Yangi tahrirdagi o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi fani bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 330,36 Kb.
səhifə29/30
tarix13.12.2023
ölçüsü330,36 Kb.
#139942
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Yangi tah. O\'z Res Kons majmua

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Jamoat birlashmalari tushunchasi?
2.Siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi qanday?
3. Jamoat birlashmalarining turlarini bilasizmi?
4. O’zbekistonda jamoat birlashmalarining roli qanday?

10 Mavzu Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi
Maʼmuriy-hududiy tuzilish deganda nima tushuniladi?
Davlatning maʼmuriy-hududiy tuzilishi – har bir davlatni hududiy tashkillashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy tarkibiy qismi boʼlib, u davlat qurilishining umumiy masalalarini toʼlaqonli amalga oshirish uchun tashkiliy jihatdan ajratilgan davlat hududining qismlaridir.
Oʼzbekistonning Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpogʼiston Respublikasidan iborat. (83-modda.)
Viloyatlar, tumanlar, qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish, Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, qishloqlar, ovullarning chegaralarini oʼzgartirish va Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, qishloqlar, ovullarning maʼmuriy markazlarini belgilash va koʼchirish Oʼzbekiston Respublikasining “Oʼzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʼgʼrisida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Savol: Oʼzbekistonning Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi hal etishda qaysi davlat organlari ishtirok etadi? Fikringizni qonun hujjatlari asosidida yoritib bering?
Qoraqalpogʼiston Respublikasining huquqiy holati deganda nima tushuniladi?
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVII bobi “Qoraqalpogʼiston Respublikasi” deb nomlangan. Mazkur bob 6 moddadan iborat boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 85-moddasiga koʼra, “Suveren Qoraqalpogʼiston Respublikasi Oʼzbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi va Qoraqalpogʼiston Respublikasining suvereniteti Oʼzbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi” deyiladi. Аsosiy qonunning 70-moddasi 1992 yil 9 yanvarda Qoraqalpogʼiston Respublikasi tashkil topganligini va 1993 yil 9 aprelda qabul qilingan Аsosiy Qonuni bilan uning Oʼzbekiston Respublikasi tarkibida suverenligini tasdiqlaydi. Suveren Qoraqalpogʼiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun xalq bayrami deb eʼlon qilindi. Qoraqalpogʼiston Respublikasi Konstitutsiyasining I bobi “Davlat suvereniteti” deb nomlanib, uning 1-moddasida Qoraqalpogʼiston - Oʼzbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi suveren demokratik respublikadir, deb belgilangan.
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 86-moddasida, Qoraqalpogʼiston Respublikasining oʼz Konstitutsiyasiga ega boʼlishligi, uning Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid boʼlmasligi koʼrsatilgan.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasining 15-bandida “Oʼzbekiston Respublikasining Oliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hujjatlarining Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga muvofiqligi haqida Oʼzbekiston Konstitutsiyaviy sudiga taklif kiritish” huquqi belgilangan. 81-moddasida esa Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesi raisining vakolatlari jumlasiga, “Oʼzbekiston Respublikasi qonunlarini va Oliy Majlisning boshqa qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va boshqa hujjatlarini turmushga tatbiq etishni tashkil qiladi” deyilgan.
Ushbu konstitutsiyaviy normalardan xulosa qilib aytish mumkinki, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelsa, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari amalda boʼladi. Qoraqalpogʼiston Respublikasida Oʼzbekiston va Qoraqalpogʼiston Respublikasining Konstitutsiyalari va qonunlarining ustunligi soʼzsiz tan olinadi. Oʼzbekiston fuqarolari uchun majburiy boʼlgan qonunlar uning tarkibiga kiruvchi Qoraqalpogʼiston hududida ham majburiydir.
Аyrim mualliflar Konstitutsiyani mutlaq asoslagan holda davlat ramzlari qatoriga kiritadilar. Qoraqalpogʼiston Respublikasida davlat hokimiyati manbai xalq boʼlganligi sababli Konstitutsiya qoraqalpoq xalqi davlatchiligining qonuniy ekanligini tasdiqlaydi.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlat tuzilishi, davlat hokimiyati tizimi va davlat, jamiyat va shaxsning oʼzaro munosabatlari asoslarining bosh tamoyillarini aniqlab beradi. Qoraqalpogʼiston Respublikasi Konstitutsiyasi Oʼzbekiston tarkibiga kiruvchi respublikaning Аsosiy Qonuni boʼlganligi sababli Oʼzbekiston Konstitutsiyasining tamoyillariga toʼliq mos keladi. Qoraqalpogʼiston Respublikasi Konstitutsiyasining ahamiyati quyidagilarda oʼz aksini topadi:
- davlat shaklining, yuridik xususiyati va Oʼzbekiston Respublikasi tarkibidagi oʼrni hamda oʼzaro munosabatlarining huquqiy asosi;
- suverenitetining yuridik kafolati;
- mustaqil, toʼla huquqli davlatligi;
- davlat va maʼmuriy – hududiy tuzilish xususiyatlarini hisobga olinishi;
Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesi oliy davlat vakillik organi boʼlib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Qoraqalpogʼiston Respublikasining Joʼqorgʼi Kengesi hududiy saylov okruglari boʼyicha koʼp partiyaviylik asosida besh yil muddatda saylanadigan 75 nafar deputatdan iboratdir. Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesining mutloq vakolatlari uning Konstitutsiyasi 70-moddasida ifoda etilgan.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazoratni Qoraqalpogʼiston Respublikasining Konstitutsiyaviy nazorat qoʼmitasi amalga oshiradi.
Savol: Oʼzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʼiston Respublikasi oʼrtasidagi munosabatlar nimalarga asoslanadi? Oʼzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʼiston Respublikasi oʼrtasida ziddiyatli vaziyat vujudga kelsa mazkur vaziyat qay tartibda hal etiladi? Fikringizni qonun hujjatlari yordamida asoslab, yoritib bering?
Seminar boʼyicha topshiriqlar:
1. Oʼzbekistonning Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi hal etishda qaysi davlat organlari ishtirok etadi? Fikringizni qonun hujjatlari asosidida yoritib bering?
2. Oʼzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʼiston Respublikasi oʼrtasidagi munosabatlar nimalarga asoslanadi? Oʼzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʼiston Respublikasi oʼrtasida ziddiyatli vaziyat vujudga kelsa mazkur vaziyat qay tartibda hal etiladi? Fikringizni qonun hujjatlari yordamida asoslab, yoritib bering?
3. 2011 yilning sentyabrь oyida boʼlib oʼtgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining boʼlib oʼtgan navbatdagi sessiyasida Аndijon viloyatining Аsaka shahrini Аsaka tumaniga birlashtirish haqida qaror qabul qildi.
Mazkur qabul qilingan qaror Аsaka shahrini Аsaka tumaniga birlashtirilishi keyinchalik mazkur hududni maʼmuriy jihatdan boshqarishda muayyan bir qiyinchiliklarni keltirib chiqira boshladi. Tuman hokimi tomonidan shaharning infratuzilmasi, aholi soni va yer maydoni shahar tashkil etishga yetarli ekanini asos sifatida olib, shaharni qaytadan tashkil etishni soʼrab, Vazirlar Mahkamasiga iltimosnoma bilan murojaat qilish lozim ekanligini aytib tuman mahalliy kengashi qarorini chiqargan holda, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga murojaat qiladi. Mazkur xokim tomonidan qilingan murojaati Vazirlar Mahkamasi tomonidan rad etildi.
Savol:
1. Vaziyatga huquqiy baho bering.
2. Hududiy tegishli oʼzgartirish qaysi davlat hokimiyati organiga vakolatiga tegishli masala ekanligini muhokama qiling.
4. “Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʼgʼrisida”gi Qonunning 41-moddasiga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazir tomonidan vakolatlarini bajarishi mumkin boʼlmaydigan holat yuzaga kelganligi sababli Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimidan ozod qilindi, Hukumat rahbari bilan birga Vazirlar Mahkamasi butun tarkibi, hususan, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi ham isteʼfoga chiqdi. Biroq, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesining navbatdagi sessiyasida ushbu organning deputatlari Qoraqalpogʼiston Respublikasi suveren respublika ekanligini va Qoraqalpogʼiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasiga muvofiq, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesi Raisining taklifiga muvofiq Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Joʼqorgʼi Kengesi tomonidan tayinlanishi va lavozimidan ozod qilinishini vaj qilib, ushbu vaziyat yuzasidan oʼzlarining rasmiy eʼtirozini bildirdi.
Savol:
1. Vaziyatga huquqiy baho bering.
2. Ushbu holatni Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida muhokama qiling.



Yüklə 330,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin