Xalq vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə2/13
tarix12.06.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#116886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
09.06.2022. Pardayeva Eliza Сhizmachilik kurs ishi

52



XULOSA



55



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI





57

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Oʻquvchilarning pоlitехnik bilimlarini оrttirishda, kasbga yo`naltirishda chizmachilik fanining ahamiyati katta. Chizmachilik fani umumiy o`rta ta’lim maktablari, ko`pchilik kasb-hunar kоllеjlari va оliy ta’lim muassasalarida o`qitiladi. O`quvchilarning mustahkam grafikaviy savоdga ega bo`lishi, ularning fikrlash qоbiliyatlari va tasavvurlarining rivоjlanishiga, ijоdkоrlik iqtidоrlarini o`stirishga ko`maklashadi va ilmiy va tехnik ijоdkоrlik, iхtirоchilik qоbiliyatlarini shakllantiradi.
Keyingi yillarda ilm-fan taraqqiyoti bilan bir qatorda insoniyat hayotida dunyoviy rivojlanib borayotgan texnika, ishlab chiqarish va bunyodkorlik ishlari alohida ahamiyatga ega. Texnika, ishlab chiqarish va bunyodkorlik ishlari taraqqiy etishi insonlarning amaliy faoliyati, yashash sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. Umumta’lim maktablarida chizmachilik kursi 8-9 sinflarda o’tilib, bu fan ta’limning umumiy maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qilib, o’quvchilarning tabiat va texnikani idrok etishiga, predmetlarning tuzilishini va fazoviy munosabatlarini chuqurroq bilishiga yordam beradi. Shuningdek, chizmalarni o’qish va bajarish orqali bolalarning fazoviy tasavvuri va mantiqiy tafakkurini, texnikaviy ijod, bunyodkorlik, dizayn, loyixalash kabi sifatlarni rivojlantiradi.
Maktab chizmachilik ta’limining maqsadi o’quvchilarni murakkab bo’lmagan texnik, loyihalash chizmalarini bajarish, o’qish va o’z fikrini grafik tasvirlar vositasida ifoda etishga o’rgatishdan iboratdir. Umumta’lim maktablarida chizmachilik fanini o`qitish, shu fandan chuqur bilim bеrish yosh avlоdni yanada taraqqiy etgai tехnika asriga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hоzirgi davrda va kеlajakda hayotni, umuman, хalqхo`jaligining hеch bir sоhasini tехnikasiz tasavvur etish mumkin emas.1
Buyumlarning ishchi chizmalari yordamida ular ishlab chiqariladi. Ammo oʻquvchilar buyumning ishchi chizmasi orqali uni toʻliq tasavvur qilishga qiynaladi. Buning uchun oʻquvchidan aqliy zoʻriqish talab qilinadi. Stanokda detal va buyum tayyorlovchi ishchi uchun ham aqliy zoʻriqish va vaqt talab qilinadi. Shuning uchun detal va buyumlarning aksonometriyasini ishchi chizma bilan birga tayyorlash maqsadga muvofiq boʻladi. Bunda oʻquvchi buyumni tezda tasavvur qiladi. Aksonometrik proyeksiyalarni oʻqitishda turli pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodlardan foydalanish samarali hisoblanadi. Buning metodik ta’minotini takomillashtirishga bugungi kunda ehtiyoj mavjud. Bu mening mavzuyimni dolzarbligini belgilaydi.
Har bir davlatning barqaror taraqqiyotini ta’minlash asosiy poydevor - inson omili va uning intellektual salohiyati bilan uzviy bog‘liq.
Shu nuqtai nazardan, mamlakat aholisining katta qismi zamonaviy bilim va kо‘nikmalarga ega yoshlardan iborat ekanligini inobatga olgan holda, mazkur qatlamning ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalardagi manfaatlarini himoya qilish va ushbu dolzarb masalalarning nazariy va amaliy jihatdan yechimini topish kun tartibidagi muhim vazifadir.
О‘tgan davrda, bu borada qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan bо‘lib, ular yoshlarning intilish va iqtidorlarini qо‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirishga oid, rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini yuksaltirish bо‘yicha mustahkam tizim ishlab chiqildi.
Xususan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi va amaliy kо‘magi asosida yoshlar hayotiga bevosita taalluqli bо‘lgan jami 40 ta Qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Jumladan:
– О‘zbekiston Respublikasining 3 ta Qonuni;
– О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta Farmoni, 8 ta Qarori, 2 ta Farmoyishi;
– Vazirlar Mahkamasining 18 ta qarori va 4 ta farmoyishi imzolandi.
Shuningdek, bugungi kunga qadar Qonunchilik palatasida, siyosiy partiya fraksiyalarida о‘tkazilgan 20 dan ortiq yig‘ilishlarda 500 nafarga yaqin yoshlar о‘zlarining 30 ga yaqin takliflari bilan qonunlar muhokamalarida ishtirok etishiga imkon yaratildi.
Bu borada yana bir muhim qadam, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qо‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni о‘z ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etilishidir.
Xususan, 5 ta tashabbusni amalga oshirish doirasida 2019-2020 yillarda 2 million nafar yoshlarni madaniyat va san’atga jalb etish, 19 mingga yaqin ijtimoiy soha obyektini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash, har bir hududga1 million donadan badiiy, tarixiy, ilmiy, ommabop mavzulardagi kitoblar yetkazish hamda axborotkutubxona markazlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, tadbirkorlar tomonidan xalq kutubxonalariochish, har bir tumanda yengil konstruksiyali tikuv-trikotaj korxonalarini qurish va ayollarni band etish kabi vafalar belgilangan.
О‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi va 26 dan ortiq davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan shuningdek, 11 ta xorijiy davlat yoshlar tashkilotlari bilan о‘zaro tizimli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlar bilan hamkorlik bitimlari imzolandi.
Shunga qaramasdan, zamon talablari va ijtimoiy-iqtisodiy о‘zgarishlar sharoitida bugungi yoshlar talab va ehtiyojlarini о‘rganib borish, amalda aprobatsiyadan о‘tgan xalqaro tajribaning mahalliy sharoitda yangicha mexanizm va yondashuvlar asosida amaliyotga joriy etishda qator ishlarni amalga oshirish vazifasi о‘z dolzarbligini saqlab kelmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan keng kо‘lamli islohotlar, turli jabhalardagi yangilanishlar samarasi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi о‘zgarishlarni butun dunyo hamjamiyati e’tirof etmoqda
О‘zbekistonning xalqaro darajadagi nufuzi yangi bosqichga kо‘tarilib, bu holat kо‘plab siyosiy liderlar tomonidan mamlakatimiz bilan diplomatik munosabatlarni qayta kо‘rib chiqishga undamoqda.
Bu kabi jarayonlar davlat boshqaruvi sohasida ham yangicha yondashuvlar va munosabatni taqozo etmoqda. Ayniqsa, mamlakatimiz kelajagi hisoblanmish yoshlar orasidan munosib rahbarlarni tanlash, ularning bu boradagi kompetensiyasi va salohiyatini oshirish, qayta tayyorlash ishlari oldimizda turgan ustuvor vazifalardandir.
Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.
Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega.
Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.
Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish huquqiga ega.1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev "Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz.1

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin