ehtimol, shu ma‟noda, qaysidir ma‟noda, afsuski, attang, essiz;
3) fikrni bayon qilish usuliga munosabat: to„g„risini aytganda,
bir so„z bilan aytganda, soda qilib aytganda, aniqrog„i, qisqasi,
gapning indallosi, shuningdek, qolaversa;
4) fikrning bog‗lanishini, matn tarkibiy qismlari orasida
munosabat, ichki aloqa kabilarga so‗zlovchining qanday qarashini
ifodalash: demak, xulosa, sababi, shunday qilib, ko„rinadiki, ma‟lum
bo„ladiki, buning ostiga, odatda;
5) aytilayotgan fikrning kimga tegishli ekanligini bildiruvchi
so‗z: menimcha, fikrimcha, uning so„ziga qaraganda, aytishlaricha,
xabar berishiga qaraganda;
6) fikrning tartibini, izchilligini bildiradigan so‗zlar: birinchidan,
avvalo, ikkinchidan.
Gap orqali ma‘lum axborot ifodalanishi bilan birga,
so‗zlovchining shu axborotga munosabati ham ifodalanadi.
So‗zlovchining munosabati gapning kesim shakli ( mayl shakli,
bog‗lamalar va nol shakli ) orqali hamda maxsus modal so‗zlar
yordamida ifodalanishi hammamizga ayon hodisa. So‗zlovchi gap
orqali bayon qilayotgan axborotga qanday munosabatda ekanligiga
qarab, yuqoridagi modal so‗zlardan muvofig‗ini qo‗llaydi: tasdiq
munosabatini ifodalamoqchi bo‗lsa, darhaqiqat, haqiqatan ham, to„g„ri
so‗zlaridan; ishonch munosabatini bildirmoqchi bo‗lsa, albatta,
38
shubhasiz, shaksiz kabi so‗zlardan; gumon ma‘nosini ifodalamoqchi
bo‗lsa, ehtimol, balki so‗zlaridan; chama, taxmin ma‘nosini
ifodalamoqchi bo‗lsa, chamasi, chamamda, taxminan so‗zlaridan
foydalanadi. Modal so‗zlar gapning boshqa bo‗laklari bilan grammatik
aloqaga kirishmaydi. Shuning uchun u boshqa gap bo‗laklaridan farq
qiluvchi alohida ohang bilan talaffuz qilinadi va yozuvda vergul
bilan ajratiladi. Fikrimizni misollar orqali asoslashga harakat qilamiz.
To„g„ri –da, harna ko„ngli yozilgani! Qolaversa, kasal onasiga
madad bo„ladi. To„g„ri, qora kunga asrab qo„ygan bug„doyimiz
ham, jo„xori ham ko„p edi. ( O‗tkir Hoshimov ). Har ikkala gapda
ham bir xil modal so‗z bir xil ma‘noda ya‘ni fikrni kuchaytiruvchi
tasdiq ma‘nosida qo‗llanilgan. Birinchi gapda kelgan to„g„ri modal
so‗zi yana o‗z yoniga -da kuchaytiruv – ta‘kid yuklamasini ham ola
kelgan. Ayni shu ahvolda bu so‗z birinchi gapda ikkinchi
gapdagidan ko‗ra ko‗proq, kuchliroq ta‘sir kuchiga ega bo‗lgan.
Shunisi ham borki, biz bu gaplarni shunchaki yolg‗iz o‗zini
qo‗llasak ham xato bo‗lmaydi, ma‘noga putur ham yetmaydi. Biroq
gapda bo‗shagan modal so‗zning o‗rni bilinib qoladi. Nimadir
yetishmayotganligini baribir his qilib turamiz. Mana masalan, xuddi
shu gaplarni modal so‗zlardan xoli ravishda o‗qib ko‗raylik:
Harna ko„ngli yozilgani! Qolaversa, kasal onasiga madad
bo„ladi. Qora kunga asrab qo„ygan bug„doyimiz ham, jo„xorimiz ham
ko„p edi. Bu gaplarning yuqoridagi gaplarga nisbatan ta‘sir kuchi
kamayganligini ushbu misollar orqali yaqqol sezishimiz mumkin.
Ikkinchi gapda mavjud qolaversa modal so‗zini ham gapdan uzib
olsak, gap butunlay hissiz, quruq bo‗lib qoladi. Harna ko„ngli
yozilgani. Kasal onasiga madad bo„ladi. Bu gaplarda ham modal
so‗zlarsiz ma‘no oqsashi tayin. Yana misollarga murojaat etamiz:
Rais ham Ra‟noxonning ahvolini sezdi, shekilli, haytovur yo„q
39
demadi. ( O‗tkir Hoshimovdan ). Gapda modal ma‘noni ifodalovchi
shekilli so‗zi so‗zlovchining o‗z fikriga nisbatan tusmolli munosabatda
ekanligini anglatyapti. Ya‘nikim, so‗zlovchi raisning Ra‘noxonning
holini sezgan yoki sezmaganligini aniq aytib berolmaydi. Chunki buni
o‗zi ham bilmaydi. Biroq Ra‘noxonga har qalay yo‗q demaganligining
boisini aynan ana shu taxmini orqali tafakkur qiladi. Xuddi
shunday, chamamda, chamasi, taxminan, taxminimcha, chog„i kabi
modal so‗zlar ham xuddi shu vazifada shu uslubda qo‗llaniladi.
Modal so‗zlarning uslubiy ma‘no qirralari, ayniqsa, she‘riyatda yaqqol
ko‗zga tashlanadi. She‘riyatda mustaqil so‗z turkumlaridan yangi
modal so‗zlar o‗sib kelayotganini ham payqash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |