Bu nurlanishga tormozli nurlanish yoki radiatsion nurlanish deb ataladi. Bu nurlanishda uzluksiz spektrli gamma nurlar hosil bo‘ladi. Zaryadli zarralar energiyasi juda katta bo‘lganda shaffof muhitdan o‘tishda Vavilov CHerenkov nurlanishiga energiyasini yo‘qotishligi mumkin. Gamma nurlar o‘z energiyalarini asosan fotoeffekt, kompton effekt, elektron-pozitron juftini hosil qilish jarayonlariga sarflaydi. Agar gamma foton energiyasi juda katta > 10 MeV bo‘lganda fotoyadro reaksiyalarini hosil qilishligi mumkin.
Neytronlarning moddalar bilan ta’sirlashuvi muhit atom yadrolari bilan kuchli o‘zaro ta’sirlashuv tufayli ro‘y beradi.
Ionizatsiya energiya yo‘qotish. Og‘ir zaryadli zarralarning muhit bilan ta’sirlashuvi
Yuqori energiyali og‘ir zaryadli zarra muhitdan o‘tishda o‘z kulon maydoni bilan atom elektronlariga ta’sir etib energiyasini ionizatsiyalashga sarflaydi. Bu jarayonda kulon ta’sir kuchining uzoq masofagacha ta ’sirlasha olish xususiyatiga ega bo‘lganligidan zarra ko‘plab elektronlar bilan ta’sirlashadi. Ionizatsiya energiya formulasini keltirib chiqarishda quyidagi mulohazalardan foydalanamiz:
Zarraning elektronlar bilan ta’sirlashuvini klassik fizika qonunlari asosida tushuntiriladi.
Atom elektronlarining tezligi , tushuvchi zarra tezligidan juda ham kichik ta’sirlashuv vaqtida elektron joyidan qo‘zg‘almas.
Elektroning atomda erkin deb qaraymiz.
Muhitga tushuvchi zarra zaryadi , massasi , tezligi , elektronga eng yaqin kelish masofasi bo‘ lsin (1-rasm)
Dastlab zarraning alohida elektron bilan o‘zaro ta’sirini ko‘rib chiqaylik. Zarraning harakat trayektoriyasiga tik yo‘nalishda elektronga bergan impulsi:
(1)
bo’ladi. Zarra elektronga yaqinlashganda va undan uzoqlashganda ta’sir kuchi yo‘nalishi qarama-qarshi b’lgani uchun zarra impulsining parallel tashkil etuvchisi nolga teng bo’ladi:
=0 (2)
Shuning uchun ionizatsiyani zarra impulsining tik tashkil etuvchisi vujudga keltiradi. o‘zaro ta’sir vaqti