95
– «L» tovushi umuman talaffuz etilmasligi, masalan, shol-
g‘om-shog‘om, olcha-ocha;
– «L» tovushini
yumshatibroq talaffuz etilishi, masalan,
olcha-olcha, olma-olma, lug‘at-lyug‘at.
Burun lambdatsizmi.
Bunda yumshoq tanglay tilning orqa
qismi bilan jipslashadi, natijada havo oqimi burun bo‘shlig‘idan
o‘tadi.
Paralambdatsizmlarga kelganda bularning turlari ham ko‘p,
xususan «l» tovushi, «r», «v», «u» tovushlari bilan almashtirilib
talaffuz etiladi. Masalan, gilos-givos, olma-ovma; lampa-uampa,
olma-ouma, ro‘mol-ro‘mou. Ba’zan «l» o‘rniga ruscha «o‘»
tovushiga o‘xshash tovush talaffuz etilishi mumkin. Masalan,
olma-oo‘ma, olcha-oo‘cha, gilos-gio‘os. Paralambdatsizmning
boshqa turlarida «l» tovushini «y», «n», «d»
tovushlari bilan
almashtirilishi mumkin, masalan, lampa-yampa, kalish-kayish,
lola-nona, lampa-nampa, bola-boda, olma-odma.
Lambdatsizmni bartaraf etishda taqlid yo‘lini qo‘llash kam-
dan kam hollarda natija beradi. Chunki
uning artikulatsiyasi
murakkabroqdir. Bu tovushning talaffuzini yo‘lga qo‘yishdan ol-
din tayyorlov mashqlarini o‘tkazish foydalidir. Bularga lablarni
cho‘chchaytirish, yoyish, cho‘zish kabi mashqlar kiradi. Til bi-
lan quyidagi gimnastika o‘tkaziladi: tilni keng yoyib ko‘rsatish,
kurak
shakliga keltirish, uni chaynash, tilning eng keng qismi-
da qog‘ozchani
puflab tashlash, tilni keng qilib ko‘rsatish. Shu
mashqlar orqali bola havo oqimini tilning yon tomonlaridan
chiqarishga o‘rganadi, tilni kerakli holatda ushlay oladi.
Dostları ilə paylaş: