Xotira turlari 6-bet Qisqa muddatli xotira haqida tushuncha 32-bet


Tadqiqotning vazifalari: 1. Insonlarda xotira jarayoni qanday bo’lishini o’rganish



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə2/8
tarix26.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#135502
1   2   3   4   5   6   7   8
курс иши

Tadqiqotning vazifalari: 1. Insonlarda xotira jarayoni qanday bo’lishini o’rganish.

2. Uzoq muddatli va qisqa muddatli xotirani o’rganish.

3. Xotira jarayonini inson hayotidagi ahamiyati.

4. Uzoq muddatli xotirani o’rganuvchi metodikalarni tahlil qilish.

5. Natijalarni umumlashtirish.

6. Tavsiyalar ishlab chiqish.

Kurs ishining tarkibi: Kirish, 2 ta bob, 4 ta bo’lim, xulosa, tavsiya, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.

Tadqiqotning metodologik asosi: Psixologlar yaratgan nazariyalar va xotira haqidagi ma’lumotlar asos qilib olindi.

Tadqiqot metodlari: Xotirani qay darajada rivojlanganligini o’rganuvchi metodlar va kuzatish metodi.

Tadqiqotning nazariy ahamiyati: Psixologlar o’rgangan ma’lumotlar va o’tkazilgan metodikalari tadqiqotning nazariy ahamiyati hisoblanadi.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Psixologlar o’tkazgan metodlar va inson uchun xotiraning ahamiyati.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 1. Psixologlar o’rgangan ma’lumotlar va metodikalar o’rganildi

2. Xotiraning inson uchun zarurligi haqida eng yangi ma’lumotlar o’rganildi.







KIRISH


Ta’sirotlarni esda qoldirish va keyin esga tushirishning fiziologik asosi muvaqqat nerv bog'lanishlaridir, bu muvaqqat bog'lanishlarning hosil bo'lish, mustahkamlanish va keyin jonlanish (tiklanish) jarayonidir. Esda qoladigan narsa xotira materialini, esda saqlanib turadigan va esga tushiriladigan narsa esa xotiraning mazmunini tashkil qiladi.
Eng avval bevosita idrok qilingan narsa va hodisalar (uylar, ko'chalar, daraxtlar, hayvonlar va hokazolar)ning obrazlari esda olib qolinadi, saqlanib qoladi va esga tushadi. Ko'rgan badiiy surat va rasmlar, eshitgan musiqa kuylari, ashulalar va hokazolar esda qoladi. Ilgari idrok qilingan narsalarning esimizga tushgan obrazlari tasaw ur deb ataladi. Bu xotiramizda saqlanib qolgan idrok obrazlari bo'lib, maz- munan obrazli xotiraga taalluqlidir.
Odam xotirasining asosiy mazmunini nutq-so'z materiali tashkil etadi. Idrok qilingan narsa va hodisalarning nomlari, o'qilgan matnlar, so'zlar, gaplar boshqalarning nutqi esda olib qolinadi, esda saqlanib qoladi va esga tushiriladi. Lekin nutq esda olib qolinganda u yoki bu oddiy tovushlar birikish sistemalari emas, balki nutqda ifodalangan m a’no, o'zi va boshqalarning fikrlari esda qoladi, saqlanadi va esga tushadi.
So'zlarning m a’no jihatdan mantiqiy sur’atda bir-biriga bog'lanib esda qolishi va esga tushishi mazmunan so'z logik xotirasi bo'lib, obrazli xotiraga nisbatan, ancha murakkab aqliy faoliyatdir. Biz ko'ngildan kechirgan tuyg'ular, har xil muskul va ish-harakatlari ham xotira m azm unini tashkil qiladilar.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin