Talab hajmi — alohida shaxslar, guruh yoki butun aholining ma'lum sharoitda vaqt birligi ichida (kun, oy, yil) ma'lum miqdordagi tovarni xarid qilish uchun bo'lgan ehtiyoji.
Tovarni xarid qilish mumkin bo'lgan sharoitga quyidagilar kiradi: a) shu tovaming narxi; b) boshqa tovarlaming narxi; d) aho-Ii pul daromadlari miqdori; e) xaridorlarning didi, xarakteri.
Talab hajmining belgilovchi omillariga bog'liqligi «talab funk-siyasi», deyiladi:
Q =(Ра, Рb……Pz, I, T...), (1) bu yerda, P — har xil turdagi tovarlarning bahosi; Qd - A turdagi tovarga vaqt birligi ichidgi talab hajmi; Pa — A tovarning narxi;
Pb, ... Pz-boshqa tovarlarning narxi; / —pul daromadlari; T- xaridorlarning didi;... — talab hajmini belgilovchi boshqa omillar.
Agarda talab hajmini belgilovchi barcha omillami (shu tovarning narxidan tashqari) o'zgarmas deb qabul qilinsa, unda talab funksiyasidan talabni bahoga bog'liqlik funksiyasiga o'tish mumkin:
Qm=A'XPJ. Talabni bahoga bog'liqligi funksiyasiga quyidagi misolni keltirish mumkin:
3-jadval
Pa (qiymat birligi
Qda (talab miqdori, birlikhisobida)
100
1000 700
150
300
500
Bu jadvaldan ko'rinib turibdiki, tovaming (masalan, shakar) narxi 100 so'm bo'lganda 1000 kg sotildi, lining narxi 500 so'mga chiqib ketganda esa bor yo'g'i 300 kg sotildi. Talab hajmini tovar bahosiga qarab, o'zgarishini quyidagi talab chizig'i ham ko'rsatadi: 5-chizma. Talab chizig'i.