Xavf–hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining markaziy tushunchasidir. Bunda bevosita va bilvosita kishi sog‘lig‘iga salbiy tasir qiladigan yoki ko‘ngilsiz oqibatlarga olib keladigan voqea, hodisa, jarayon va obektlar tushuniladi. Analiz maqsadiga qarab havfni harakterlovchi belgilar miqdorini oshirish yoki kamaytirish mumkin.
Energiyasi mavjud kimyoviy yoki biologik aktiv moddalarda xavf har doim yashiringandir.
Xavflar taksonomiyasi.
Taksonomiya – bu murakkab xodisalarni, tushunchalarni kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni, turkumlash va sistemalash haqidagi fandir.U faoliyat havfsizligi sohasida nazariy bilimlarni uyushtirishda, xavflarni tartibini yanada chukurroq o‘rganishda katta ahamiyatga ega.Taksonomiya bu yangi fan bo‘lib, xali to‘la ishlab chiqilmagan, shuning uchun hozirgi ishlab chiqilgan qismlarni ko‘rib chiqamiz.
a) kelib chiqishi bo‘yicha xavflar tabiiy, texnik, ekologik va aralash bo‘ladi. Rasmiy standartga asoslanib xavflar xili bo‘yicha fizik, kimyoviy, biologik va ruhiy bo‘ladi. Salbiy oqibatlarni ro‘y berishi bo‘yicha xavflar impulsiv (yani beixtiyoriy harakat) va kumulyativ (to‘satdan bo‘luvchi) turlariga bo‘linadi.
b) xavfni tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog‘liq bo‘ladi.
v) havfni kelib chiqish oqibatlari bo‘yicha charchash, isib ketish, sovub qolish, kasallanish, jarohatlanish, xalokatlar, yong‘inlar va o‘limga olib boradigan sabablar.
v) havfni kelib chiqish oqibatlari bo‘yicha charchash, isib ketish, sovub qolish, kasallanish, jarohatlanish, xalokatlar, yong‘inlar va o‘limga olib boradigan sabablar.
g) xavflar keltiradigan zarari bo‘yicha ijtimoiy, texnik, ekologik.
d) Xavfni namoyon bo‘ladigan muhiti bo‘yicha maishiy, sport bilan bog‘liq, yo‘l-transporti, ishlab-chiqarish va harbiy mashqlar bilan bog‘liq.
e) Xavfni tarkibi bo‘yicha oddiy va hosila turlariga bo‘linadi. Xosila turi oddiylarning o‘zaro tasiri natijasida hosil bo‘ladi.
j) Odamga tasiri bo‘yicha faol /aktiv/ va passiv, o‘ta tasirchan va sust bo‘ladi. Passiv xolatida odamning o‘zi sababchi bo‘ladi (nasha, sigareta, nosvoy).