XO’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


I.BOB.Ikkinchi tartibli chizziqlar



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə2/12
tarix06.12.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#120552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-TARTIBLI CHIZIQLARNING OPTIK XOSSALARI

I.BOB.Ikkinchi tartibli chizziqlar.
1.1. Ikkinchi tartibli egri chiziqlarning umumiy xossalari va farqlari.
Ikkinchi tartibli egri chiziqlarning fan va texnikada qo’llanishi

Har uchala egri chiziq – ellips, giperbola va parabolani shunday nuqtalarning geometrik o’rni deb ta’riflash mumkinki, bu nuqtalardan berilgan nuqtagacha (fokusgacha) masofalarning berilgan bir to’g’ri chiziqqacha (direktrisagacha) bo’lgan masofalarga nisbati o’zgarmas miqdordir (4,6,8 – chizmalar), ya’ni (1.1)


Ellips uchun , giperbola uchun , parabola uchun . Bundagi ikkinchi tartibli egri chiziqning ekssentrisitetidir.
I va II boblarda aylana, ellips, giperbola va parabolani ma’lum shartlarni qanoatlantiruvchi geometrik o’rin sifatida ta’riflab, bu egri chiziqlarning tenglamalarini chiqargan edik. Bu egri chiziqlarning hammasi 2 – darajali tenglamalardan iborat bo’lib, aylana tenglamasi ellips tenglamasining xususiy holi ekanligini ko’rdik.
Biz ikkinchi tartibli egri chiziqning uch tipi bilan tanishdik. Bu egri chiziqlarning bir – biridan muhim farqi ulardagi asimptotik yo’nalishlarning bor – yo’qligida yoki bor bo’lsa uning nechtaligidadir, ya’ni ellips asimptotik yo’nalishlarga ega emas, parabola – bitta va giperbola – ikkita asimptotik yo’nalishga ega.
Uchala egri chiziqning tenglamalari ham ikkita o’zgaruvchili 2 – darajali umumiy ko’rinishdagi (1) tenglamaning xususiy hollaridir.
Agar , , va qolgan koordinatalar nolga teng bo’lsa, (1) tenglama ellips tenglamasiga aylanadi, agar , , qolgan koeffitsientlar esa nolga teng bo’lsa, (1) tenglama parabola tenglamasiga aylanadi, agar , , va qolgan koordinatalar nolga teng bo’lsa, (1) tenglama giperbola tenglamasiga keladi.
1.2. Ikkinchi tartibli egri chiziqlar konus
kesimlari sifatida.


T a’ r i f. Berilgan to’g’ri chiziqni uni kesuvchi boshqa bir to’g’ri chiziq (aylnish o’qlari) atrofida aylantirish natijasida hosil qilingan sirt doiraviy konus deyiladi.
Bunda aylanayotgan to’g’ri chiziq o’zining istalgan holatida konusning yasovchisi deb, to’g’ri chiziqning aylanish o’qi bilan kesishish nuqtasi esa konusning uchi deb ataladi. Konus uning uchi ajratib turadigan ikkita pallaga ega.
Aylana, ellips, giperbola va parabolani doiraviy konusning uchidan o’tmaydigan tekislikning kesmalari sifatida hosil qilinadi. Shuning uchun bu egri chiziqlar konus kesimlar deyiladi.
Agar tekislik konus o’qiga perpendikulyar bo’lsa, kesimda aylana hosil bo’ladi.
Agar tekislik o’qqa perpendikulyar bo’lmay, konusning faqat bitta pallasini kessa va uning yasovchilaridan bittasiga ham parallel bo’lmasa, kesmada ellips hosil bo’ladi.

Agar tekislik konus yasovchilaridan biriga parallel ravishda uning pallalaridan birini kessa, kesimda parabola hosil bo’ladi.
Agar tekislik konusning ikkala pallasini kessa, kesimda parabola hosil bo’ladi. (chizma).





17 – c h i z m a.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin