96
Shu holatda aytilgan «a» yoki «o‘» tovushi «e» tovushiga
o‘xshab ketadi. Lekin logoped
buni bolaga aytishi kerak emas,
chunki bola oldin noto‘g‘ri talaffuz etib yurgan «l» tovushiga
o‘tib ketadi.
Agar bola yuqorida aytib o‘tilganlarni
bajara olmasa shu
mashqlarda qiynalsa, havo oqimini
tilning yon tomonlaridan
chiqara olmasa, og‘iz bo‘shlig‘ini kerakli shaklga keltira olmasa,
bola bilan quyidagi tayyorlov mashqlari o‘tkaziladi.
Logoped keng yoyilgan tilini tishlab, lunjlarini bo‘rttirib
turib puflashi kerak. Bola puflashni o‘rgangandan so‘ng
xuddi
shu mashqni ovoz chiqarib turib bajaradi. Natijada shovqin ar-
alash «e» tovushi hosil bo‘ladi. So‘ngra «l» tovushi bo‘g‘in va
so‘zlardagi talaffuzi avtomatlashtiriladi. Avtomatizatsiyalashtirish
davomida shovqinsiz «L» tovushi hosil bo‘lishiga asta-sekin eri-
shiladi. Bu ishni «al» kabi yopiq bo‘g‘inlar
talaffuzini mashq
qilishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bunday bo‘g‘inlar ta
-
laffuzi o‘zlashtirilgandan so‘ng «al-a» so‘ngra «la» bo‘g‘inlari
ustida ish olib boriladi. Keyingi bosqichlarda (Ali) so‘zidagi «i»
tovushi, «o» va «o‘»lardan tuzilgan bo‘g‘inlar ustida ish olib bo-
riladi. Masalan, «ala», «ali», «alo, «alu», «la», «lu», «li» vujudga
keltiriladi.
«L» tovushini to‘g‘ri talaffuz etishga o‘rgatishda bolani havo
oqimini yon tomonlardan chiqara bilishiga o‘rgatish
juda qiyin
bo‘ladi. Ayniqsa «l» tovushini «n» tovushi bilan almashtirilishini
yengish qiyin. Logoped maxsus zond yoki shpatel bilan til ning
yon
qismlarini bosib turib, til uchini yuqori tishlarga tekkazib
turadi. Bu holda havo oqimi tilning yon qismi bilan yuqori jag‘
tishlari o‘rtasida hosil bo‘ladigan yo‘ldan o‘tadi. Zond o‘rniga
qalam yoki plastmassadan tay yorlangan tayoqchani qo‘llash
mumkin. Agar «l» tovushi «v» bilan almashtirilsa, logoped past-
ki
labni zond, shpatel yoki barmog‘i bilan tushiradi. Shunday
usul bilan paralambdatsizm tuzatiladi. «L» tovushi o‘zbek tilidagi
97
«v» tovushining tusini qo‘shib turib
talaffuz etilishi ham mum-
kin, masalan: lampa-vampa.
Bu kamchilikni ham lablarning cho‘chchayishiga yo‘l
qo‘ymasdan, ularni kerakli holatga keltirish yo‘li bilan tuzatish
mumkin.
Burun lambdatsizmida havo oqimini og‘iz bo‘shlig‘idan, til-
ning yon tomonlaridan chiqarishga o‘rgatish kerak.
Dostları ilə paylaş: