Interfaol metodlarni mashg`ulot maqsadiga muvofiq tanlash:
To`g`ri tanlangan metodlarni qo`llash mashg`ulotning qiziqarli va samarali bo`lishini ta`minlashi.
O`quvchi o`zi o`rganishi kerak, aks holda unga hech kim hech narsani o`rgata olmaydi;
O`qituvchi o`quvchilarga bilimlarni «kashf qilishga» yordam beradigan jarayonni tashkil qiladi.Bilim borliqdan ko`chirilgan nusxa emas, uni odam shakllantiradi.
Ijodiy muhit – ijodkor shaxsni shakllantirishga yo`naltirilgan bo`lib, jamoada sog`lom muhitni yaratish orqali talim sifati va samaradorligini oshirish o`zaro hamkorlik asosida muammolarning yechimlarini topish aniq maqsadli natijalarni kafolatlash demakdir. Ijodkorlik – kishining o`z qiziqishi, ijodiy namunalariga yangiliklar kiritishga keng iimkoniyatlar ochadigan mashg`ulotlar bilan shug`ullanishga intilishlarida o`z aksini topadi. Bu yo`nalish bo`yicha yuqori ko`rsatkichga ega bo`lgan kishilar doimo o`zlari qiziqqan sohaga ijodiy faoliyatida biron bir o`zgarish yasash, yangilik kiritishga harakat qidadilar.
Ijodiy muhitniig ko`rinishlari: 1) O`zgalar ehtiyojini o`rganish; 2) O`zgalar tabiatini his qilish; 3) Samimiy munosabat 4) Vaziyatni to`g`ri baholay olish; 5) Yaxshi taassurot; 6) O`zgalar uchun ahamiyatliroq bo`lish; 7) Adolatli yondashuv; 8) O`zgalar ruhiyatiga ta`sir qilish; 9) E’tiborlilik; 10) O`zgalar hayotiga qiziqish; 11) Shaxs “men”ini hurmatlash;
12) Rag`batlantirib borish.
O`qituvchilardagi ijodiy izlanuvchanlik sifatlari quyidagicha:
1. Shaxsning ijodiy faolligi;
2. O`zligini anglab yetishi;
3. Tanqidiy tafakkurga ega bo`lishi;
4. Mustaqil va erkin fikrlashi;
5. O`z faoliyatini to`g`ri belgilab olishi;
6. Maqsadga muvofiq faoliyat ko`rsatishi;
7. Milliy – madaniy qadriyatlarni chuqur anglash;
8. Topqirlik va hozirjavoblilik;
9. Donolik;
10. Kamtarlik;
11. Yumorga boy bo`lish;
12. Bir necha tilda muloqotga kirisha olish;
13. Kompyuter savodxonligi.
Darsni interfaol metodlarda tashkil etishning afzalliklari.
Har bir ta`lim tizimi rahbariyati o`z muassasasidagi xodimlarning darsda interfaol metodlarda tashkil etishning qanday afzalliklarini va kamchiligini bilishi va tushunishi muassasadagi mashg`ulotlarning samarali bo`lishiga va dars sifatini yanada yaxshi bo`lishiga erishishida katta rol o`ynaydi.
*O`qitish mazmuni yaxshi o`zlashtirishga olib keladi.
*O`z vaqtida o`quvchi-o`qituvchi – o`quvchilar o`rtasida samimiy aloqalar o`rnatiladi.
*O`qitish usullari ta`lim jarayonida turli xil ko`rinishlarda kechadi.(yakka, juft, guruh , katta guruhlar).
*O`quv jarayoni o`quv ehtiyojini qondirish bilan yuqori motivatsiyaga ega bo`ladi.
*O`zaro axborot berish, olish, qayta ishlash orqali o`quv materiali yaxshi esda qoladi.
*O`zaro muloqotga kirishish, fikr bildirish, fikr almashish ko`nikmalari shakllanadi.
*O`quv jarayonida-o`quvchining o`z-o`ziga baho berishi, tanqidiy qarashi rivojlanadi.
* O`quvchi uchun dars qismqarli o`qitilayotgan predmet mazmuniga aylanadi.O`qish jarayoniga ijodiy yondashuv, ijobiy fikr namoyon bo`ladi.
*Har bir o`quvchining o`zi mustaqil fikr yuritishga, izlanishga, mushohada qilishga olib keladi.
*Interfaol usulda o`tilgan darslarda o`quvchi faqat ta`lim mazmunini o`zlashtirib qolmay, balki o`zining tanqidiy va mantiqiy fikrlarini ham rivojlantiradi.
Interfaol ta`lim va tarbiya jarayoni ishtirokchilari.
Ma`lumki o`qituvchi zamonaviy pedagogik texnologiya metodlaridan foydalanib dars o`tar ekan, pedagogik motivlar: ehtiyoj, manfaat, maqsadlar o`ziga xos bog`liq ekanligini unutmasligi lozim.
-
Pedagogik motivlar: ehtiyoj, manfaat, maqsadlar
|
Jamiyat
|
|
Ota-ona
|
|
O`qituvchi
|
|
O`quvchi
|
Kadrlar tayyorlash
|
|
Farzand tarbiyasi, ta`lim
|
|
Kasbiy maqsad,
vazifalar, pedagogik ijod
|
|
Bilim, tarbiya olish, kasb-hunar o`rganish (qiziqish, havasga ko`ra...
|
Bu motivlarni amalga oshirishda pedagogik texnologiya asosiy jarayoni ishtirokchilari quyidagilar:
O`qituvchi
|
|
O`quvchi
|
|
Metodist-texnolog
|
DTS talablarini bajarish, malaka, ko`nikma, pedagogik mahoratning oshishi, ijodiy o`sish
|
|
Bilimdonlik, tarbiyalanganlik, mustaqil fikrlash,mustaqil hayotga tayyorgarlik
|
|
Amaliy-nazariy-uslubiy metodik maslahat va yordam.
|
Interfaol metodlar konstruktivizm nazariyasi bilan bog`liq bo`lib, Konstruktivizmning quyidagi asosiy xulosalari mavjud:
O`QUVCHI FAOLIYATI
O`quvchilarning darsdagi faoliyati aqliy faoliyat hisoblanadi. Bu faoliyat ma`lum harakat va operatsiyalar egallashga qaratiladi. Bu harakat va operatsiyalar tinglash paytidagi ma`lum yangi materialini bilib olish, tanib olish va tushunish, kontekstdagi so`zning ma`nosini aniqlash, leksik birikmalarni va sintaktik birikmalarni qovushtirish va boshqalar bo`lishi mumkin.
Zamonaviy ta`limni tashkil etishda turli xil o`yinlardan samarali foydalanishga alohida e`tibor berilmoqda. Bugungi kunda adabiy ta`lim jarayonida qo`llash nihoyatda qulay bo`lgan bir qator o`yinli texnologiyalar yaratilmoqda. O`yinli texnologiyalar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy malaka va ko`nikmalariga aylanishini ta`minlabgina qolmay, balki ta`lim oluvchilarda muayyan axloqiy, irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga o`z ulushini qo`shadi.
D.B.Elkoninning fikriga ko`ra, “Xuddi shu oddiygina o`yin orqali o`sib kelayotgan bolaning tasavvuri ilk marotaba qaror topa boshlaydi”1. Bir qancha izlanishlar shu fikrga olib keladiki, o`yin - bu taraqqiyotning rolidir, uning kelajakka, rivojlanishga qaratilgan, undan kelib chiqadigan qonun-qoidalar, iroda hamda matonat maktabidir.
O`yin texnologiyalari
O`yin, mehnat va o`qish inson faoliyatining asosiy turlaridir.O`yin ijtimoiy tajribani qayta yaratish va o`zlashtirishga qaratilgan faoliyat turi bo`lib, u orqali insonning o`z- o`zini boshqarish ko`nikmalari rivojlanadi. O`yin shunday faoliyatki, uning natijasigina emas, balki jarayonning o`zi ham insonga zavq bag`ishlaydi. O`yin faoliyati ijod uchun imkon beradi, his- tuyg`ularni kuchaytiradi.
Mashg`ulot jarayonida o`yin ta’lim oluvchilarni o`quv jarayoniga undovchi vosita vazifasini bajaradi.Bunda:
-ta’lim maqsadi o`yin sharti sifatida qo`yiladi;
- o`quv faoliyati o`yin qoidalariga bo`ysinadi;
- o`quv materiali o`yin orqali taqdim etiladi;
-bellashuv elementi olib kiriladi;
- didaktik masalaning yechilishi o`yin natijasi bilan bog`lanadi.
O`yinlar qoidasi “qat’iy” yoki “qat’iy bo`lmagan”, oldindan qabul qilingan yoki o`yin davomida tuziladigan bo`lishi mumkin.
O`quvchi o`zi o`rganishi kerak, aks holda unga hech kim hech narsani o`rgata olmaydi;
O`qituvchi o`quvchilarga bilimlarni “kashf qilishga” yordam beradigan jarayonni tashkil qiladi;
Bilim borliqdan ko`chirilgan nusxa emas, uni odam shakllantiradi.
O`qituvchi-Kasbiy bilim,ko`nikma,malaka,mahoratini oshirib borib,bu maqsadlar uchun zarur sharoitlar yaratib, motivlarni qondiruvchi,raqobatbardoshlikni ta`minlovchi, ta`lim mazmunini to`liq va samarali bajarish orqali maqsadlarni amalga oshiruvchi.
O`quvchi-Pedagogik texnologiyaning asosiy iste`molchisi, o`qituvchi rahbarligida bilimlarni o`zlashtirish, ta`lim-tarbiya olish, mustaqil fikrlash va ishlashga o`rganishi jarayonida yuqori natijalarga erishishi orqali asosiy maqsadni amalga oshiruvchi.
Ta`lim-tarbiya jarayonida asosan o`quvchilarda ta`lim olish motivlarini, ularning turli yo`nalishdagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko`rsatadigan didaktik o`yinlardan foydalaniladi.
Didaktik o`yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo`nalishlar bo`yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o`yinlar alohida o`ringa ega bo`lib bormoqda. Didaktik o`yinlar o`quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o`lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, axloq-odob o`rgatish, nutq o`stirish, til o`rgatish, yangi bilimlar o`rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo`naltirilgan o`yinlarga ajratiladi.
Didaktik o`yinlarni amalda qo`llash shart-sharoitlari
Didaktik o`yinlarni tanlashda ishtirokchilarning yoshi, bilimi va tarbiyalanganlik darajasi hisobga olinadi. Har bir didaktik o`yin mashg`ulotlariga o`ziga xos xavfsizlik talablari qo`yiladi. Bu xavfsizlik talablariga to`liq rioya qilinishi har bir o`qituvchining doimiy e`tiborida bo`lishi lozim.
Bundan tashqari har bir didaktik o`yin uchun sarflanadigan vaqt miqdorini to`g`ri belgilash va unga rioya qilishning o`ziga xos asoslarini bilish va darsning maqsadiga muvofiq qo`llash talab qilinadi.
Didaktik o`yin turlarini tanlash mezonlari:
-ishtirokchilar tarkibi bo`yicha-o`g`il bolalar, qiz bolalar, o`smirlar, katta yoshdagilar uchun o`yinlar;
-ishtirokchilar soni bo`yicha-yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, raqobatdosh komandalar, sinflararo va ommaviy o`yinlar;
-o`yin jarayoni bo`yicha-fikrlash, o`ylash, topag`onlik, harakatlar, musobaqa va boshqalarga yo`naltirilgan o`yinlar;
-vaqt me`yori bo`yicha-dars, mashg`ulot vaqtining reja bo`yicha ajratilgan qismi, o`yin maqsadiga erishguncha, g`olib yoki g`oliblar aniqlanguncha davom etadigan va boshqa o`yinlar.
Quyida barcha fanlarda qo`llash mumkin bo`lgan interfaol metodlardan namunalar keltiramiz.
Zakovat o`yini
Bu o`yinni o`tkazishda dastlab auditoriyani o`yinga moslashtirish lozim bo`ladi. O`yin ishtirokchilari test yordamida saralab olinadi. Yuqori ball olgan o`quvchilar o`yinda ishtirok etish huquqiga ega bo`ladi. O`yin qatnashchilari 6-8 kishidan iborat bo`ladi. Qolgan o`quvchilar esa o`yinni tamoshabin sifatida kuzatib turishadi. O`yin uchun mo`ljallangan savollar konvertga joylashtirib qo`yiladi. Guruh sardori savolni olib o`qituvchiga beradi. O`qituvchi savolni o`qib eshittiradi. Javobni aniqlash uchun bir daqiqa vaqt ajratiladi. Bu vaqt orasida o`yin ishtirokchilari javobni maslahatlashib topishga harakat qilishadi. Bu o`yinni asosan, yuqori sinfda o`tkazish tavsiya etiladi.
-
Zakavot o`yinlarida asosan, o`rtaga muammoli savollar tashlanib, shu muammoni hal etishga diqqat qaratiladi.
6X6X6
Mazkur metodlarning adabiy ta`lim jarayonida foydalanish mumkin bo`lganlaridan yana biri 6X6x6 metodidir. Bu metoddan adabiy asarlar ustida ishlashda foydalanishda adabiyot o`qituvchisidan pedagogik mahorat va ziyraklik, guruhlarni oqilona shakllantira bilish talab qilinadi. Bu metodda sinfdagi o`quvchilar oltita-oltitadan guruhlarga bo`linadi. Guruhlarga muayyan nomlar beriladi. Dars mavzusi e`lon qilinadi, o`qituvchi guruhning a`zolarini almashtiradi. Yangi guruhda avvalgi guruhdan bitta vakil qoladi va o`z guruhining mavzu yuzasidan chiqargan xulosalarini yangi guruhga bayon etadi. Yangi guruh a`zolari avvalgi guruhning fikr va xulosalarini o`rganadilar, unga o`z munosabatini bildiradilar. Shu tariqa qisqa vaqt ichida o`quvchilar tomonidan ham mavzu yuzasidan fikr bildiriladi, ham bu fikrlar ularning o`zlari tomonidan tahlil qilinadi va baholanadi.
Baliq skeleti texnikasi
Qushlarning kundalik hayotimizdagi tutgan o`rni
Ushbu texnologiya katta muammolarning yechimini topishga qaratilgan. Yuqori qismida muammolar yozilsa, pastki qismida esa ularning yechimiga doir so`zlar yozilib, misollar bilan izohlanadi.
Debatlar
Debatlar – bu qarama-qarshi nuqtai-nazarlarning o`zaro bahsi (to`qnashuvi) bo`lib, u o`quvchilarni tanqidiy fikrlashga, turli masalalarni o`rganish va o`zlari haq ekanligiga boshqalarni ishontirishga o`rgatadi. Debatlar Qadimgi Gretsiyada yaratilganligi haqida nazariy ma`lumot beriladi.
Debatlar bu jamoaning hamkorlikdagi faoliyati bo`lib, bunda jamoaning har bir a`zosi o`zining burch va majburiyatlariga ega bo`ladi, kim g`alabaga erishganini esa debat yakunida jamoalarning argumentlari, faktlari, favqulodda savollar va ularga berilgan javoblar asosida hakamlar jamoasi yoki o`qituvchi belgilab beradi.
O`quvchilar bilan debat o`tkazganda 3 ta tamoyilga amal qilish kerak:
-
Debatlar ko`p narsaga o`rgatadi (Chunki debat o`tkazishdan maqsad faqat g`alaba qozonish emas, balki asosiy maqsad debatlar yordamida yangi bilimlarni egallashdir).
-
Jarayonga faol ishtirok va vijdonlilik majburiyati (Bu tamoyil debatning o`zagi bo`lib, noto`g`ri argument keltirish va savollarga javob berishda mantiqan noto`g`ri yo`ldan ketishning oldini oladi) .
-
O`zaro hurmatni saqlash (Debat ishtirokchilarining shaxsiga qasddan teskari aloqaga kirishmaslik shart, o`zga o`quvchi tomonidan aytilgan nazariya yoki fikrga qarshi chiqayotgan bo`lsa, uning obro`sini to`kish maqsadga muvofiq emas. Chunki debat g`oyalar va bu g`oyalarning to`qnashuvidan iborat).
Debatda 2 ta jamoa ishtirok etadi. 1-jamoa: Tasdiqlovchi tomon sifatida. 2-jamoa: Qarama-qarshi yoki inkor etuvchi tomon sifatida. Jamoalardan so`zga chiquvchilar spikerlar deyiladi. T1, T2, T3-tasdiqlovchi tomon spikerlari. Q1, Q2, Q3-qarama-qarshi tomon spikerlari. Debatlarda quyidagi mahoratlar zarur bo`ladi: Tanqidiy tafakkur (tanqidiy fikr yuritish), Tadqiqiy malakalar, Tashkiliy malakalar, Tinglash va yozma qayd qilish va taqdim etish kabi ko`nikmalar shakllantiriladi.
O`tkaziladigan debatning mavzusi aniq, tasdiqlovchi tugallangan fikr shaklida bo`lishi kerak.
Tasdiqlovchi tomon spikerlari hakamlarni o`z nuqtai-nazarlarining to`g`riligiga ishontirishga harakat qiladi (Masalan, Adabiyot – ko`ngil tarjimoni deya, fikrlar orqali mavzuni yakunlash).
Inkor etuvchi tomon spikerlari tasdiqlovchi tomon nuqtai nazarining noto`g`ri ekanligiga hakamlarni ishontirishga harakat qilishi kerak (Adabiyot – yolg`on gapiradi ...). Argumentlash. Argumentlash orqali har ikkala tomon hakamlarni o`z nuqtai nazari to`g`ri ekanligiga ishontirish kerak. Argumentlar sust yoki kuchli, ishonarli bo`lishi mumkin. Shuningdek, debat ishtirokchilari o`z nuqtai nazarlarini mustahkamlovchi dalillarni (sitatalar, faktlarni, statistik ma`lumotlarni) taqdim qilishlari lozim.
Chalg`ituvchi savollar. Ko`pchilik debatlarda har bir ishtirokchiga opponent jamoa spikerining savollariga javob berish imkoniyati beriladi. Bir jamoa spikerining savoli va boshqa jamoa spikerining javobi raundi «chaparasta savolga tutish» deyiladi.
Shu o`rinda yozuvchi A.Qahhorning “Dahshat” hikoyasidagi Unsin obrazi misolida “Debat” metodining amalga oshirilish jarayoni tavsiya etiladi.
Darsning maqsadi: o`zaro fikr almashish, “Dahshat” hikoyasidagi Unsin timsoliga to`liq tavsif berish, o`z qarashlarini, nuqtai nazarini asosli bayon etish, aniq, ravon, tushunarli tilda fikrlarni yetkazib berish ko`nikmasini rivojlantirish.
Ishtirokchilar 2 guruhga bo`linishadi.
1-guruh
|
2-guruh
|
Unsinning o`ziga xos voqelik bilan bog`liq bo`lgan jihatlarini oqlaydi.
|
Unsinning ojizlik jihatlarini, zaifligini qoralaydi.
|
Unsin qo`rqoq va ojiz.
|
Unsinning shaxsiy fikri yo`q.
|
Dodxohga tegmas edi.
|
Unsinni majburlashdi.
|
Unsin qabristonga bormasligi kerak edi.
|
Ilojsiz qolgan qiz uyiga qochishni xohlaydi.
|
Unsin o`z-o`zini idora qilishi lozim edi.
|
Cholning nayrangiga uchmasligi kerak edi.
|
T-chizmasi
T-chizmasi metodining tasnifi.
Muammoni qo`yish va hal qilishning mazkur modeli bir qator muammolarni ta`riflash va yechib ko`rishga imkon beradi.
-
Bosqichlari: ishtirokchilar kichik guruhlarga bo`linadi. Flipchart qog`ozlaridan foydalanib, T-chizmasi tavsiya etiladi va asar qahramonlarining xarakter xususiyatlari ochib berilishi barobarida ularning ijobiy hamda salbiy xususiyatlari ajratiladi..
-
To`ldirilgan sxemaning taqdimoti.
Foydalanish doiralari. Ona tili va adabiyot darslarida o`quvchi matn bilan ishlashda, obrazlarning ijobiy,salbiy va murakkablik darajasini tahlil qiladi. bog`liq muammolar tahlil qilinadigan mavzularni o`rganishda foydalanish maqsadga muvofiq.
Afzalliklari. Ushbu sxema obrazlarning ijobiy, salbiy va murakkablik hamda o`zaro bog`liqligi, ularning ayrim xususiyatlarini aks ettiradi.
Qiyinchiliklari. O`quvchilar obrazlarni ifodalashda qiyinchiliklarga duch kelish mumkin.
Cho`lponning “Xalq” she`rini “T” chizmasi asosida o`rganish
She`rda ilgari surilgan ijobiy xususiyatlar
|
She`rda aks etgan salbiy jihatlar
|
Dengiz
|
|
Sabr kosasi to`ldi
|
To`lqin
|
Mustamlaka zanjirini uzadi
|
Haq huquqini tiklashga qurbi yetadi
|
Kuch
|
Tili boshqa, dili boshqa siyosatdonlarga qarshi
|
Isyon
|
Qo`zg`aladi, ko`piradi, qaynaydi
|
Olov
|
Quvvat
|
|
Hovliqadi
|
FSMU
FSMU texnologiyasi .Bu texnologiyadan foydalanishda o`qituvchi har bir o`quvchiga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog`oz varaqlarini tarqatadi va yakka tartibda ularni to`ldirishni iltimos qiladi. Bunda:
F—fikringizni bayon eting
S—fikringiz bayoniga sabab ko`rsating;
M- ko`rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring;
U—fikringizni umumlashtiring.
O`qituvchi o`quvchilar bilan bahs mavzusini belgilab oladi.
Yakka tartibdagi ish tugagach, o`quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi va o`qituvchi kichik guruhlarga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qog`ozlarni tarqatadi.
Kichik guruhlarga har birlari yozgan qog`ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda 4 bosqich bo`yicha yozishlari taklif etiladi.
O`qituvchi kichik guruhlarning yozgan fikrlarini jamoa o`rtasida himoya qilishlarini so`raydi.
Mashg`ulot o`qituvchi tomonidan muammo bo`yicha bildirilgan fikrlarni umumlashtirish bilan yakunlanadi.
Namuna:
1.Vazifa: “Oq kema” – o`lmas asar” mavzusi bo`yicha fikrlaringizni bayon qiling.
F - “Oq kema” qissasi Ch.Aytmatovning eng mashhur va o`lmas asarlaridan biridir.
S - “Oq kema” asarida yaxshilik va yomonlik, mehr va shafqatsizlik, muhabbat va nafrat kabi asriy muammolar o`z ifodasini topganligi bois u umrboqiydir.
M - Mo`min chol tabiatidagi soddalik, ezgulik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, kamtarlik O`rozqul timsolidagi shafqatsizlik, takabburlik kabi illatlarga qarshi qo`yilsa, bolakay qalbidagi soflik, mehribonlik xislatlari atrofdagi insonlarning, jumladan ota-onasining unga befarqligiga qarama-qarshi qo`yiladi. Masalan, Bolakay shoshib turgan bo`lsa ham o`zining sevimli toshlarini erkalab, unga e`tibor bilan qaraydi. Ammo bolakayning (holbuki, u bir Inson) quvonchiga Seydahmad ham, O`rozqul ham arzimas bir hodisa sifatida e`tibor qaratishmaydi.
U - qaysiki asar milliy qadriyatlarni, ezgulikni ulug`lar ekan, bu asarning umri boqiydir.
2. Vazifa: “Yordamchi so`zlar fikr ifodalash uchun zarur” mavzusi bo`yicha fikrlaringizni bayon qiling.
F - Yordamchi so`zlar o`ziga xos grammatik xususiyatga ega.
S - Yordamchi so`zlar gapida so`z va gaplarni bir-biriga bog`lash, munosabatga kiritish va qo`shimcha ma`nolar yuklash vazifalarini bajaradi.
M - Bog`lovchilar uyushiq bo`laklar va gaplarni o`zaro bog`lasa, ko`makchilar so`z birikmasi hosil qilishda ishtirok qiladi. Yuklamalar esa fikrga so`roq, taajjub, ayiruv, chegaralash kabi qo`shimcha ma`nolarni yuklab, so`zlovchining fikrini oydinlashtirish uchun xizmat qiladi.
U - Yordamchi so`zlar lug`aviy ma`noga ega bo`lmasa-da, nutqimizda ularning ahamiyati beqiyos .
3. Vazifa: “Badiiy ijodda ruhiy tahlilning o`rni katta” mavzusida fikringizni bayon qiling.
F - Inson ruhiyatining xususiyatlari hech qachon eskirmaydi. Shuning uchun ham badiiy ijodda odam ruhiyati tasviriga katta e`tibor qaratiladi.
S - Ruh ota murakkab tushuncha. Ruh odamning ko`ngliga tegishli narsa. Voqealar eskiradi. Lekin qahramonlarning ruhiy holatlari hech qachon eskirmaydi. Ularning haqqoniy tasviri barcha davrlardagi kishilarga ta`sir qilaveradi.
M - Alpomishga qarata Oybarchin tomonidan aytilgan. Qizlar sizni narmoda deb ataydi, Qizlarning aytgani menga botadi. Mardlar olishmaydi siltab otadi, Maydon bo`lsa, ish ko`rsatib ketadi“ so`zlari yigit ruhiyatini ostin- ustun qilib yuboradi. Alpomishning ruhiyatiga xos xususiyat bugungi kunda ham o`sha davrdagiday ahamiyatli.
U - Inson ruhiyati hech qachon eskirmas ekan, uni o`zida mahorat bilan aks ettirgan asar ham eskirmaydi.
Charxpalak
Ushbu metoddan yangi mavzuni o`rganishda hamda o`tilgan mavzularni takrorlashda foydalanish mumkin.
O`tkazilish tartibi:Birinchi bosqich:
O`quvchilar 5-7 kishidan iborat guruhlarga bo`linadilar.Har bir guruhga alohida bugungi mavzu yuzasidan matn yozilgan tarqatma beriladi.Guruh a’zolari 5- daqiqa ichida ushbu matn yuzasidan taqdimot tayyorlaydilar.
Ikkinchi bosqich;
Har bir guruhga birta flipchart va bir dona marker beriladi.(har bir guruh markerining rangi alohida bo`lishi shart. ) Flipchartda guruhlar taqdimot tayyorlagan mavzuning nomi yozilgan bo`ladi.(Masalan: A.Qahhorning ijodi bugun o`rganilayotgan bo`lsa, har bir guruhga uning hayot yo`lining qaysidir qirrasi mavzu qilinib matn holida birinchi bosqichda guruhlarga berilgan bo`lib , ular aynan shu mavzular bo`yicha taqdimot tayyorlagan bo`ladilar.1-guruhga ”A.Qahhorning bolalik yillari.”, 2 –guruhga ”A.Qahhor ijodining ilk bosqichi ” , 3- guruhga ”A.Qahhorning asarlari” kabi. )Flipchartlar ”Charxpalak” singari har ikki daqiqada guruhlar bo`ylab sayr qiladi.Bu vaqt ichida guruh a’zolari taqdimot vaqtida eslab qolgan ma’lumotlarini hamkorlikda eslab flipchartga yozadilar.Bir flipchart barcha guruhlarga tashrif buyurib bo`lgach, skoch bilan doskaga yopishtiriladi.Barcha guruhning flipcharti doskaga yopishtirilib bo`lingach o`qituvchi tomonidan yoki har bir guruhdan bir taqdimotchi chiqib, ma’lumotlar taqdim qilinadi va o`qituvchi tomonidan xulosalanadi.(Har bir guruhga alohida rangli marker berilishining ahamiyatri shundaki, flipchartlar doskaga yopishtirilgach, qaysi guruh a’zolari ko`proq va aniqroq ma’lumot o`rganganligi ko`rinib qoladi. )Guruh ishlari ,yozilgan to`g`ri ma’lumotlariga qarab baholanadi.
Har kim har kimni o`qitadi
”Har kim har kimni o’qitadi” metodini yangi mavzuni o`rganishda qo’llash mumkin.
O`tkazish tartibi:
1.Har bir o`quvchiga mavzuga oid dalil va faktlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi.
2.Bir necha daqiqa ichida o`quvchilar mavzuga doir ma’lumotlarni kartochkaga yozadilar.(O`qituvchi sinf ichida aylanib yurib, o`quvchilar topshiriqni qanday tushunganliklarini kuzatadi.)
3. O`quvchilar to`plagan ma’lumotlarini yonida o`tirgan sinfdoshi bilan muhokama qilishlari taklif qilinadi.Mashq har bir o’quvchi bir-biriga gapirmagunicha davom etadi.
4.O`quvchilar bir vaqt kesimida faqat bir kishi bilan suhbatlashadi.Vazifa shunday qo`yiladiki , o`quvchilar yangi ma’lumotlarni boshqa o`quvchilardan bilib oladilar.
5.Mashqni bajarib bo`lganlaridan so`ng, o`quvchilar o`z o`rtoqlaridan nimani o`rganganliklari so`raladi.O`qituvchi javoblarni doskaga yoki flipchartga yozib boradi.
6. Xulosa qismida o`qituvchi bugungi o`rganilayotgan mavzudan o`quvchilar tomonidan e’tiborga olinmay qolgan tomonlarini to`ldirib o`tadi.
3/3, 4/4 yoki 5/ 5 metodi.
Ushbu metodni darsning takrorlash, umumlashtirish jarayonida qo’llash mumkin.
O’tkazilish tartibi:
O`quvchilarni guruhlarga bo`lamiz.O`rganilgan mavzu yuzasidahn topshiriq beriladi.Masalan bugun o`quvchilar ”To`ldiruvchi ”mavzusini o`rganishgan.
Topshiriq: Har bir guruh ”3/3 metodi” bo`yicha to`ldiruvchi haqida 3ta aniq ma’lumot va 3 ta mos kelmaydigan ma’lumotni yozasiz.Ma’lumotlarni joylashtirish tartibi chalkashtirilgan bo`lishi shart.Bir guruhning ma’lumotlarini ikkinchi bir guruh tekshiradi.Ular aniq ma’lumotlarga belgi qo`yishlari kerak.
Berilgan vaqt o`z nihoyasiga yetgach tekshirgan guruh taqdimotga chiqadi.Taqdimot vaqtida har bir guruh o`z ishining to`g`ri yoki no`to`g`ri tahlil qilinganligini kuzatib tasqiqlab turadi.
Masalan bir guruhning bugungi mavzu yuzasidan ”3/3 mettodi ” bo`yicha yozgan ma’lumoti quyidagicha bo`lishi mumkin.
1. Gapning biror bo`lagiga (ko`pincha aniqlovchiga ) boshqaruv yo`li bilan bog`lanib ,uni to`ldirib kelgan birinchi darajali bo`lak to`ldiruvchi deyiladi .
2.To`ldiruvchi qanday so`z turkumi bilan ifodalanishiga ko`ra egaga o`xshaydi .
3.Ega , odatda , bosh kelishikda , to`ldiruvchi esa biror kelishik qo`shimchasi (qaratqich kelishigi bundan mustasno ) yoki ko`makchilar bilan birga keladi . 4. To`ldiruvchi faqat olmosh bilan quyidagicha ifodalanadi.
5. To`ldiruvchi 2 xil bo`ladi : 1. Vositasiz to`ldiruvchi . 2. Vositali to`ldiruvchi
6. Vositali to`ldiruvchi -ning ,-ni , ga kelishigi qo`shimchalari olgan so`zlar orqali ifodalanadi .(2,3,5 chi ma’lumotlar aniq malumotlar hisoblanadi.)
(4/4, 5/5 – metodlarida ham yuqorida ko’rsatib o’tilgan tartibda ish olib boriladi, faqat 3ta ma’lumotni o’rniga 4ta yoki 5ta ma’lumotni yozishlari so’raladi)
Berilgan vaqt o’z nihoyasiga yetgach har bir guruhning taqdimoti tinglanadi.
Aqliy hujum
Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo`llaniladigan metod sanalib, mashg`ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish hamda tasavvurlari va g`oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma‘lum ko‘nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag`batlantiradi. Bu metod yordamida tashkil etilgan mashg`ulotlar jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug`iladi. “Aqliy hujum” metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma‘lum qadriyatlarni aniqlash va ularga muqobil bo`lgan g`oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
“Aqliy hujum”-sinfdagi har bir o`quvchiga o`qituvchi qo`ygan savol yoki muammo yuzasidan o`z fikrini bayon etishga imkon beruvchi metoddir.Ushbu metodning mohiyati “bir kalla –yaxshi,yigirmatasi undan a’lo” prinsipi bo`yicha o`qituvchi tomonidan belgilangan muammo yoki savol yuzasidan ehtimol tutiladigan hamma fikrlar variantlarini bir yerga jamlay olishida bo`lib istisno tariqasida ta’lim oluvchilarning barcha fikrlari, shu jumladan aytarli to`g`ri bo`lmaganlari ham inobatga olinadi.
“Aqliy hujum” metodini o`tkazish uslubiyati.
1.O`qituvchi sinfga savol, topshiriq yoki muammo beradi va o`quvchilarga o`z fikrlarini aytishni taklif qiladi.
2.O`quvchilar tomonidan berilgan barcha fikrlar (qancha ko`p bo’lsa, shuncha yaxshi) doskaga yoki flipchartga yozib boriladi.
3.Barcha fikrlar yozib olinganidan keyin o`qituvchi o`quvchilar bilan birga g`oyalarni umumlashtirib, keyinchalik ishdan foydalanish maqsadida ulardan eng muhimlarini ajratib ko`rsatadi.
Metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
-“Aqliy hujum ”o’tkazish uchun belgilangan vaqt reglamentiga
aniq – raso rioya qilish;
- o`quvchilarning o`zlarini erkin his etishlariga sharoit yaratib berish;
- g`oyalarni yozib borish uchun yozuv taxtasi yoki varaqlarni tayyorlab qo`yish;
- muammo yoki mavzuni aniqlash;
- mashg`ulot paytida amal qilinilishi lozim bo`lgan shartlarni belgilash;
- bildirilayotgan g`oyalarning ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib borish;
- g`oyalarning turlicha bo`lishiga ahamiyat qaratiladi;
- boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni yodda saqlash, ularga tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, bildirilgan fikrlar asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning o`quvchilar tomonidan sodir etilishiga erishiladi
- qog`oz varaqlarni g`oya yoki fikrlar bilan to`lgandan so`ng ularni yozuv taxtasiga osib qo`yish;
- boshqalar tomonidan bildirilgan fikrlar ustidan kulish, kinoyali sharhlarning bildirilishiga yo`l qo`ymaslik.Har bir o`quvchi o`zining shaxsiy fikrlariga asoslanilishi va ularni o`zgartirishi mumkun. Avval bildirilgan fikrlarni umumlashtirish yoki ularni o`zgartirish ilmiy asoslangan fikrlarning shakllanishiga zamin hozirlaydi.
Bunday usul o`quvchilarning og`zaki nutqi o`sishiga va aqliy fikr, ijod qilishga yordam beradi.Aqliy hujum o`quvchilarni o`z tassavurlari, mustaqil fikr yuritishlari, izlanishlari va ijodlaridan samarali foydalanishga undaydi. Aqliy hujumdan mustahkamlash, yangi bilim berish, aralash dars turlarida foydalanilsa muammo, vaziyat, topshiriq va vazifalarning yechimini topishga yordam beradi. O`qituvchi hamma o`quvchilarni g`oyalar va fikrlar berishga undashi zarur. O`quvchilarning bergan g`oyalari va fikrlari o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
Aqliy hujumdan qachon foydalanish mumkun:
1. Muammmolarni va mashqlarni yechishda;
2. Qiyin vaziyatda muammoni yechishda;
3. Guruhni jipslashtirishda;
4. Argumentlar qidirishda;
5. Loyiha ishlab chiqishda.
Ikki qismli kundalik
”Ikki qismlik kundalik” usulida quyidagicha tartibda ish olib boriladi.Fikr -qismida matn parchasi yoziladi,sharh- qismida guruh ishtirokchilari hamkorlikda matn sharhini ya’ni tushunchalarini izohlab yozadilar.(O`qituvchi o`quvchilar bilan hamijodkor bo`lib, barcha guruhga yordam beradi, maslahatlar beradi, lekin o`qituvchining fikri hukmron bo`lmaydi, u faqat yo`nalish beradi.)
Masalan, bir guruhning taqdimoti quyidagicha bo`lishi mumkin.
Namuna:
Fikr
|
Sharh
|
Mehr emas, ohim o`tidin ko`kka yetmish bir sharar,
Ayb emastur gar desam: “Dam ursam afloq o`rtanur”.( Mubolag’a san’ati.)
A.Navoiy.
|
Alisher Navoiyning baytida oshiqning sevgilisi hajrida chekkan iztiroblari g`oyatda kuchaytirilib tasvirlangan:ko`kdagi quyosh oshiq yerda chekkan oh o`tining bir uchquni emish.Bu bo`rtirilgan tasvir tufayli oshiq qiyofasi, ruhiy holati, ichki olami, qalbida mavj urgan ehtiroslari ta’sirchan, jozibali ifodalangan.Bu xil tasvir shartli ekanini his qilamiz, uning vositasida yoridan ayrilgan inson kechinmalarining eng yuqori darajasini aqlan anglashimiz mumkin, hamda oshiq qalbining iztiroblari haqiqatdan ham nihoyat darajada kuchli ekaniga ishonch hosil qilamiz.
|
Berilgan vaqt o`z nihoyasiga yetgacn, har bir guruhdan bir o`quvchi taqdimotga chiqadi.
B-B-B – chizmasida matn tahlili.
Namuna: Ezop haqidagi matn.
Doskaga B-B-B (Bilaman-Bilmoqchiman-Bilib oldim)chizmasi chiziladi
Bilaman
|
Bilmoqchiman
|
Bilib oldim
|
O`quvchilarning Ezop haqida bilganlari yoziladi.
Yozilgan fikrlar taxminiy ham bo`lishi mumkin.
|
O`quvchilar Ezop haqida qanday ma’lumotlarni bilishni istaydilar, shuni savol tarzida shakllantiradilar.
|
O`qituvchi tomonidan Ezop va uning masallari haqida tushuncha berilgach, o`quvchilarning xotirasida qolgan ma’lumotlar yoziladi.
|
1-topshiriq.
Tayyorlanish :3-daqiqa
Taqdimot: 1-daqiqa (har bir guruhga)
O`qituvchi:Ezop kim bo`lgan?Qayerda yashagan va nima bilan shug`ullangan?
O`quvchilar guruhda kelishgan holda Ezop haqida nima bilsalar, shuni qog`ozga yozadilar.
Taqdimotda, har bir guruhdan birtadan o`quvchi chiqib, qog`ozini chizmaning
“ Bilaman” degan qismiga skoch bilan yopishtiradi va ifodali o`qib beradi.
Masalan, bir guruhning taqdimoti quyidagicha bo`lishi mumkin:
Ezopning o`zi aslida qul bo`lgan.U o`zining aqli bilan ko`p muammolarni bartaraf qila olgan.Ezop o`zi haqida ham ko`pgina masallar yaratgan.Uning masallarida yomonlik, ochko`zlik qoralanib, yaxshilik albatta rag`batlantirilishi haqida fikr yuritilgan.
Ikkinchi topshiriq:
O`quvchilar Ezop haqida nima bilishni xohlasalar, shu haqda savol shaklantiradilar va chizmaning “Bilishni xohlayman ” degan qismiga har bir guruhdan ikkitadan savol yozishlari uchun 2 –daqiqa vaqt ajratiladi.
(Agar o’quvchilar savol tuzishga qiynalsalar, o`qituvchi guruh ishini kuzatib turadi va barcha guruh ishtirokchilariga savol tuzishlari uchun yo`nalish beradi.)
O`qituvchining kichkina ma’ruzasi:3-daqiqa
Rivoyatlarga ko`ra, miloddan avvalgi VI asrlarda Yunonistonda quldorlik tuzumi hukm surgan paytda qullar orasidan yetishib chiqqan nihoyatda aqlli, ammo o`ta badbashara, xunuk bir donishmand bo`lib, uni Ezop deb atashgan ekan.U aslida Frigiya mamlakatidan kelib chiqqan bo`lib, urushlar natijasida qul qilib olinib Yunoniston kelib qolgan.aql- u farosati, topqirligi bilan o`z xo`jayinlarining mushkullarini oson qilib, hurmat va e’tibor qozongan.Hatto shaharlarni bosqinchilardan asrab, podsholarni qirg`in-barot urushlardan to`xtatib qolgan.Oxir-oqibat o`zini qullikdan xalos etib, Lidiya shohi Krez saroyida xizmat qilgan, so`ng Vavilon shohi Likurg saltanatida xazinabon darajasiga ko`tarilgan.Keyinroq, haqqo`yligi, adolatparastligi, kinoyali achiq tili uchun ko`rolmagan, hasadgo`y dushmanlari uni Delfa shahrida tog` qoyasidan otib yuborib, o`ldirganlar.Uning 500 ga yaqin masallari “Ezop masallari” nomi bilan kitob qilingan va donishmandlik o`gitlari sifatida butun dunyoga tarqalgan.
Uchinchi topshiriq:Tayyorlanish , 2- daqiqa, taqdimot- 1 daqiqa.
Guruh ishtirokchilari o`qituvchining yangi ma’lumotidan eslab qolganlarini oq qog`ozga yozadilar va chizmaning “Bilib oldim” degan qismiga yopishtiradilar.
O`qituvchi o`quvchilarni chizmadagi “Bilishni xohlayman” qismiga e’tiborlarini qaratadi.Savollar o`qiladi va bu savollarga yangi mavzuda javob topa olganlari yoki javob topa olmagan bo`lsalar, uyga vazifa sifatida belgilanadi.Shu tariqa chizmadagi bilaman qismi ham o`quvchilarning faolligida yana bir marta tahlil qilinadi.Ushbu metodning ahamiyatli tomoni shundaki, bir mavzuga o`quvchilarning diqqatini kamida yetti marta jalb qilamiz.Bu esa o`z o`rnida yangi mavzu yuzasidan o`quvchilarning bilimlari ko`nikmaga aylanishiga zamin yaratiladi.
SWOT tahlil
“SWOT tahlil”- inglizcha so`zlarning qisqartmasidan hosil bo`lgan.U bitta masalaning to`rt qirrasini ko`rib chiqish imkonini beradi.
S- Stregth – kuch
W- weaknes – zaiflik
O-opportunites- imkoniyat
T- thereat – xavf – xatar
Masalan ,Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasidagi Unsin timsolining tahlilini qilib ko`r moqchi bo`lsak quyidagilarga e’tibor beramiz.
Kuch.Unsinning asardagi boshqa qahramonlarga nisbatan uning xarakteridagi ustunlik jihatlari, kuchi nimalardan iborat.
Zaiflik.Unsinning zaifligi nimada?
Imkoniyat.Unsinning hayotida qanday (tashqi) imkoniyatlar mavjud?
Xavf –xatar.Unsinning hayotini o’zi istagan darajada yaxshilashga qaysi tashqi omillar xavf tug`dirishi mumkinligi tahlil qilinadi.
Tahlil qilish jarayonida asarda ko`rsatilgan parchalardan foydalanish ham mumkin.
Tahlil ko`rinishi quyidagicha bo`ladi.
Kuch (S)- ichki.Unsin,Dodxoning eng kichkinasi, sakkizinchi xotinidir.U qo`rqmas,jasur qahramon.Asardan parcha:
-Javob bersangiz..Ganjiravonga ketsam…Bitta go`rga bitta pichoq emas, o`nta go`rga o`nta pichoq sanchib kelaman...- dedi.
-Unsin jonidan kechgan kishining shijoati bilan dodxoga tik qaradi.
|
Zaiflik (W) –ichki
Unsin ishonuvchan.Inson aqliga kelmaydigan topshiriani bergan Dodxoga, berilgan topshiriqni bajarsam , mening javobimni beradi , keyin men o`z uyimga ketaman, deb o`ylaydi.
|
Imkoniyat(O)- tashqi.Unsin ham hamma qatori qorong`u go`ristondan qo`rqishi mumkin, lekin u hozirgi kunda istiqomat qilayotgan Dodxoning uyini – tiriklar go`ristoni , deb bilib o`z erki , shaxsining qadri uchun o`zida iroda topa oldi.
-Unsin xuddi dadasidan katta hayitlik olib bozorboshiga ketayotgan yosh boladay chopqillab go`riston tomon ketti.
|
Xavf- xatar(T)- tashqi.Go`ristonga yetib kelgan Unsinni vahima bosdi.Hamma narsani olibdi-yu,eng zaruri- o`tin esidan chiqibdi.Har sag`anadan bir qo`l,har go`rdan bir tovush chiqishini kutib o`tin qidirish vahimasi yuragiga rahna soldi.
-
O`likning qornimikin? – degan gaplar xayoliga keldi.
-
Kattakon bir sag`ananing ichidanmi, naryog`idanmi allaqanday bir tovush eshitildi-yu, hayal o`tmay nimadir kelib Unsinning yelkasiga minib oldi.Unsin bir telba ahvolda bo`lsa ham fahmladi: maymun! Dodxoning maymuni.Dunyoda Dodxoday berahm odam bormikan?
|
Refleksiya
Refleksiya- (lotincha reflexio – ortga murojaat)- 1) mulohaza qilish, o`zini kuzatish, o`zini o`rganish:
2) falsafada – o`zinin g shaxsiy harakatlarini va sabablarini anglab yetishga yo`naltirilgan inson faoliyatining bilish shakli .
Interfaol o`qitish metodi bo`lib, inglizcha “reflection” so`zidan olingan, “o`tmishga nazar solish, aks ettirish” ma’nosini bildiradi.Darsning yangi mavzuga kirish bosqichida , o`quvchilarning yangi mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlash maqsadida yoki umumlashtirish bosqichida, darsni yakunlash, xulosa qilish maqsadida qo`llash mumkin.
Ijobiy fikrlar piramidasi.
O`quvchilar piramida yasash uchun davra bo`lib turadilar.O`qituvchining oldinga cho`zilgan qo`li uning asosi bo`ladi.Qolgan ishtirokchilar boshlovchining qo`li ustiga qo`llarini qo`yib, “o`rganilgan mavzular yuzasidan bir fikr aytadi .”Qancha ko`p fikr aytilsa piramidaning cho`qqisi baland bo`lib, o`rganilayotgan mavzu mustahkamlanadi.
“YQXO`M” metodi.
Bu metod o`quvchilarning darsdan olgan taassurotlarini tez aniqlashga imkon beradi.Uning tushunarsiz nomi quyidagi so`zlarning bosh harflari yig`indisidan iborat.
Yaxshi……
Qiziq……..
Xalaqit berdi………
O`zim bilan olib ketaman…….
Mening kayfiyatim……..
ZAMONAVIY DARS STRUKTURASI
Har bir alohida dars darslar zanjirining bir bo`g`inini tashkil qiladi. Dars ma’lum tu- zilishga ega bo`lgan murakkab tizimdir.Dars strukturasi deganda darsning asosiy komponentlarining maqsadli ketma – ketligi, o`zaro bog`liqligi tushuniladi.
Dars strukturasining zamonaviy talqini barcha qismlarning egiluvchanligi, mashg`ulot maqsadidan kelib chiqib turli bog`lanishi va ketma – ketligini nazarda tutadi. Interfaol darsning strukturasi 5 asosiy elementdan tarkib topadi:
Motivatsiya ( vaqtning 5% ) Maqsad – o`quvchilarning diqqatini muammoga qaratish. Mavzu muhokamasiga qiziqish uyg`otish.Bu savol, iqtibos (sitata), kichik hikoya, topshiriq ko`rinishida bo`lishi mumkin.
Kutilayotgan natijalarni e’lon qilish ( vaqtning 5%) Maqsad- o`quvchilarning o`z faoliyatlari mohiyatini tushunib yetishlarini ta’minlash, ya’ni dars yakunida ular nimaga erishadilar va o`qituvchi ulardan nimani kutyapti.
Zarur axborot bilan ta’minlash ( vaqtning 10 % ) Maqsad- ta’lim oluvchilarga amaliy mashq va topshiriqlarni bajarish uchun yetarli axborot taqdim etish. Bu kichik ma’ruza , tarqatma material, uy ishini tekshirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Interfaol mashqlar ( vaqtning 60 %) Maqsad- materialni amaliy o`zlashtirish, mashg`ulot (dars ) maqsadlariga erishish. Bunda o`qituvchi topshiriqni tushuntiradi. O`quvchilar yakka – juftlikda- kichik guruhlarda ishlaydilar, natijalarni taqdimot qiladilar. O`qituvchi kuzatishlariga asoslanib, ishni umumlashtiradi.
Yakun yasash(o`rganilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash) ( vaqtning 20 %) Maqsad- refleksiya, qayta bog`lanish, mashg`ulot davomida amalga oshirilgan , faoliyatni anglash, maqsadga erishilganlik, olingan BKMlarni hayotda qo`llash imkoniyatlarini tahlil qilish.
Dars strukturasi to`g`risida fikr yuritganda “dasr rejasi”, “texnologik xarita”, “dasr turlari” kabi tushunchalarni aniqlashtirish zaruriyati tug`iladi.
Dars rejasi:
Sana
Sinf
Fan
Mavzu
Maqsad
Dars turi
Metodlar
Dars jihozi
Darsning borishi
Yuqorida dars rejasining tarkibiy qismlari ifodalangan bo`lib, dars rejasi har bir dasr ishlanmasi , texnologik xaritaning ajralmas qismidir.
Texnologik xarita- bir soatlik dars ishlanmasining o`qituvchi foydalanishi uchun qulay sxemasi bo`lib, darsni tashkil etishda tushuncha va bilimlarning muayyan izchilligi va axborotli modellarni o`rganish usullari, yo`llari, ko`rsatmalari hamda ko`rgazmali –texnologik topshiriqlar yig`indisidan iborat.
Maqsad nima?
Ko`pincha o`qituvchilar maqsad bu – “biz intilayotgan narsa”, “oldimizga qo`ygan reja, ish”, “orzu” deb ta’rif beradilar.
O`zbek tilining izohli lug`atida maqsad bu – “erishish , amalga oshirish uchun ko`zda tutilgan narsa” deb yozilgan.Soddaroq qilib aytganda, maqsad bu – biz erishmoqchi bo`lgan natija.
Orzu ______Maqsad _________Natija
Orzu bilan maqsadning nima farqi bor?
Hayotiy misol
Keling ,bu masalani kelin olish misolida ko`rib chiqaylik.Inson farzandi dunyoga kelganda “katta bo`lsa, yaxshi to`ylar qilsam” deb orzu qiladi.O`g`il farzand voyaga yetganda, nasib qilsa, to`y – tomosha qilaman, elga osh beraman” deb yana o`ylaydi, orzusi yaqinlashgandek bo`ladi ( qizlarning ishi biroz murakkab, sababi to`yning qachon bo`lishi ota – ona yoki qizga bog`liq emas).Lekin bularning barchasi hali orzu.
Orzuni qanday qilib maqsadga aylantirish mumkin?
Birinchidan, farzandingiz oila qurishga, oilani boshqarishga jismoniy va ma’naviy jihatdan tayyorligini hisobga olasiz.
Ikkinchidan , to’y qilishga moddiy ta’minot yetarlimi?
Uchinchidan, yoshlar to`ydan keyin qayerda yashaydilar?
To`rtinchidan, siz qanday oiladan , qaysi kasbdagi, ma’lumoti, yoshi qanday qizni kelin qilmoqchisiz?
Beshinchidan, to`yni qaysi oyda o`tkazmoqchisiz?(Albatta o`g`lingiz kelinni topib qo`ygan bo`lsa, ishingiz osonlashadi).barcha savollarning javobi topilganidan keyin , orzu maqsadga aylanadi.Keyingi harakatlaringiz (qo`shimcha mablag` toppish, uyni ta’mirlash , sovchilikka borish va h.k.) maqsadni amal ga oshirish, ya’ni natijaga erishishga qaratiladi.To`y kuni natijaga ega bo`lasiz.
Demak , maqsadni belgilashda biz 5 ta mezonni hisobga olishimiz zarur.Mazkur mezonlar inglizcha so`zlarning qisqartmasidan olingan bo`lib, SMART mezonlari deyiladi.
Ta’lim jarayoniga nisbatan olganda, maqsad- ta’lim jarayoni ishtirokchilari (ya’ni o`qituvchi va o`quvchilar) dars yakunida erishishni ko`zlagan natija.
Dars maqsadi o`quvchilarning talab va ehtiyojlari, imkoniyatlari, avval egallagan bilim , ko`nikma va malakalari, o`qituvchining salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqadi.
O`qituvchining o`z darsi oldiga qo`ygan maqsadi , DTS talablari asosida belgilanishi lozim.
Dars tuzilishining tarkibiy qismlari
ta’limiy
O`quvchilarning bilim, ko`nikma va
malakalarini qanday rivojlantirish,
shakllantirish ko`zda tutilgan holda
belgilanadi.
Tarbiyaviy
Shaxsning qanday sifatlari
shakllantirilishi ko`rsatiladi (axloqiy
estetik,ekologik tarbiya berish,
Vatanga sadoqat,mehnatni ulug`lash,
do`stona munosabatni shaklantirish.
Rivojlantiruvchi
O`quvchilar aqliy faoliyatning qanday
shakllarini (materiallarga ishlov berish,
jihozlardan foydalanish) va qanday
rivojlantiruvchi natija berishi ifodalanadi
(nutqni, fikrni o`stirish, harakatlarni
rivojlantirish)
Ta’limiy maqsad o`quvchilar egallashi lozim bo`lgan bilm hajmini belgilaydi.U quyidagicha bo`lishi mumkin: “O`quvchilar gap turlari haqida tushunchaga ega bo`ladilar” ,”Undalma haqidagi bilimlarini kengaytiradilar” va h.k.
Rivojlantiruvchi maqsadda o`quvchilar ega bo`ladigan ko`nikma va malakalar ko`rsatiladi.Ko`pincha o`qituvchilar aynan rivojlantiruvchi maqsadni belgilashda qiynaladilar. Shundan kelib chiqib, bugungi kunda “o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish”, “soz boyligini oshirish”, “og`zaki va yozma nutqni o`stirish” kabi rivojlantiruvchi maqsadlarning bir soatlik dasr davomida amalga oshishi mushkulligi barchaga ayonligini ta’kidlagan holda, masalan, “o`quvchilar undalmali gaplarda tinish belgilarini to`g`ri qo`llashni o`rganadilar ”, “barmoq (aruz) vaznida yozilgan she’riy asarlarni ifodali o`qish ko`nikmalarini rivojlantiradilar” kabi aniq , erishib bo`ladigan maqsad qo`yish tavsiya etiladi. Bu o`rinda og`zaki va yozma nutqni o`stirish kerak emas degan fikrdan yiroqda bo`lgan holda, aksincha sodda va kichik bo`lsa-da , aniq qo`yilgan maqsad Davlat ta’lim standartlarida belgilangan global maqsadlarga erishishni ta’minlaydi degan fikrni ilgari surmoqchimiz.
Tarbiyaviy maqsad o`quvchilarda tarbiyalanishi lozim bo`lgan ma’naviy – axloqiy sifatlarni belgilaydi.
Dars ishlanmasi qanday tuziladi?
O`qituvchi oldida turgan asosiy vazifalardan biri- o`quvchilarga beriladigan ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, uni yanada rivojlantirish hamda yuqori bosqichga ko`tarishdan iborat. Shu sabab, o`qituvchining aniq sharoit va imkoniyatlariga mos o`quv jarayonini tanlab olish darsda tavakkalchilikka, bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish jarayonini boshqarishda unga tasodifiy yondashishga yo`l qo`ymaydi. Bunda , ayniqsa, dars ishlanmasini batafsil tuzish, aniq vaziyatni e’tiborga olib, darslarni turli xil shaklda o`tkazishga e’tibor qaratish muhim.
Dars ishlanmasini tuzishda quyidagi jihatlar e’tiborda turishi lozim:
I Dars mavzusi ( taqvim- mavzu reja asosida rejalashtiriladi).
II. Dars maqsadi:
Ta’limiy ( o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantirish ko`zda tutilgan holda belgilanadi):
Rivojlantiruvchi( o`quvchilar aqliy faoliyatining qanday shakl va mantiqiy jarayonlarini o`zlashtiradilar, uning qanday rivojlantiruvchi natija berishi ifodalanadi):
Tarbiyaviy( shaxs sifatlarining qanday shakllantirishi ko’rsatiladi)
III.Dars turi (taqvim –mavzu reja bo`yicha darsning turi ko`rsatiladi)
IV.O`qitish metodlari ( usullar,pedagogik texnologiyalar)
V.Dars jihozi: (O`TV,ko`rgazmali qurollar, ma’lumotlar manbai, adabiyotlar, o`qitishning didaktik vositalari)
VI. Darsning borishi
1.Yangi mavzudagi tayanch tushunchalari( yangi materialni o`zlashtirish uchun yordam beradigan tayanch bilimlarning muhimligini ajratish, o`quvchilarning mustaqil ishlashini rejalashtirish, o`qitishda motivasiyani shakllantirish yo`llari, o`quvchlarni fanga qiziqtirish, mavzuga doir tarixiy ma’lumotlar berish, uning amaliy ahamiyati, o`ziga xos savollarning ko`rinishi, masalalarning yangicha ifoda qilinishi, muammoli vaziyat yaratish, ish jarayonida nazorat shaklini belgilash, o`z-o`zini nazorat qilish, o`zaro nazorat, teskari aloqani o`rnatish shakllari uchun vaqt ko`rsatiladi)
2. Yangi tushunchalar va harakat usullarini shakllantirish( o’rganilishi , lozim bo’lgan yangi tushuncha va ularni o’zlashtirish usullari,DTS talablari asosida bilim, ko’nikma va malaka me’yorlarini shakllantirish hamda mustahkamlashni ko`rsatish, o`zlashtirish bosqichida vazifalarni aniqlash, mustaqil ish turini aniqlash,fanlararo bog`lanishni tashkil qilish usullarini belgilash, individual topshiriqlarni bajarish uchun o`quvchilarga didaktik materiallar ( kartochkalar, muammoli va ma’lumotli savollar) ni taxt qilib qo’yish.
3. Qo`llash ( bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar aniq ko`rsatiladi. Masalan , savolni to`g`ri qo`yish malakasi, sababini aniqlash, tasniflash, taqqoslash, teskari aloqa o`rnatish usullari belgilanadi, so`ralishi lozim bo`lgan o`quvchilar familiyalari ko`rsatiladi va boshqalar)
4. Uyga vazifa (asosiy vazifa ko`rsatiladi, takrorlash uchun savollar, ijodiy topshiriqlar: uy vazifasining hajmi sinfda bajarilgan ishning asosiy qismidan oshmasligi kerak)
Dars bosqichlaridagi ketma- ketlik:
Tashkiliy
|
Yangi bilimni o`zlashtirish
|
Uyga vazifasini tekshirish
Har tomonlama bilimlarni tekshirish
Yangi materialni o`zlashtirishga tayyorlash
|
Yangi bilimni mustahkamlash
Uyga vazifasi bo`yicha axborot, yo`riqnoma
|
Dars qismining mazmuni
Dars bosqichi
|
Vaqti
|
Qo`llaniladigan metod
|
O`quvchi faoliyati
|
O`qituvchi faoliyati
|
|
|
|
|
|
Darslarning didaktik maqsadga ko`ra turlari:
-
Yangi mavzu bilan tanishtirish darsi – yangi bilim hosil qilinadi.Bu ma’ruza, sayohat, tadqiqot, o`quv va mehnat praktikumi.
-
Mustahkamlash, umumlashtirish darsi – ko`nikma, malaka shakllantiriladi.Bu laboratoriya ishi, seminar, anjuman, davra suhbati va b.
-
Nazorat darsi – BKMlarning shakllanganlik darajasi nazorat qilinadi.Nazorat ishi, sinov, bilimlar sinovi va h.k.
-
Aralash dars- murakkab tuzilishga ega bo`lib, tashkiliy qism, o`rganilgan materialning o`zlashtirilganligi va uy vazifasini tekshirish, yangi mavzuni o`rganish, mustahkamlash, amaliy mashqlarda qo`llash va uy vazifasini izohlash kabi bosqichlardan tarkib topadi.Birinchi darsda tashkiliy qism o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro tanishuvini ham qamrab oladi.Keyingi mashg`ulotlarda bu bosqichda o`quvchilarning darsga tayyorligi nazorat qilinadi.Ko`pincha tashkiliy qism qisqa bo`lib, o`quvchilarning davomatini aniqlashga vaqt sarflanmaydi.
Turli jarayonda o`quvchilarning bilimini har tomonlama mustahkamlash, murakkab jarayonlarni yaqqol ko`z oldilariga keltirishlari va vizual qabul qilishlarida kompyuter va axborot texnologiyalarining hissasi katta. Axborot texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llash o`quvchilar o`zlashtirish ko`rsatkichlarning yuqori bo`lishini ta’minlaydi,shaxs sifatida namoyish eta olish ko`nikmalari shakllanib boradi.
Demak , o`qituvchi darsni rejalashtirishda o`quvchilar bilimini mustahkamlash va oldingi darsni takrorlash, bilim va malakalarni tekshirishish kerakligini esda tutishi, og`zaki va yozma ko`nikmalarni ifodalash ,nutq madaniyati ustida ishlash mahoratini takomillashtirish , darsdagi materiallarni yaxshi o`rganib chiqish va o`quvchilar yodlashlari kerak bo`lgan matnlarni yoddan bilishi,masalalar shartlari va ularning javoblarini mukammal bilishi lozim.
Dars –o`qitishni tashkil etishning o`zgarmas shakli emas, o`quv amaliyoti va pedagogik tafakkur doimo uni takomillashtirish yo`llarini izlaydi.Shunday ekan, berilayotgan tavsiyalardan ijodiy yondashgan holda foydalanishingizni uni yanada boyitishingizni istab qolamiz.
Izoh: Quyida dars ishlanmalar va darsning texnologik xaritalarining taxminiy varianti ilova etiladi.
Ingliz tili 5-sinf
Teacher: Sobirov Kahramon. Khorezm regional InSETTI, senior teacher
Subject: English. Form: 5
Theme: Unit 15. Lesson 2. Come and stay with us
Lesson outcomes: By the end of the lesson:
- Students will have knowledge about writing the invitation.
- Students will have developed reading, writing, speaking skills
- Students will learn more about uzbek foods.
Aims:
1. Topic aims: - To introduce a new topic – Come and stay with us
2. Grammar aims: - To give Students an opportunity to practice the Present Simple Tense.
3. Communicative aims: - To give Students an opportunity to answer their friend’s invitation.
4. Vocabulary aims: - To give Students an opportunity to recycle words related to holidays.
5. Skill aims: - To give Students an opportunity to practise listening and reading. To give Students an opportunity to write the invitation to each other
6. Cultural aims: - To give Students an opportunity to speak about holidays in .
Materials: articles, posters, maps, calendars, songs, photos, etc.;
Equipments: computers, Video projector, slides
Vocabulary: of course, jam, cake, very much, invitation
Procedure
I. Warm-up: (3 minutes)
1. Beginning of the lesson.
-
Get the class ready for the lesson. Phonetic Drill.
-
Who stole the cookies from the cookies jar?
-
… stole the cookies from the cookies jar.
-
Who? Me?
-
Yes, you.
-
Couldn’t be.
-
Then who? Who stole the ……
(Usually students name their classmates and it continues)
-
Checking homework.
II. Main part of the lesson.
Activity 1 (5 m)
Put cards with the names of holidays on the walls in the four corners of the classroom: New Year, Women’s Day, Navruz, Teacher’s Day. Tell students to stand up and go to the corner with their favourite holiday. You may join one of the groups. Then ask one pupil from each group why he/she is in this corner. They should say, I’m here because I like Navruz or Women’s Day is my favourite holiday. If children have difficulty you can be the first to speak. Then students in the group ask each other Why do you like …? or Why is … your favourite holiday?
Activity 2a (5m)
Guess the title of the text. Read the text:
At Navruz people cook palov, manti and shashlik. There are a lot of cakes, jam and sweets. And of course women cook sumalak. They must be good at cooking it. Children like sumalak. All the children in the Abdullaev family like sumalak very much. Their mother cooks it every year.
Activity 2b (5 m)
Students read the sentences from 2a aloud and point to the pictures
Activity 2c (5 m)
Students guess the meaning of these words, then they can check in the Wordlist.
Activity 3 (10 m)
Explain to your students that they will read a short invitation letter. Give them time to think, then ask to read the parts of the letter in order. Ask them to read the sentences aloud.
Answer key:
10 March
Dear Nancy
Come and stay with us at Navruz.
Love
Nargiza
Give enough time for your students to write the letter in their Workbooks.
Activity 4 (5 m)
Students write a short invitation to their friends following the example in Activity 3
Activity 5 (5 m)
Tell your students they will write an answer to the invitation. Each pupil should first read her/his partner’s invitation. Then draw their attention to the simple invitation card in the Classbook. Make sure they understand everything. Now they can write. Help if necessary
IV. Homework: (2 m)
1. Write the words in the crossword:
Across Down
2 We eat this often. 1 We eat this in Navruz.
3 We eat this with tea. 4 Jackie likes these.
4 We make it with meat.
5 It begins with “m”.
Dostları ilə paylaş: |