V bob. Xalq hokimiyatchiligining konstitutsiyaviy asoslari l-§. Hokimiyat tizim id a d a V la t h okim iyati


-§. O 'zbekiston da dem okratiya prinsiplari va shakllari



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix13.12.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#139799
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Arq3oA7ngxHXwb0qW83AknBHyzD1DFCIp47ej9BA

6-§. O 'zbekiston da dem okratiya prinsiplari va shakllari
Ijtimoiy hayotda e n g ko'p ishlatiladigan so'z dem okratiya bo'lib, 
u n in g lug'aviy m a ’nosi y u noncha “dem ocratia” - xalq hokimiyati, 
“d em o s” — xalq, “ k rato s” — hokim iyat so'zidan kelib chiqadi.
H ozirgi davrda m a z k u r a ta m a asl m a ’nosiga t a ’sir qilmay- 
d igan ta rz d a, turli tushunchalarga tatbiq qilinadi. Ba’zi manbalar- 
da demokratiyaga xalq hokimiyati siyosiy liberalizmga, fuqarolar 
tinchligi va erkinligiga a s o s la n g a n inson huquqlaridan mahrum
qilm aydigan davlat tuzilm asining shakli sifatida q aralsa1, ba’zi man- 
balarda demokratiyaga xalqni hokim iyat manbasi sifatida e ’tirof et- 
gan siyosiy t u z u m 2, deb qaraladi.
H a r ikki tu s h u n c h a h am d e m o k ra tiy a n in g m a z m u n in i ochib 
beradi.
O 'z bekiston Respublikasi Prezidenti d em o k ratiy aga hozirgi 
zam on talablaridan, milliy x u su siy atlard an kelib chiqib quyidagi 
t a ’rifni beradi: “H aqiqatan ham , dem okratiya faqat nazariya yoki 
siyosiy jarayongina bo'lib qolmay, shu bilan birga, xalqning tur- 
m u sh tarzi va u n in g bu tun ruhiyati, a n ’analari, madaniyati, psixo- 
lo g iy asin in g xususiyatlari h a m d ir”3.
1 Qarang: Энциклопедический юридический словарь - М.: И Н Ф Р А-М , 1997. _ Т. 72.
2 Qarang: Юридический словарь. - М .: Olma Press, 2005. - С. 14.
3 Karim ov 
I.
A. 0 ‘zbekiston X X I asr bo*sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - Т.: 0 ‘zbekiston, 1997. - 185-bet.
104
www.ziyouz.com kutubxonasi


K onstitutsiyam izning 13-moddasida: “0 ‘zbekiston Respublika- 
sida demokratiya u m u m in so n iy prinsiplarga asoslanadi, ularga 
ko‘ra inson, u n in g hayoti, erkinligi, sh a’ni, qadr-qimmati va boshqa 
daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar 
bilan himoya qilinadi”, - deb belgilangan.
Demokratiya to‘g ‘risida turli fikrlar bo‘lgani singari, uning bel- 
gilari, prinsiplari to ‘g ‘risida ham shuncha fikrlar mavjud. Ayrim 
manbalarda d em ok ra tiy a n in g belgisi, prinsiplari qatoriga ko'pchilik 
hokimiyati va unda ozchilikning huquqini hurmatlash; asosiy 
davlat o rg an la rin in g saylab qo'yilishi; fuqarolarning erkinligi va 
siyosiy huquqlarining mavjudligi; qonun ustuvorligi; hokimiyat 
boMinishi prinsipining mavjudligi ko'rsatilsa, boshqa manbalarda 
bularga qo'shim cha qilib, h u k u m a tn in g xalq irodasi bilan tuzilishi; 
fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlari mavjudligi; erkin va 
halol saylovlarning mavjudligi; odil sudlovning mavjudligi; huku- 
matni konstitutsiyaviy cheklashning mavjudligi; ijtimoiy, siyosiy, 
iqtisodiy liberalizm mavjudligi ko'rsatiladi. Bular dem okratiyaning 
qay darajada ekanini belgilovchi belgilar hisoblanadi.
Prezidentimiz demokratiyani u yoki bu mamlakatda qay dara­
jada ekanligini belgilovchi belgilarni umumlashtirib shunday xu- 
losaga keladi: “Jam iy atda demokratiya qay darajada ekanli-gini 
belgilovchi kam ida uchta mezon bor. Bular — xalqning qarorlar 
qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. H uk u m at 
qarorlarining xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy 
fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir '. Bu 
mezonlarda xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishni taminlovchi 
asosiy holatlar ko'rsatilgan.
D em okratiyaning prinsiplari to‘g ‘risidagi tushunchaga qayt- 
sak, 
0
‘zbekistonda demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asos- 
lanishi K onstitutsiyamizda aniq ko'rsatib qo yilgan. Bular. inson, 
uning hayoti, erkinligi, sh a’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz 
huquqlarning oliy qadriyat hisoblanishidir. Shu prinsiplar asosida 
mamlakatimizda demokratiyaga amal qiladi.
1 Karim ov I.A . O 'zb ekiston X X I asr bo'sag'asida: xavfsizlikka 
tahdid, barqarorlik 
shartlari 
va 
taraqqiyot kafolatlari. — 
Т.: 
O'zbekiston, 1997. 
181 bet.
105
www.ziyouz.com kutubxonasi


D em ak, dem okratiyaning ham m a joyda e’tirof etilgan prinsiplari 
bo'lib, bu - inson, uning hayoti, erkinligi, sh a’ni, qadr-qimmati va 
boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishidir. Boshqa barcha 
hodisa, voqealar shularga bo'ysundiriladi. Eng oliy qadriyat sifatida in­
son va u n in g huquqlari deb e’tirof etilishi, dem okratiyaning umumin- 
soniy prinsipi bo‘lib, shu narsa Konstitutsiyamizning inson huquqlari- 
ga taalluqli boshqa barcha normalariga o'z ta’sirini ko'rsatadi.
D em o k ratiy a haqida to'laroq tu s h u n c h a g a ega bo'lish uchun 
u n in g shakllari haqida ta s a v v u r g a ega bo'lish lozim.
D e m o k r a tiy a n in g u m u m e ’tirof etilgan ikki shakli mavjud, 
birinchisi, bevosita dem okratiya, ikkinchisi, vakillik demokratiyasi. 
B ular x alq n in g irodasini bildirishi, davlat ishlarida ishtirokining 
koYinishi, usullaridir.
Bevosita d em okratiya bir necha ko'rinishlarda a m alg a oshi- 
riladi. Bular: saylovda ovoz berish, saylanish, saylov kampaniya- 
sida turli tadbirlarda ishtirok etish; u m u m x alq m uhokam asida, 
referendum da ishtirok etish; turli organlar, m a n sab d o r shaxslar- 
n in g faoliyatini n azo rat etish; davlat o rg an larig a m urojaat qilish va 
boshqalar. Bevosita dem okratiyada har bir fuqaro davlat ishlarida 
bevosita, to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri ishtirok etadi.
Vakillik dem okratiyasi — saylov orqali prezidentni, deputat- 
larni saylash va ularga o‘z nom idan ish ko'rish vakolatini berishda 
nam oyon bo'ladi.
S h u n g a e’tibor berish kerakki, saylovda d em o k ratiyan in g har 
ikki shakli nam oyon bo'ladi. Bevosita dem okratiyada saylovda ovoz 
berishda, saylov tadbirlarida ishtirok etilsa, vakillik demokratiyasi- 
da saylov natijasida fuqarolar nomidan ish ko'ruvchi vakillar vu­
ju d g a keladi.
Vakillik d em o k ratiy asin in g rivojlanishida, siyosiy partiyalar 
nodavlat tash k ilo tlar m uhim rol o'ynaydi. “Zero, siyosiy partiyalar- 
siz va jam oatchilik h arakatlarisiz respublikada vakillik demokrati- 
yasini ta s a v v u r qilib bo'lm aydi” 1.
D em o k ratiy a ijtimoiy hayotda o'z o'rnini to'la topishi, undan 
barch a b a h ra m a n d bo'lishi uchun u n in g har ikki shaklidan to'g'ri 
foydalanish, u la r o'rtasida barqaror mutanosiblikka erishish zarur.
1 Karim ov I.A. O'zbekiston X X I asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka talidid, 
barqarorlik 
shartlari va 
ta ra q q iyo t 
kafolatlari. - Т.: O'zbekiston, 1997. - 174-bet.
106
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin