Yangi tarix tushunchasi


Fransiyaning XVII – XVIII asrlardagi ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti



Yüklə 147,5 Kb.
səhifə16/26
tarix26.05.2022
ölçüsü147,5 Kb.
#116271
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
jahon tarix

Fransiyaning XVII – XVIII asrlardagi ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti.

XVIII asrning 70-yillariga kelganda Fransiya hali ham agrar mamlakat bo‘lib, 25 mln aholining 22 millioni dehqonlar edi.Bu davrda dehqonlarning asosiy qismi shaxsan erkin bo‘lsada, bir yarim million dehqonlar monastirlarga qarashli edilar. Dehqonlar yashayotgan va ishlayotgan yerlar feodallarning mulki hisoblanardi. Buning uchun ular senorlar foydasiga bir qator to‘lovlar (pul yoki mol bilan) to‘lardi. Ko‘pincha dehqonlar yerdan foydalanganligi uchun hosilning to‘rtdan bir qismini berishga majbur edilar. Mamlakatning eng yirik moliyaviy va sanoat markazi Parij edi. XVIII asrning 80-yillariga kelib bu yerda 60 ta bank ochildi. XVIII asr oxirida hali Fransiyada sanoat to‘ntarishi amalga oshmagan, mashinalar kamdan-kam qo‘llanilardi. Masalan 1789 yilda Angliyada to‘qimachilik sanoatida 20 mingdan ortiq “jenni” tipidagi mashinalar ishlatilayotgan bo‘lsa, bu vaqtda Fransiyada bu mashinalar soni 900 tani tashkil qilardi. Lekin shunga qaramasdan Fransiyada XVIII asrda ishlab chiqarishning o‘sishi kuzatildi. Imtiyozli (qirolga qarashli) manufakturalar soni 1715 yilgi 135 ta o‘rniga 1789 yilda 532 taga etdi. 1722 yilda suyuq cho‘yan olish usuli o‘zlashtirildi. 1734 yilda Fransiyada birinchi bug‘ mashinasidan foydalanish boshlandi. Asr o‘rtalariga kelib takomillashgan to‘quv stanoklarini yasash yo‘lga qo‘yildi. XVIII asr davomida tashqi savdo to‘xtovsiz o‘sib bordi. Savdogarlar YAngi Dunyo bilan, SHimoliy Afrika, O‘rta Yer dengizi davlatlari bilan savdo qilardilar. Fransuz savdogarlari mustamlakalarda plantatsiyalarga, qullarga, zavodlarga egalik qilishardi, qul savdosi bilan shug‘ullanishardi. Fransiya yangi davrida ham aholi o‘rta asrlardagi kabi uch tabaqaga ajratilgan edi: birinchisi – ruhoniylar, ikkinchisi – zodagonlar, uchinchisi – aholining qolgan barcha qatlamlaridan iborat edi.




XVIII ASRDAGI FRANTSUZ INQILOBI VA UNING OQIBATLARI.

Qirol Bosh moliya nazoratchisi Nekkerni vazifasidan bo’shatganligini eshitgan Parij aholisi 12 iyulda ko’chalarga chiqdilar. Askarlar ham xalq tomoniga o’tdi. Parij aholisi tomonidan saylangan bir necha yuz kishi meriya binosiga to’planib, Parij qo’mitasini (shahar munitsipial boshqarmasi) tashkil etdilar. Qo’mita 13 iyulda 48 ming kishidan iborat Milliy gvardiyani tashkil etdi. 14 iyulda ko’p sonli olomon qurol omboriga bostirib kirib, 30 ming miltiq va 20 ta to’pni qo’lga kiritdilar. SHundan keyin olomon qirol hokimyatining tayanchi bo’lgan turma-qal’a Bastiliyaga yo’l oldi. Qisqa olishuvdan keyin Bastiliya taslim bo’ldi. 14 iyul Frantsiyaning milliy bayrami bo’lib qoldi. Ta’sis majlisi 4-11 avgust kunlari toifaviy imtiyozlarni, feodal huquq, cherkov ushrini bekor qilish to’g’risida dekretlar qabul qildi. Lekin bir qator feodal majburiyatlar (obrok, barshchina, chinsh, desyatina) to’lov orqali bekor qilinishi mumkin edi. Natijada butun yoz davomida dehqonlarning g’alayonlari to’xtamadi. 1789 yil 26 avgustda Ta’sis majlisi «Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi»ni e’lon qildi. «Huquqlar Deklaratsiyasi» asosida ma’rifatparvarlarning insonning tabiiy va ajralmas huquqlari to’g’risidagi, so’z, shaxs, vijdon erkinligi, zulmga qarshilik ko’rsatish to’g’risidagi tamoyillari turardi. «Deklaratsiya» 17 moddadan iborat bo’lib, birinchi moddada «Inson huquqda erkin va teng bo’lib tug’iladi va shunday bo’lib qoladi» deb yozilgan edi. Inqilob kengayib bordi, lekin Frantsiyaning iqtisodiy ahvoli yaxshilanmadi. Oziq-ovqat mahsulotlarining etishmasligi, spekulyatsiya (olib sotarlik), qimmatchilik xalqning noroziligini kuchaytirdi. 5 oktabrda 20 mingga yaqin odam Versalga – Ta’sis majlisi va qirol oilasi qarorgohiga yo’l oldi. Qirolning “Huquqlar Deklaratsiyasi”ni imzolashdan bosh tortishi xalq ommasining unga bo’lgan ishonchining yo’qolishiga olib keldi. 6 mingga yaqin xotin-qiz Versal saroyiga bostirib kirdi. Xalq ommasi qirolni va Ta’sis majlisini Parijga ko’chib o’tishini talab qildi. 6 oktabrda qirol va Ta’sis majlisi Parijga ko’chib o’tdi va xalq nazorati ostiga olindi. Qirol «Huquqlar Deklaratsiyasi»ni va 4-11 avgustdagi dekretlarni imzolashga majbur bo’ldi. Ta’sis majlisi burjuaziyaga raqobat va ishga yollash erkinligini berish bilan birga ishchilarga o’z tashkilotlarini tuzish va o’z manfaatlari uchun kurash olib borish huquqini rad etdi. 1790-1791 yillarda ishchilarning ish tashlashlari ko’payib, ishchilar ittifoqlari tashkil topa boshlagach, Ta’sis majlisi sudsiz qatl qilish to’g’risida qonun qabul qildi. 1791 yil 14 iyulda tashkilotlar tuzishni va ish tashlashlarni ta’qiqlovchi qonun ( Le Shapele qonuni) qabul qilinib, u 1864 yilgacha amalda bo’ldi.





Yüklə 147,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin