Savol va topshiriqlar:
1.
Marosimlarni nishonlashda og‘zaki ijodning qaysi janrlari-
dan foydalanilgan?
2.
Nima uchun marosimlarni xalq qadriyatlarining namunasi
deb atadik?
3.
Xalq marosimlarining turlari va ularni o‘tkazish tartiblari
haqida so‘zlang.
4.
O‘zingizga yaqin qariyalardan ayrim marosimlarni o‘tkazish
tartiblarini mukammal yozib oling va so‘zlab bering.
Adabiyotlar:
1.
Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O.
O‘zbek
xalq og‘zaki poetik ijodi. T., «O‘qituvchi». 1990. 116—141-bet.
2.
Alaviya M.
O‘zbek xalq marosim qo‘shiqlari. T., «Fan»,
1974.
3.
Sarimsoqov B.
O‘zbek marosim folklori. T., «Fan», 1986.
4.
Gulyor.
O‘zbek xalq ijodi turkumi. T., G‘afur G‘ulom
nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti. 1967.
O‘ZBEK FOLKLORI VA ENG QADIMGI
YOZMA MANBALAR
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi qadim zamonlardan turkiy
tilda so‘zlashuvchi elatlar og‘zaki ijodining tarkibiy qismi
bo‘lgan. Uning tarixiy ildizlari 3—4 ming yil avval yaratil-
gan yozma manbalarga borib taqaladi. Bu manbalar
«Avesto», «Bexistun», «Bundaxishn», «Denkard» kabi
qadimiy kitoblardan, O‘rxun-Enasoy yozuvlaridan, Abu
Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgor-
liklar», «Hindiston» deb atalmish risolalaridan, Mahmud
Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» ilmiy tadqiqoti va
boshqa asarlardan iborat. Shuningdek, Gerodotning
«Tarix», Polienning «Harbiy hiylalar» kabi tarixiy kitobla-
rida ham turkiy xalqlar o‘tmishiga oid qimmmatli ma’lu-
motlar berilgan. Bu adabiyotlarning hammasi O‘rta Osiyo
xalqlarining, shu jumladan, o‘zbeklarning o‘z davriga nis-
batan o‘ta yuqori madaniyatga ega bo‘lganini anglatadi.
Xususan, keyingi yillarda olimlarimiz «Avesto» bizning yur-
timizda yaratilganini isbotladilar. Bu asar haqida o‘zbek
tarixchi olimlari bilan bo‘lgan uchrashuvda Prezidentimiz
I. A. Karimov shunday degan edi: «Eng mo‘tabar qadimgi
159
qo‘lyozmamiz «Avesto»ning yaratilganiga 3000 yil bo‘lyap-
ti. Bu nodir kitob bundan o‘ttiz asr muqaddam ikki daryo
oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdod-
larimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy me-
rosidir». Haqiqatan ham, jahon madaniyati tarixida alohida
qimmatga ega «Avesto»ning vatani O‘zbekiston bo‘lishi bu
yurtda qadim zamonlarda ham hamma xalqlar havas qiladi-
gan yuksak ma’naviyatning mavjud ekanini ko‘rsatadi.
«Avesto» o‘n ikki ming qoramol terisiga yozilgan kitob
bo‘lib, unda dunyoning, inson va tabiatning paydo bo‘lishi
haqidagi dastlabki mifik ma’lumotlar berilgan. Axura
Mazda (yaxshilik dunyosi) va Angra Manyu (yovuzlik du n -
yosi) o‘rtasidagi kurash keyingi adabiyotlarga ezgulik va
yovuzlik o‘rtasidagi kurash an’anasi bo‘lib o‘tdi. «Avesto»da
aytilishicha, dehqon yerga don sochganidan so‘ng:
«Qachonki egatlarda urug‘ yetilsa, devlar o‘rinlaridan
qo‘padilar. Qachonki bug‘doy gurkirab ko‘karsa, devlar
dahshatdan titray boshlaydilar. Qachonki bug‘doy un bersa,
devlar nola chekadilar. Qachonki bug‘doy xirmonga uyulsa,
devlar nobud bo‘ladilar. Qay bir xonadonda bug‘doy bosh
chiqarsa, devlar u xonadondan uzoqlashadilar. Qay bir xo -
nadonda bug‘doy ombori bo‘lsa, go‘yo qizdirilgan temir
devlar bo‘ynini chirmab tashlaydi...» («Vandidod», 3-far-
gard, 31—32-bandlar) O‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lyaptiki,
ajdodlarimiz ming-ming yillar oldinoq bizga o‘z o‘gitlarini
berib ketgan ekanlar. Yuqoridagi iqtibosda inson hayotiga
oid zaruriy falsafa bor. Asrlar davomida turmush tajribasida
tasdiqlangan bu haqiqat mehnat qilishning fazilatidan ibo-
rat. Mehnat qilgan insondan va oiladan falokatlar yiroq
turadi. Chunki har bir xastalik, tashvishning davosi mehnat-
dir. Shuning uchun ham «Avesto» kitobidagi mehnatga
chaqirish da’vati xalqimiz maqollari, qo‘shiqlari, ertaklari
va dostonlarida bosh mavzu hisoblanadi. Shuningdek,
«Avesto»da inson burchining mas’uliyati, ma’naviy poklik,
atrofdagi yurtdoshlarga xayrixohlik tuyg‘ulari maqtaladi,
madh etiladi. Bularning hammasi xalqimiz og‘zaki ijodida
o‘zining mantiqiy davomini topgan. «Avesto»da jamiyat
a’zolari qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi, o‘zaro muno
-
sabat axloqi, go‘zallik, poklik, ezgulik, yovuzlik haqidagi
qonun-qoidalar misollar bilan izohlangan. Bu fazilatlarning
badiiy ifodasi esa «Alpomish», «Ravshan», «Aql — bebaho
boylik», «Uch og‘a-ini botirlar» kabi epik asarlarda,
minglab maqollarda o‘z ifodasini topgan.
160
O‘rxun-Enasoy yodgorliklari ajdodlarimizning Vatan
mustaqilligi uchun olib borgan kurashlari haqida hikoya
qiladi. Tabg‘achga qaram bo‘lgan Turk yurti Tunyuquq,
Eltarish, Kultegin kabi farzandlar harakati bilan ozodlikka
erishdi. Yurtni ozod qilishdan ham qo‘lga kiritilgan mus-
taqillikni asrab qolish mushkulroqdir. Bitiktoshlarda VIII
asrda ro‘y bergan ana shu jarayon o‘z ifodasini topgan.
Bitiktoshdagi: «Xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi alloma
ekan», «Turk sir xalqi yerida boshqa ega yurmasin», «Tun
uxlagim kelmadi, kunduz o‘tirgim kelmadi», «Yupqa yig‘in
tor-mor qilishga oson emish, ingichka yig‘in uzishga oson
emish. Yupqa qalin bo‘lsa, tor-mor qiladigan bahodir
emish. Ingichka yo‘g‘on bo‘lsa, uzadigan bahodir emish»
kabi parchalar xalqning o‘z farzandlariga nasihati, boshidan
o‘tkazgan quvonch va tashvishlar izhori edi. Miflardan
afsonalar, rivoyatlar, ertaklar, dostonlar vujudga kela bosh-
laganda, og‘zaki ijodimiz ana shu sarchashmalardan oziq-
landi, desak, xato bo‘lmaydi.
Zamonlar o‘tib ilm rivojlandi, yurtimizdan butun olam-
ga mashhur allomalar yetishib chiqa boshladi. Imom Ismoil
al-Buxoriy, al-Farg‘oniy, Abu Mansur Moturudiy, Bur
-
honiddin Marg‘iloniy, at-Termiziy, Abu Rayhon Beruniy,
Mahmud Koshg‘ariy kabi buyuk olimlar risolalarida turli
munosabatlar bilan maqollardan, qo‘shiqlardan, rivoyatlar-
dan namunalar keltiriladi. Xususan, Abu Rayhon Beruniy
xalqimiz qadriyatlari haqida «Qadim xalqlardan qolgan
yodgorliklar», «Hindiston» kabi tadqiqotlarida ma’lumot
beradi. Ayniqsa, Navro‘z bayrami tarixi haqidagi qaydlar
alohida ahamiyatlidir. Muhimi shundaki, Beruniy bu
qadriyatlarni xayoliy tushunchalar qatorida emas, balki
ma’naviy yodgorliklar sifatida baholaydi. Bu bilan alloma
xalqning hayoti va kelajagi bevosita uning madaniy boyligi
xazinasiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq ekanini ta’kidla-
gandek bo‘ladi.
Ayni paytda, hind xalq eposidan «Mahobhorat»,
«Panchatantra», «Ramayana», arab xalqining «Ming bir
kecha» ertaklari ham og‘zaki ijodimiz rivojida muhim
ahamiyat kasb etgan. O‘zbek xalq ijodidagi epik janrlar
namunalari bo‘lmish afsona, rivoyat, naql, ertak, doston-
larni o‘rganish sharq xalqlari og‘zaki ijod asarlarida juda
ko‘p umumiy nuqtalar mavjud ekanini dalillaydi.
Masalan
, farzandsizlik, kutib-kutib topgan farzandning
el hayotida muhim yangilik kiritishi, asarlarda fantastik
161
6—Xalq og‘zaki poetik ijodi
narsa-buyumlarning ishtirok etishi, dev, pari, farishta, yal-
mog‘iz kabi obrazlarning mavjudligi ertak va dostonlar asr-
lar davomida yonma-yon yashab kelayotgan yoki Buyuk
ipak yo‘lida iqtisodiy, madaniy muomalada bo‘lgan
xalqlarning ijodiy hamkorlikda yashaganliklari isbotidir.
Farzandiga oshiq bo‘lgan podshohlar, sevikli xotinining
qayta turmushga chiqish kuni uzoq va xatarli safardan qayt-
gan qahramonlar, ukalariga boylik orttirish ilinjida xi yonat
qilgan akalar, tushlarida sevib qolgan oshiq-ma’shuqlar
ishtirok etgan asarlar ko‘pincha sayyor syujetlar, ya’ni
ko‘chib yuruvchi bir xil mazmundagi asarlar qahramonlar-
idir.
Og‘zaki ijodimiz asarlari milliy qadriyatlarning tarkibiy
qismi sifatida yosh avlodni tarbiyalashda xalq peda-
gogikasining asosini tashkil etadi. Davlatimiz tomonidan
milliy mafkuraga bo‘lgan e’tiborning salmoqli qismi og‘zaki
ijodimizdagi san’at namunalari bilan bevosita aloqadadir.
Chunki halq og‘zaki ijodi farzandlar qalbida vatanparvarlik,
xalqparvarlik, mehnatsevarlik, ezgulik, saxiylik, ilm-hunar-
ga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishi bilan birga axloqiy
jihatdan ham go‘zal inson bo‘lib yetishishlarida muhim
ahamiyat kasb etadi.
Aziz talaba! Siz mazkur darslikdan o‘zbek xalqining
ming yillar davomida yaratgan og‘zaki ijodi haqida asosiy
ma’lumotlarga ega bo‘ldingiz. Og‘zaki ijod asarlari nima
uchun davlatimiz tomonidan shu qadar e’zozlanayotganini
tushunib oldingiz, deb o‘ylaymiz. Xalq maqollari, topish-
moqlari, askiya, latifa, qo‘shiq, ertak, doston kabi janr-
lardagi asarlarning bir-biridan farqini bildingiz. Ayni
chog‘da, ularning hammasini o‘zbek tilida yaratilgani va
mukammal badiiy obrazlar birlashtirib turganini ham
angladingiz. Endi eng muhim vazifalardan birini butun
hayotingiz davomida bajarishingiz lozim bo‘ladi. Bu vazifa
xalq og‘zaki ijodi bilan yaqinlikni yo‘qotmaslikdan iborat.
Kun sayin qo‘shiqlardan namunalar yodlash, xalq doston-
larini o‘qish doimiy mashg‘ulotingizga aylanmog‘i lozim.
Yodingizda bo‘lsinki, xalq rasm-rusumlarini, urf-odatlarini,
og‘zaki ijodini bilmay, unga sidqidildan amal qilmay turib,
o‘zbek xalqining farzandiman, deyish mumkin emas.
Ajdodlarimiz ruhiga sodiq qolish har bir o‘zbekning
muqaddas burchidir.
162
|