— Ko‘mirchi aka, Ko‘mirchi aka, bering ko‘mir,
qilsin o‘roq, o‘ray quroq, yesin sigir, bersin sut, ichsin
tozi,
quvsin kiyik, tashlasin shox, qaziy tuproq, qilsin
ko‘za, olay suv, chayqay tumshuq, semiz, a’lo, yeyman
qo‘zi, — debdi.
Agar e’tibor bersak, qarg‘aning
bu monologida ertak
-
ning boshidan oxirigacha mazmuni to‘la singdirilganiga
guvoh bo‘lamiz. Yosh bola bu ertakni eshitar ekan, hayo -
tidagi hamma voqea-hodisalar bir-biri bilan uzviy aloqada
ekaniga tushunadi. Yakka shaxs,
yakka kasb hech qachon
hayotdan ajragan holda yashay olmaydi. Ertakchi daryo,
kulol, tozi, kiyik, dala, ko‘mirchi — hammasi qo‘zi tarafi-
da. Qo‘zi esa beg‘uborlik, tozalik ramzi sifatida tasvirlana-
di. Shuning uchun qo‘zini yemoqchi bo‘lgan qarg‘aning
o‘zi o‘lib ketadi. Bolalar folkloriga oid deyarli hamma
ertaklarda ana shu yo‘nalish yetakchi hisoblanadi.
Maishiy ertak «Uch og‘a-ini botirlar»da esa asar maz-
muni va mohiyati keksa otaning uchta o‘g‘liga
safar oldidan
bergan uchta maslahatida o‘z ifodasini topadi. Ular
quyidagilardan iborat:
1. To‘g‘ri bo‘ling — bexavotir bo‘lasiz.
2. Maqtanchoq bo‘lmang — uyatga qolmaysiz.
3. Dangasa bo‘lmang — baxtsiz bo‘lmaysiz.
Maslahatlar ma’nosidan ham ma’lum bo‘lib turibdiki,
ular aslida har bir o‘zbekning farzandiga qiladigan nasihati-
dan iboratdir. Binobarin, ular bevosita bizlarga ham taal-
luqlidir. Ertak matni esa ana shu pand-nasihatning badiiy
ifodasini tashkil etadi. Shuning
uchun ham bolalar ertak-
larida ortiqcha xayoliy fantaziyalar kattalar folkloridagi kabi
bo‘lmaydi. Bolalar ertagi faqat soddaligi, tilining ravonligi
bilan emas, hayotga yaqinligi bilan ham e’tiborni o‘ziga
tortadi.
Xullas, bolalarga atab yaratilgan ertaklar ko‘p jihatdan
xalq pedagogikasi tamoyillari aks etgan badiiy so‘z namu-
nasidir.
Dostları ilə paylaş: