Yer boshqa osmon jismlari kabi koinotning bir qismidir. Koinot Yerni o‘rab turgan mavjud moddiy borliq. Koinot makonda cheksiz-chegarasiz va zamonda abadiydir



Yüklə 57,27 Kb.
tarix02.12.2023
ölçüsü57,27 Kb.
#137562
FAZONING YERGA TASIRI


Termiz Davlat Pedagogika Instuti Tarix fakulteti Geografiya va iqdisodiy bilim asoslar yo’nalishi101-guruh talabasi O’taganov Akbar
Yer boshqa osmon jismlari kabi koinotning bir qismidir. Koinot Yerni o‘rab turgan mavjud moddiy borliq. Koinot makonda cheksiz-chegarasiz va zamonda abadiydir. Koinotda osmon jismlari tuzilishi turli xil bo‘lgan tizimlarni hosil qiladi. Shulardan biri Quyosh sistemasidir. Quyosh atrof dagi sayyoralar, yo‘ldoshlar, asteroidlar, kometalar bilan bir tizim bo‘lib galaktikamiz Somon yo‘li markazi atrof da aylanma harakat qiladi. Somon yo‘li galaktikasi haqidagi ma’lumotlar astronomi- ya darsligidan Sizga ma’lum.
Quyosh sistemasidan galaktika markazigacha bo‘lgan masofa 23–28 ming yorug‘lik yiliga teng. Quyosh galaktikaning chekkaroq qismida joylashgan. Bu holat Yer uchun juda qulay: u Galaktikaning nisbatan tinch qismida joylashgan va paydo bo‘lganidan buyon fazoviy halokatlarga uchramasdan rivojlanib kelmoqda. Quyosh sistemasi Galaktika markazi atrofida 200–220 km/s tezlik bilan harakatlanib, 180–220 mln yilda bir marta aylanib chiqadi. Yerdagi 200 mln yil – tektonik siklning davomiyligi hisoblanadi.
Quyosh – Yerga eng yaqin yulduz bo‘lib, diametri 1,39 mln km, o‘ta qizigan, yorug‘lik va issiqlik taratib turadigan, gazlardan iborat sharsimon osmon jismidir. Unda Quyosh sistemasining 99 % dan ortiq massasi to‘plangan. Shuning uchun u atrof dagi osmon jismlarini tortish kuchi hisobiga ushlab turadi va sayyoralarning deyarli bir xil tekislikda harakatlanishini ta’minlaydi.
Quyosh sistemasi – Quyosh, 8 ta sayyora, 160 dan ortiq yo‘ldosh, 40000 dan ortiq asteroid va 1 mln ga yaqin kometadan iborat. Ushbu osmon jismlarining barchasi Yer tabiatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo, eng kuchli ta’sir Quyosh, so‘ngra Oy tomonidan bo‘ladi.
Oy – Yerning tabiiy yo‘ldoshi va unga eng yaqin osmon jismi. Yerdan 384 ming km masofada joylashgan. Radiusi 1738 km, o‘rtacha zichligi 3,34 g/sm/kub. Massasi Yer massasidan 81 marta kichik. Yer atrof da ellips orbita bo‘ylab 27,32 sutkada aylanib chiqadi. Oy sovuq osmon jismi, o‘zidan issiqlik va yorug‘lik chiqarmaydi. Quyoshdan kelgan nurni qaytargani uchun bizga yorug‘ bo‘lib ko‘rinadi.
Quyosh va Oyning tortishi tufayli Yerning shakli davriy ravishda o‘zgarib turadi
Dunyo okeanida ko‘tarilgan qalqish hodisasi Yerning o‘z o‘qi atrof da aylanishiga teskari yo‘nalishda harakat qilib, Yerning aylanish tezligini kamayishiga ma’lum miqdorda sabab bo‘ladi. Oy, Quyosh va boshqa osmon jismlarining tortishi tufayli Yerning aylanishi sekinlashadi, oqibatda Yerning qutbiy siqiqligi kamayib, sharga yaqinlashib boradi. Natijada litosfera plitalari harakati va Yer po‘stidagi yoriqlar, tektonik harakatlar o‘zgaradi. Shuningdek, Koriolis kuchi kamayadi va, natijada havo massalari, shamollar va okean suvlari harakati, iqlim o‘zgaradi. Bularning bari Yer yuzida tabiiy sharoit va resurslarning o‘zgarishiga, o‘z navbatida, inson xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Yüklə 57,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin