Xalq og‚zaki poetik 4420. qxd


«ALPOMISH» DOSTONINING BADIIY



Yüklə 461,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/66
tarix25.11.2023
ölçüsü461,77 Kb.
#134279
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66
omonulla madayev - o\'zbek xalq og\'zaki ijodi

«ALPOMISH» DOSTONINING BADIIY
XUSUSIYATLARI
«Alpomish» dostoni badiiy jihatdan ham xalqimiz
og‘zaki ijodidagi eng mukammal asarlardan biridir. Fozil
Yo‘ldosh o‘g‘li mohir va tajribali baxshi bo‘lgani uchun
asardagi voqealarni bayon qilishda shoshilmaydi, har bir
lavha ishtirokchilarining tashqi qiyofasini, ichki dunyosi,
atrofdagi tabiat manzaralarini, voqea-hodisalarni izchil
ta’riflaydi. Tomoshabin ko‘z oldida jonli voqea tasvirini
hosil etadi. Qahramonning xatti-harakatlarini dalillashga
alohida e’tibor beradi, shuning uchun ham tinglovchi
ko‘nglida doston mazmuni bilan bog‘liq yechilmagan jum-
boq qolmaydi.
«Alpomish» dostoni mubolag‘a, o‘xshatish, sifatlash kabi
badiiy vositalarga juda boydir. 
Masalan
, Alpo mishning yosh-
ligi bilan bog‘liq mana bu lavhani olaylik: «Hakimbek yetti
yoshga kirgan. Alpinbiy bobosidan qolgan o‘n to‘rt botmon
birichdan bo‘lgan parli yoyi bor edi. Ana shunda yetti yashar
bola Hakimbek shul o‘n to‘rt botmon yoyni qo‘liga ushlab
ko‘tarib tortdi, tortib, qo‘yib yubordi. Yoyning o‘qi yashin-
day bo‘lib ketdi, Asqar tog‘ining katta cho‘qqilarini yulib
o‘tdi, ovozasi olamga ketdi». Lug‘atlarda og‘irlik o‘lchovi
sifatida qayd etilgan «botmon» O‘rta Osiyo xalqlari orasida 2
puddan 16 pudgacha vaznga ega ekani ko‘rsatilgan. Agar har
bir pud 16 kilogrammga teng ekanini nazarda tutsak, 14 bot-
mon 224 kilogramm bo‘ladi. 7 yoshli Hakimbekning turli
metall ma’danlardan quyilgan (birichdan bo‘lgan) shu qadar
og‘ir yoyni ko‘tara olishi, unga mos o‘q joylashi va o‘qni
otib, katta tog‘ning cho‘qqisini uchirib yuborishi tinglovchi-
da hayrat uyg‘otadi. Ammo tinglovchi mazkur voqeaning
sodir bo‘lganiga mutlaqo shubha bildirmaydi. Chunki
Hakimbekning dunyoga kelishini ilohiy kuchlar bashorat
qilgandilar, Shohimardon pirining o‘zi qalandar qiyofasida
kelib, Boybo‘rining yangi tug‘ilgan o‘g‘liga Hakimbek deb
nom qo‘ygandi. Mubolag‘ali o‘rinlar Hakimbek, to‘qson
alplarning tog‘dek gavdalari, Barchin, Qaldirg‘ochning
go‘zalligi tasvirida, botirlarning kurashlarida, otlarning poy-
gasida juda o‘rinli yaratilgan. Dostonda ajoyib o‘xshatish-
larni ham uchratamiz:
Ostingda bedoving halloslar qushday,
Achchig‘ing chillali muzlagan qishday
.
126


Bu satrlarda uzoq masofani bir zumda bosib o‘tadigan
Boychibor qushga, Alpomishning g‘azabi butun atrofni
muzlatib yuboradigan qishga o‘xshatilyapti.
Dostonda:
Davlat qo‘nsa, bir chivinning boshiga,
Semurg‘ qushlar salom berar qoshiga.
Ot chopsa gumbirlar tog‘ning darasi,
Urushda bilinar mardning sarasi —
kabi hikmatli so‘lar tez-tez uchraydi. Ma’lum bo‘ladiki,
«Alpomish» dostonining o‘ta qiziqarli voqealardan tashkil
topgan mazmuni so‘z san’atining go‘zal badiiy vositalari
bilan bezatilgan holda tinglovchiga taqdim etilgan. Shuning
uchun ham doston asrlar osha xalqimiz tomonidan sevib
tinglanmoqda va o‘qib kelinmoqda. 

Yüklə 461,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin