«Bir tup tut, bir tup tutning tagida bir tup turp.
Bir tup tut, bir tup turpning tomirini turtib turibdi.
Bir tup turp, bir tup tutning tomirini turtib turibdi.
Bir tup tutning tomirini turtib turgan bir tup turpning
tomirini bir tup tutning tomiri turtib turibdi.
Bir tup turpning tomirini turtib turgan bir tup tutning
tomirini bir tup turpning tomiri turtib turibdi».
Albatta, so‘z soni jihatidan ko‘p bo‘lgan
tez aytishlarni
bolalar ijro qilishga qiynalishlari mumkin. Shuning uchun
kichik matnli tez aytishlardan boshlash ma’qul hisoblanadi:
«Bir tup tut,
To‘rt tup turp».
Yoki:
«Oq choynakka ko‘k qopqoq,
Ko‘k choynakka oq qopqoq».
Yoki:
«Qishda kishmish pishmasmish,
Pishsa kishmish qishmasmish».
Ta’kidlash lozimki, xalq orasida ko‘p so‘zli tez aytishlar
ijrosi kengroq ommalashgan. Ularning matnlarida yumor
belgilari ham singdirilgani uchun
tinglovchilarda alohida
qiziqish uyg‘otadi.
Masalan
:
«Namanganda bor ekan bir usta Musa puch pista
purush. O‘sha usta Musa puch pista purushning
oltmish
uch pud puch pistasi bor ekan. Oltmish uch pud puch pis-
tasi bo‘lsa ham, o‘sha usta Musa puch pista purush, oltmish
uch pud puch pistasi bo‘lmasa ham, o‘sha usta Musa puch
pista purush».
Bunday namunalar xalqimizning faqat til boyligimizga
emas, so‘zlarning tiniq talaffuziga ham katta e’tibor bilan
qaraganligini dalillaydi. Olimlarning aniqlashicha, yuzta
namunadan 18 tasi «sh», 17 tasi «m», 15 tasi «k», 10 tasi
«s», 8 tasi «j» va «ch», 7 tasi «g‘« va «q» tovushlariga asos -
langan bo‘lib, «l», «m», «g», «d», «z»
tovushlariga asoslan-
ganlari nisbatan kam ekan. Yana aytish mumkinki, xalq ijo-
didagi bu janrdan ilhomlanib, shoirlarimiz ham ko‘plab tez
aytishga asoslangan she’rlar yozmoqdalar, tele
videniye va
radioda ko‘rsatuv, eshittirishlar tashkil etilmoq da.
148
Xullas, tez aytish o‘zbek
xalqining bolalar tarbiyasida,
hatto talaffuz ko‘nikmalarini oshirishga naqadar e’tibor
bilan munosabatda bo‘lganligini bildiradi.
Katta yoshdagi o‘smirlar orasida
Dostları ilə paylaş: