kafedrasi katta o`qituvchisi
Mavzu: Induksion tok generatori.
Darsning texnologik xaritasi
MAVZU
|
Induksion tok generatori.
|
Mavzu yuzasidan vazifalar.
| -
O`quvchilarda induksion tok generatorining tuzilishi va ishlashi, qo`llanilishi, unda hosil bo`lgan o`zgaruvchan tokning xossalari haqida bilim va ko`nikmalarni shakllantirish
-
O`quvchilarda mantiqiy fikrlashni shakllantirish, fikrlash doirasini kengaytirish.
-
Mavzuga oid mustaqil masalalar yecha olishlarini, turli metodlar orqali o`zlashtirishlarini tekshirish, modellashtirish qobiliyatlarini shakllantirish.
|
O`quv jarayonining mazmuni.
|
O`quvchilarda “faol ma’ruza”, “blits savollari”, “mustaqil ishlash” uyg`unligidagi usullar mavzuni tushuntirish davomida topshiriqlarni bajarish orqali “Induksion tok ganaratori” mavzusini yoritib berish.
|
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.
|
Metod: “Qatorlar bilan ishlash”, “Faol ma’ruza”,
“Masala yechish ”,”Blits savollari”
Shakl: Aralash
Vosita: Plakat, Induksion tok generatori maketi, ,tarqatma
materiallar, darslik, doska, bo`r.
Nazorat: og`zaki, yozma.
Baholash: Rag`batlantiruvchi 5 ballik tizim.
|
Kutiladigan natijalar.
|
O`qituvchi: Mavzuni o`quvchilar diqqatni jalb qiluvchi metodlar, tajriba-namoyishlar yordamida o`quvchilar tomonidan tez o`zlashtirishga erishish.
Faollik, intiluvchanlikni oshirish, o`z oldiga qo`ygan maqsadga erishish.
O`quvchi: Yangi bilimlarni egallash, qatorlar bilan ishlash, mustaqil masala yechish malakasini oshirish, mavzu bo`yicha BKMga ega bo`lish.
|
Dars maqsadi:
Ta`limiy maqsad:
O`quvchilarga induksion tok generatorining tuzilishi va ishlashi haqida bilim berish, mavzu bo`yicha masala yecha olishga o`rgatish.
Tarbiyaviy maqsad:
O`quvchilarni o`rtasida sog`lom raqobatni shakllantirish, ta`lim - tarbiya berish, ularda mantiqiy, fikrlash doirasini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
Q`quvchilarda mavzuni ochib berish bilan elektr sohasidagi bilimlarini rivojlantirish.
Dars jihozlari:
Plakat, Induksion tok generatori maketi, tarqatma materiallar, darslik, doska, bo`r.
Dars turi:
Aralash usuldagi noan’anaviy dars.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
2. O`tilgan darsni so`rash.
1) “Blits” usuli
3.Asosiy qism.
1)”Faol ma’ruza”
4.Mustahkamlash.
1)Mustaqil ish
2)Test o`tkazish.
5.Yakunlash.
1) Baholash.
2) Uyga vazifa berish.
Dars tashkillanadi.
Sinf o`quvchilari qatorlar bo`yicha guruhlanadi va har bir guruh nomi tanlanadi. So`rash qismidagi “Blits savollari” usuliga ko`ra qatorlarga savollar va topshiriqlar beriladi. Savollar:
-
Induksion tok nima?
-
Induksion tok yo`nalishi qanday aniqlanadi?
-
O`zgaruvchan tok nima?
-
Ossilograf qanday asbob?
-
Mikrofon qanday tuzilgan va qanday ishlaydi?
-
Ovoz karnayining tuzilishi va ishlashini tushuntiring.
-
Telefonning mikrofon va ovoz karnayiga o`xshashlik jixatlarini ayting.
-
O`ng qo`l qoidasini tushuntiring.
Yangi mavzuni tushuntirishda “Faol ma’ruza” metodidan foydalaniladi. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
Induksion tok generatorining tuzilishi va ishlashi.
Mexanik energiyani elektr energiyaga aylantiruvchi asbob induksion tok generatori deyiladi.
Amalda qo`llaniladigan tok generatorining tuzilishi murakkabdir. Stator generatorning qo`zgalmas qismi, rotor esa aylanuvchi qismidir.Stator maxsus po`lat listlardan yasalgan ichi kovak silindrdan iborat. Silindrning ichki devorilaridagi ariqchalariga o`tkazgichlar o`rami joylashtiriladi. Bu o`ramda generator ishlayotgan vaqtda induksion tok hosil bo`ladi. Darslikdagi 195-a rasmda po`lat silindrning ariqchalariga joylashgan bitta o`ram ko`rsatilgan. Rotor elektromagnitdan iboratbo`lib, u generator ishlayotgan vaqtda halqalar va cho`tkalar yordamida o`zgarmas o`zgarmas tok manbaiyiga ulanadi.
195- d rasmda induksion tok generatorining to`liq sxemasi tasvirlangan. Rotor biror tashqi kuch yordamida aylantirilsa, magnit maydon ham u bilan birga aylanadi. Bunda magnit kuch chiziqlari stator chulg`ami o`tkazgichlarini kesib o`tadi va ularda o`zgaruvchan tok hosil bo`ladi.
Induksion tok generatorining qo`llanilishi.
Elektr energiyasini ishlab chiqarishda induksion tok generatori qo`llaniladi. Bunda generator bug`, suv, shamol yoki ichki yonuv dvigateli yordamida ishlaydi.
Generatorning samaradorligini oshirish uchun stator silindrning ichki devorlariga ko`plab ariqchalar qilinadi va o`tkazgichalarga o`tkazgichlar o`rami joylashtiriladi.
Dunyo aholisi asosan 50 Hz chastotali asboblardan foydalanadi. Shuning uchun elektrostansiyalarda 50 Hz chastotali tok ishlab chiqariladi.
Statordagi cho`lg`amlari 6 ta bo`lgan hol uchun rotorning aylanish chastotasini hisoblaymiz:
ν=(50/6)Hz=(50/6)1/s=(50/6*1/1/60)1/min=500 1/min
Demak 50 Hz chastotali tok hosil qilish uchun 6 cho`lg`amli rotor minutiga 500 marta aylanar ekan.
O`zgaruvchan tok xossalari.
O`zgarmas tok o`tganda o`tkazgich qizigani kabi, o`zgaruvchan tok o`tganda ham o`tkazgich qiziydi.
O`zgarmas tokdagidek o`tkazgichdan o`zgaruvchan tok o`tganda o`tkazgich atrofida magnit maydon hosil bo`ladi.
O`zgarmas tok o`tayotganda tok kuchi va kuchlanish noldan maksimal qiymatga uzluksiz davriy ravishda o`zgarib turadi.i
Ut=Umax/√2
Mustahkamlash.
Masala N3
Berilgan: Formula: Yechish:
Umax=500V Ut=Umax/√2 Ut=500/1,4≈354 V
Javob: ≈354 V
Ut -?
Test savollari:
-
Mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi qurilmaga nima deyiladi?
A. Induksion tok generatori
B. Elektrodvigatel
C. Elektromagnit
2. Kuchlanishning ta`sir qiymati qanday ifodalanadi?
A.I=U/R
B. Ut=Umax/√2
C.A=IUt
3. Elektr quvvat birligi nima?
A.1W
B. 1J
C. 1V
4.10 ta o`rami bo`lgan generator rotori sekundiga necha marta aylanadi?
A. 5
B. 3
C. 10
5. Bizda necha Hz chastotali elektr tokidan foydalaniladi?
A. 50Hz
B. 60Hz
C. 53Hz
Baholash.
Uyga vazifa.
Mavzuni o`qish, 23-mashqni 2-chisini yechish.
Dostları ilə paylaş: |