XALQ OG‘ZAKI IJODIDAN NAMUNALAR
(Majmua)
Maqollar
Ona yurting omon bo‘lsa,
Rangu ro‘ying somon bo‘lmas.
Betashvish bosh qayda,
Mehnatsiz osh qayda.
Bilmagandan bilgan yaxshi,
To‘g‘ri ishni qilgan yaxshi.
Olim bo‘lsang, olam seniki.
Hunarmandning noni butun.
Aytar so‘zni ayt,
Aytmas so‘zdan qayt.
Ko‘pdan quyon qochib qutilmas.
Haq so‘zga o‘lim yo‘q.
Boriga rozi bo‘l,
Yo‘g‘iga sabr qil.
Hisobini bilmagan,
Hamyonidan ayrilar.
Aql yoshdan,
Bola boshdan.
Odob oltindan qimmat.
Bola aziz, odobi undan aziz.
Serjanjal uyda baraka yo‘q.
Qobil o‘g‘il ot mindirar,
Noqobil o‘g‘il otdan indirar.
163
Besh panjangni og‘zingga tiqma.
Dangasaning vaji ko‘p.
Yomonga bosh bo‘lguncha,
Yaxshiga yo‘ldosh bo‘l.
Ko‘ngli ochiqning qo‘li ochiq,
Qo‘li ochiqning — yo‘li.
Matallar
Alifni kaltak deydi.
Attorning qutisida ham yo‘q gaplar.
Betga chopdi.
Bilsa hazil, bilmasa chin.
Bor otangga, bor onangga.
Igna tashlasang, yerga tushmaydi.
Oyog‘ingni qo‘lingga olib yugur.
Popugi pasayib qoldi.
Tomdan tarasha tushganday.
Topishmoqlar
Ko‘k ko‘ylakka qo‘l yetmas.
O‘yib oldim izi yo‘q.
Novcha yigit tom teshar.
Otlari har xil,
Yoshlari bir xil.
Suvga tushsa suv bo‘lmaydi,
Loyga tushsa, loy bo‘lmaydi.
Uzun terak yiqildi,
Uchi mening qo‘limda,
Zag‘izg‘oni sayraydi,
Sochi mening qo‘limda.
Tog‘da talaymonni ko‘rdim,
Suvda sulaymonni ko‘rdim,
Dumalab yotgan toshni ko‘rdim,
Tuzsiz pishgan oshni ko‘rdim.
164
RIVOYAT VA HAYOT
Bir qishloq chekkasidagi g‘arib kulbada tul ayol Bibish
ismli go‘zal qizi bilan kun kechirar ekan. Bir kuni Bibish
ertalab ko‘za ko‘tarib buloq boshiga borganicha, qaytib
kelmabdi. Yolg‘iz farzandini kutaverib toqati tugayozgan
ona buloq boshiga chiqsa, qizidan dom-darak yo‘q. Ovozi
boricha qichqiradi, tog‘lardan aks-sado keladi, ammo
Bibishdan esa sado eshitilmaydi. Ona shu paytda daradan
qo‘y haydab kelayotgan cho‘pon yigitdan so‘raydi:
— O‘g‘lim, Bibishim suvga chiqib ketganicha darak-
asari yo‘q, mabodo ko‘rmadingmi-a?
Cho‘pon yigit:
— Begona besh-olti otliq qop ichida chinqirib yig‘la
-
yotgan kimsani o‘ngarib ketayotgandi. O‘sha Bibish bo‘lib
chiqmasin tag‘in, — depti.
Onaizor uvvos tortib yig‘lab, odam o‘g‘rilarini yer tepib
qarg‘abdi. Shunda bu mudhish xabarni eshitgan Bibishning
sevgan yigiti o‘g‘rilardan o‘ch olish payida uni qidirb ketib-
di. Ammo ma’shuqasini topolmay qaytib kelibdi. Onaizor
yolg‘iz jigarbandini istab kecha-kunduz «Vo Bibish» deb
yig‘lagandan ikki ko‘zi ko‘r bo‘lib, oxiri omonatini top-
shiribdi. Zohidlar bo‘lsa, qizni bachchaduzaklar emas, balki
u juda suluv bo‘lganidan dev-parilar olib ketishgan degan
ovoza tarqatibdilar.
Shu-shu qishloq «Vobish», buloq esa «Vobish bulog‘i»
deb atalibdi.
L O F L A R
Yusufjon qiziq:
— Marg‘ilonning yeri xo‘p yer-da, bir bosh uzumi ikki
zambar keladi-ya!
Mamajon maxsum:
— Tokini Andijondan parxish qilib olib kelgandirsiz-da!
Bor, baraka top
Kecha bozordan qo‘y sotib oluvdim, so‘ysam, ichidan
oltita «bor, bara-ka top» chiqdi.
165
|