlik,
zo'ravonlik yoki dem okratik ko'rinishga bo'linishi mumkin.
0
‘zbekiston demokratik davlat bo'lganligi uchun davlat hokimi
yati qonuniy asosda saylab qo'yilgan organlar:
prezident, parlament,
hukumat, sudlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa
maxsus m u a ssasala r (prokuratura) tomonidan amalga oshiriladi.
Ular tom onidan am alga oshiriladigan barcha faoliyat xalq
manfaatiga mos tushishi zarur. Amalga oshiriladigan kuch ish-
latish va boshqa tazyiqlar ham xalq manfaati yo'lida bo'lishiga
harakat qilinadi.
O'zbekistonda davlat hokimiyati davlat mustaqilligini saqlash,
inson huquqlarini himoya qilish, fuqarolar osoyishtaligini taminlash,
xalqning farovon turm ush tarzini yuksaltirish
vazifasidan kelib chi-
41
b, o'z faoliyati yo'nalishlarini belgilaydi va ishni tashkil etadi.
Yuqoridagilarni umumlashtirib, davlat hokimiyati uchun xos
quyidagi belgilarni ko'rsatish mumkin:
1.
Davlat hokimiyati boshqa hokimiyatlardan t a s i r doirasining
kengligi bilan farq qiladi. Ya’ni, faqat davlat hokim iyatigina m a m
lakatning barcha hududida, barcha aholiga t a s i r qiladi. Davlat
91
www.ziyouz.com kutubxonasi
hokim iyati m a m la k a t hududida y a s h a y o tg a n ch et el tuqarolari
h am d a fuqaroligi b o 'lm ag an s h a x s la r g a h am t a ’sir qiladi.
2. Davlat hokimiyati m a x su s subyektlar,
professionallar, davlat
xizmatchilari tom onidan am alga oshiriladi.
3. Davlat hokimiyati h am m a uch u n u m u m m a jb u r iy qoidalar
yaratadi, ularni qo'llaydi va o‘zi ham o'rn atilg an qoidalarga amal
qiladi.
4. Davlat hokimiyati majburlovda real k u ch g a tayanadi, jazo
choralarini qo'llaydi.
5. Davlat hokimiyati doimiy, uzluksiz am al qiladi.
6
. Davlat hokimiyati xalq irodasiga tayanadi.