(konsentratsiyasi) 0,25 — 0,5 mg/l bo‘ladi. Bunda odamning miyasi og‘riydi,
boshi
aylanadi, yuragi tez uradi, ko‘ngli aynib xushidan ketadi.
REM — 1
mg/m
3
. Bunday holatlarda kasalni tez toza havoga olib chiqib,
iloji boricha
kasalxonaga yetkazish zarur.
Karbonat angidridi (SO
2
) — bu gaz atmosfera havosida 0,03 — 0,04
% miqdorda bo‘ladi. Shaharlar havosida organizm tanasida ketadigan
oksidlanish-tiklanish
reaksiyasi natijasida, yoqilg‘ilarning yonishi oqibatida,
organik moddalarning chirishi holatlarida SO
2
ning miqdori 0,6 — 0,8 %ga
yetishi mumkin.
Havo
tarkibidagi SO
2
ning miqdori 1,0 — 1,5 %ga yetgan havodan
uzoq vaqt nafas olinsa odamlarning kayfiyati buziladi, charchoqlik kuzatiladi.
SO
2
konsentratsiyasi 2,0 — 2,5 %ga yetganda organizmning a'zo va
tizimlarida faoliyatiga bog‘liq o‘zgarishlar yuzaga keladi, 3,4 %ga yetganda
esa qattiq bosh og‘rig‘i, quvvatsizlik, hansirash, yurak urushining tezlashishi,
ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.
Uning konsentratsiyasi REMdan
oshmasligi kerak, bu — gigienik me'yor.
Dostları ilə paylaş: