Qarshi – 2023
Oiv infeksiyasi va oits ning kechish davrlari, zararlanganlarni aniqlashda tibbiy tekshiruv
Reja:
OIV infeksiyasning yashirin (inkubatsion) davri.
OIV infeksiyasning belgilari.
OITS ning belgilari va asoratlari.
O`zbekiston Respublikasida OIV / OITS ni aniqlash bo`yicha tibbiy tekshiruvdan o`tkazish va bemorlarga tibbiy yordam ko`rsatishning sanitariya qoidalari va me`yorlari
OIV infeksiyasning yashirin (inkubatsion) davri.
OIV sog‘ odamga yuqqanidan keyin to OIV infeksiyasi va kasallikning belgilari paydo bo‘lgunicha ma’lum vaqt o‘tadi. Bu oraliq davrga OITS ning yashirin (inkubatsion) davri deyiladi. Bu davr 2-5 oydan 8-10 yilga-cha bo‘lishi ko‘pgina bemorlarni kuzatish natijasida aniqlangan.
Kasallikning yashirin davrida OIV, ya’ni virus tananing limfa tugunlarini va ularda ishlab chiqariladigan T-limfotsitlarning ichiga kirib, ularni zararlaydi. Shuningdek, virus suyaklarning ko‘mik qismida ishlab chiqariladigan monotsitlarning ichiga kirib, ularni ham zararlaydi.
Sog‘ odamda T-limfotsitlar va monotsitlar qon tarkibida bo‘lib, tashqi muhitdan organizmga kirgan mikrob, virus, zamburug‘ va boshqa infeksiyalarni yutib eritib yuboradi. Shu bilan odam orga-nizmini yuqumli kasalliklardan asraydi. Ular himoya (immunitet) vazifasini bajaradi.
OIV esa limfa tugunlari, limfotsitlar va monotsitlarni zararlab, organizmning himoya (immunitet) xususiyatini kuchsizlantiradi va odamda immunitet tanqisligini vujudga keltiradi.
OIV sog‘ odamga yuqqanidan boshlab to organizmning himoya (immunitet) qobiliyatini kuchsizlantirgunicha o‘tgan davr OIV infeksiyasining yashirin (inkubatsion) davriga to‘g‘ri keladi.
Kasallikning inkubatsion (yashirin) davrini qisqa (2-5 oy) yoki uzoq (8-10 yil) bo‘lishi quyidagi holatlarga bog‘liq:
- birinchidan, sog‘ odamga yuqqan virus (OIV) ning oz yoki ko‘p bo‘lishiga bog‘liq. Bir martalik shpritsni bir kishiga ishlatish o‘rniga 2-3 kishiga ishlatish yoki stomatologik, sartaroshlik asboblarini zararsizlantirmaslik tufayli yuqqan viruslar soni, nisbatan, kamroq bo‘lishi mumkin. Kam miqdordagi viruslar ko‘payib, immunitet tanqisligini vujudga keltirgunicha uzoq vaqt o‘tadi. Demak, OITS ning yashirin davri uzoq bo‘lishi mumkin;
- Aksincha, donor qoni va qon zardobini tekshirmasdan quyganda, shuningdek, jinsiy munosabatda bo‘lganda, yuqqan viruslar soni ko‘p bo‘ladi va ular immunitet tanqisligi holatini qisqa vaqt davomida yuzaga keltiradi. Bunda, kasallikning yashirin davri qisqa bo‘lishi mumkin;
- ikkinchidan, OIV ni o‘ziga yuqtirgan odam organizmi baquvvat, jismoniy chiniqqan, immunitet qobiliyati mustahkam bo‘lsa, viruslar organizmning mustahkam immunitet qobiliyatini zaiflashtir-gunicha ko‘p vaqt o‘tadi, bunda kasallikning yashirin davri uzoqqa cho‘ziladi;
- Aksincha, OIV ni o‘ziga yuqtirgan odam organizmi jismoniy jihatdan ojiz, immunitet qobiliyati kuchsiz bo‘lsa, shuningdek, kam-qonlik, gepatit, sil va boshqa surunkali kasalliklar, giyohvandlik bilan zaiflashgan bo‘lsa, OITS ning yashirin davri qisqa bo‘ladi.
OIV infeksiyasning belgilari.
Kasallikning yashirin davri tugagach, OIV infeksiyasining belgilari birin-ketin paydo bo’la boshlaydi.
- odam tanasining bo’yin, qo’ltiq osti, chov sohasidagi limfa tugunlari no’xat, loviya hajmigacha, ayrimlari 1 sm gacha kattalashadi, lekin og’rimaydi. Sog’ odamda ular juda mayda, mosh hajmida bo’lib, paypaslaganda barmoqqa deyarli sezilmaydi;
- odamda umumiy holsizlik, tez charchash, mehnat qobiliyatining tobora pasayib borishi;
- sababi aniq bo’lmagan holda tana haroratining 380 va bundan baland ko’tarilishi, uning uch haftadan uzoq davom etishi;
- kechasi ko’p terlash;
- terida turli xil toshmalar, yiringli yaralarning paydo bo’lishi;
- biron sabab bilan bog’liq bo’lmagan holda, surunkali ich ketishi;
- tana vaznining asta-sekin kamayishi (ozishi);
- teri va barmoqlarning zamburug’lar bilan zararlanishi va terini po’st tashlashi;
- og’iz burchaklarining bichilishi, lablarda tez-tez uchuq paydo bo’lishi;
- og’iz shilliq qavati va tilda pufakchalar va yaralarning paydo bo’lishi.
OITS ning belgilari va asoratlari.
OITS - orttirilgan immunitet tanqislik sindromi, surunkali (uzoq yillar) davom etadigan, oqibati bemorning nogironga aylanishi yoki hayotdan ko‘z yumishi bilan tugaydigan, juda og‘ir kasallikdir.
OITS - sog‘ odamga OIV (odam immuntanqislik virusi) yuqi-shi natijasida vujudga keladi.
OITS ning dunyo mamlakatlarida birinchi marta ro‘yxatga olinishi haqidagi ma’lumotlar turlicha.
Rossiya virusologiya ITI direktori akademik V.Jdanovning ma’lumotiga ko‘ra, OITS bilan kasallangan birinchi bemor AQSh da 1979 yilda ro‘yxatga olingan (V.Jdanov, akademik, Izvestiya, 21-marta 1987goda).
Rossiyaning Epidemiologiya ITI laboratoriyasi boshlig‘i, pro-fessor V.Sergeevning ma’lumotiga ko‘ra ham, OITS bilan kasallangan 17 nafar bemorlar, birinchi marta AQSh da 1979 yil ro‘yxatga olingan. Ammo, u paytda kasallikni qo‘zg‘atuvchi virusni aniqlash usuli o‘rganilmagani sababli, ya’ni virus aniqlanmagani uchun mazkur bemorlarga, ularda namoyon bo‘lgan belgilar asosida «Immunitet tanqisligi kasalligi» degan tashxis qo‘yilgan. Bunday tashxisni qo‘yishda, boshqa sabablar natijasida yuzaga keladigan, immunitet tanqisligi belgilari bilan kechadigan kasalliklarga qiyoslangan.
Fransiya professori Lyuka Montan’e va AQSh professori Robert Galo tomonidan virus 1983 yilda aniqlanganidan keyin, 1979 yilda «Immunitet tanqisligi kasalligi» deb tashxis qo‘yilgan bemorlarga va undan keyin aniqlangan bemorlarga, OITS (SPID) degan tashxis qo‘yila boshlangan. (Sergeev V., professor, «Uchitelskaya gazeta», 5-aprelya 1988 goda).
Rossiya Sog‘liqni Saqlash vaziri o‘rinbosari, professor G.Xryabichning ma’lumoti bo‘yicha OITS bilan kasallangan birinchi bemor AQSh da birinchi marta 1981 yilda ro‘yxatga olingan. (MG 2.04.1987).
OIV infeksiyasining belgilariga bemor e`tibor bermasa, OITS markaziga uchramasa, davolanmasa OITS ning og`ir belgilari qo`shiladi.
- bosh miya zararlanishi tufayli bemorning xotirasi zaiflasha boradi, tanasining muskullarida og’riq bo’ladi, qo’l-oyoqlar shol (paralich) bo’lib qolishi mumkin. Organizmning immuniteti tobora zaiflashib, odatda og’ir kasallik qo’zg’atish xususiyatiga ega bo’lmagan mikrob, virus, zamburug’larga nisbatan uning beriluvchanligi oshib asoratlar yuzaga keladi. Masalan:
- Kriptosporidium – bir hujayrali mikroorganizm bo‘lib, asosan yosh buzoqda yengil kechadigan ich ketish kasalligini yuzaga keltiradi. OITS bilan kasallangan odamda esa og‘ir kechadigan ich ketish holatini vujudga keltiradi;
- Pnevmotsist – bir hujayrali mikrob sog‘ odamda kamdan - kam holatlarda o‘pkada yengil yallig‘lanish kasalligini yuzaga keltirishi mumkin. Immuniteti zaiflashgan odamda esa o‘pkaning og‘ir kechadigan yallig‘lanish kasalligini vujudga keltiradi;
- Toksoplazmoz – mushukdan, mayda va yirik qoramol go‘shtidan yuqadigan mikroorganizm. Oddiy sharoitda, asosan, homilador ayolda o‘pkaning yengil yallig‘lanish kasalligini vujudga keltirib, homila tanasining shakllanishini buzib, turli xil norasoliklarni vujudga keltiradi. OITS bilan kasallangan odam o‘pkasi va miyasida yiringli abssess holatini vujudga keltiradi;
- Kandida Albikans – zamburug‘ bo‘lib, oddiy sharoitda yosh bolada og‘iz shilliq pardasining yallig‘lanish (stomatit), ayollarda tashqi jinsiy a’zoning yengil yallig‘lanish (vaginit) kasalligini yuzaga keltiradi. Immuniteti zaiflashgan odamda esa, zamburug‘ qon orqali tanaga tarqalib, sepsis holatini, ichki a’zolarda yiringlanish holatini vujudga keltiradi;
- Sitomegalovirus (SMV) – oddiy sharoitda yengil tumovlash-ga o‘xshash holatni yuzaga keltiradi. OITS bilan kasallangan odamda esa o‘pkaning og‘ir yallig‘lanishi (Pnevmoniya) va sepsis holatini vujudga keltiradi.
Kaposhi sarkomasi - terida qizg‘ish-pushtirang toshmalar, ularning usti po‘st tashlagan oqimtir teri bilan qoplangan bo‘ladi. Bu toshmalar burun ustida, yumshoq tanglayda ko‘p bo‘ladi. Ular o‘pka, ichak, jigar, suyak ustki sohalarida ham paydo bo‘ladi.
Kandidozlar – zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklar.
- og‘iz bo‘shlig‘i va til ustida oq rangli qalin qazg‘oq paydo bo‘ladi;
- qizilo‘ngach, ichak, jigar, o‘pka kandidozida qalin oq qazg‘oq mazkur a’zolarning ustuni qoplaydi (uni tashqi tomondan ko‘rib bo‘lmaydi). Lekin shu a’zolarning yallig‘lanish kasalligiga o‘xshash belgilar paydo bo‘ladi.
Zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kandidoz kasalliklarining paydo bo‘lishi, OITS bilan xastalangan bemor organizmining immunitet qobiliyati kuchsizlanganini namoyon etuvchi yana bir belgi hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasida OIV/OITS ni aniqlash bo`yicha tibbiy tekshiruvdan o`tkazish va bemorlarga tibbiy yordam ko`rsatishning sanitariya qoidalari va me`yorlari
1. O’zbekiston Respublikasida OIV/OITS ni aniqlash bo’yicha tibbiy tekshiruvdan o’tkazish va bemorlarga tibbiy yordam ko’rsatish 2005 yilda qabul qilingan 0187- sonli sanitariya qoidalari va me’yorlari asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- ixtiyoriy tekshiruv - to’liq tushunchaga ega bo’lgan odamlarning o’z ixtiyori (xohishi) bo’yicha;