Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-bob. Loyiha oldi hujjatlarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə6/22
tarix03.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#123752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
PQ-3857 16.07.2018

3-bob. Loyiha oldi hujjatlarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi
12. Loyihani tayyorlash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish XMI/XHMT texnik ko‘maklashish mablag‘lari (grant mablag‘lari), avans qarz mablag‘lari, qarz (kredit) mablag‘lari, loyiha tashabbuskorining shaxsiy mablag‘lari, shuningdek ushbu loyiha tashabbuskori uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan yoxud O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Agarda XMI/XHMT tomonidan loyihani tayyorlash uchun texnik ko‘mak ko‘rsatish mablag‘i ajratilganida, loyiha tashabbuskori XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillari bilan nazarda tutilgan texnik ko‘mak ko‘rsatish yoki boshqa shunday hujjatni imzolaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Agarda XMI/XHMT talabi bo‘yicha qarz (kredit) mablag‘larini jalb qilish masalasini o‘rganish uchun loyihaning dastlabki hisob-kitobi zarur bo‘lganida, loyiha tashabbuskori ingliz tilida tuzilgan loyiha nizomini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yuboradi, unga keyinchalik XMI/XHMTga berish uchun zarur bo‘lgan hisob-kitoblarni ilova qiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
14. Loyiha tashabbuskori XMI/XHMT ishtirokida loyihani sifatli tayyorlash uchun javob beradi va XMI/XHMT bilan birgalikda loyihani baholashni tashkil qiladi, zaruriyat tug‘ilganida, manfaatdor vazirlik va idoralar, loyiha va tadqiqot institutlari mutaxassislarini jalb qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik XMI/XHMTning investitsiya loyihasini tayyorlash va baholash missiyalarida qatnashadi, dastlabki baholash hujjatini XMI/XHMT uslubiyotiga muvofiq (XMI/XHMTning shunday uslubiyoti mavjud bo‘lganida) tayyorlashda loyiha tashabbuskoriga o‘zining xulosa va takliflarini taqdim etadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
XMI/XHMT so‘rovnomasi bo‘yicha loyiha tashabbuskori XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillariga muvofiq, XMI/XHMTga ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlaydi. Agarda so‘ralgan ma’lumotlar maxfiy xaraktyerga ega bo‘lsa, loyiha tashabbuskori XMI/XHMT bilan sir saqlash bo‘yicha bitimni imzolaydi hamda zarur bo‘lgan ichki tartib-taomillarni amalga oshiradi.
15. Loyihani baholash natijalariga ko‘ra, XMI/XHMT tomonidan loyihaning tashabbuskori bilan birgalikda, loyiha tashabbuskorining tarmoq ilmiy-texnik kengashi tomonidan ma’qullanishi nazarda tutilgan loyihaning dastlabki baholash hujjati tayyorlanadi.
Loyihaning dastlabki baholash hujjati XMI/XHMT uslubiyotiga muvofiq (XMI/XHMTning shunday uslubiyoti mavjud bo‘lganida) tayyorlanadi hamda o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
loyihaning maqsad va vazifalarini ko‘rsatgan holda, loyihaning qisqacha tavsifi;
loyiha xarajatlari hisob-kitobining toifalari hamda komponentlari kesimida tuzilgan loyiha qiymatining hisob-kitobi.
Loyiha qiymatining hisob-kitobi qurilish, tovar (ishlar va xizmatlarni) xarid qilish, shuningdek loyihani tayyorlash va realizatsiya qilish bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan kelib chiqib shakllanadi, shu jumladan jismoniy (va) yoki narx xarajatlarini qoplash uchun zaxirani yaratish nazarda tutiladi.
Jismoniy (va) yoki narx xarajatlarini qoplash uchun zaxira yaratish, tovarlar (ishlar va xizmatlar)ning haqiqiy narxi, xarid qilinayotgan tovarlar soni hamda qurilish ishlarining hajmi o‘zgarishi mumkinligi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun nazarda tutilgan hamda XMI/XHMT tomonidan ushbu maqsadlar uchun qo‘llanilayotgan uslubiyotiga muvofiq shakllantiriladi.
Tarmoq ilmiy-texnik kengashi raisi loyihaning to‘g‘ri baholanishi va uning texnik-texnologik parametrlari uchun shaxsan javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Zaruriyat tug‘ilganida loyihani dastlabki baholash hujjatini o‘rganish va ma’qullash vaqtida loyiha tashabbuskori Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda XMI/XHMTning qoida va tartib-taomillarida nazarda tutilgan, XMI/XHMT bilan memorandum yoki boshqa hujjatni imzolaydi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin